Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Qo'zg'aluvchanlik Ba'zi hujayra va to'qimalar (asab,mushak,bez to'qimalari) turli ta'sirotlarga tez reaksiya ko'rsatishga maxsus moslashgan. Bunday hujayra va to'qimalar qo'zg'aluvchan deb ataladi, ularning ta'sirotga qo'zg'alish bilan javob qaytarish qobiliyati esa qo'zg'aluvchanlik deb yuritiladi. Ta'sirlovchining qo'zg'alishiga sabab bo'ladigan minimal kuchi qo'zg'aluvchanlik o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. Ta'sirotning shu minimal kuchi ta'sirot bo'sag'asi deb ataladi. Reaksiyalarni yuzaga chiqarish uchun zarur ta'sirotning minimal kuchi qancha katta bo'lsa, ya'ni ta'sirot bo'sag'asi qancha yuqori bo'lsa, qo'zg'aluvchanlik o'shancha tezroq paydo bo'ladi va aksincha, ta'sirot bo'sag'asi qancha past bo'lsa, qo'zg'aluvchanlik o'shancha kechroq paydo bo'ladi.
Qo'zg'alish Qo'zg'aluvchan hujayralar uchun ta'sirlovchilarning ta'siriga o'ziga xos javob beradigan qobiliyati bor, ularda maxsus fiziologik jarayon - qo'zg'alish ro'y beradi. Qo'zg'alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o'zgarishlar yig'indisida namoyon bo'ladigan murakkab to'lqinsimon biologik reaksiyadir. Qo'zg'alish jarayonida hujayra membranasining bioelektrik jarayonlari o'zgaradi, hujayra fiziolgik tinchlik holatidan shu hujayraga xos fiziologik faol holatiga o'tadi: mushak qisqaradi, bez hujayrasi sekret chiqaradi, asab impulslari paydo bo'ladi. Qo'zg'aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o'rtasida, ya'ni hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim farq qiladi. Hujayra membranasi shu tariqa qutblangan (polarizatsiyalangan)-ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli. Shu potensiallar farqini mem-brana potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o'n millivoltga mos keladi. Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta'sirla-nuvchan bo'ladi, ya'ni tashqi muhit ta'sir etganda o'z strukturasini o'zgartirish, aktiv faoliyat ko'rsatish, bu faoliyatni kuchaytirish yoki susaytirish bilan javob beradi. Turli ta'sirlarga javoban organizm va hujayralari strukturasining o'zgarishini biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta'sirlarni esa ta'sirlovchi yoki stimullar deb yuritishadi. Tashqi muhitning yoki organizrn ichki holatining bar qanday o'zgarishi yetarlicha katta bo'lsa, yetarlicha tez ro'y bergan bo'lsa va uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun organizmning ta'sirlovchisi bo'la oladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling