Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet3/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Organizm va muhit Ma'lumki, odam va hayvonlar organizmi murakkab biologik tizim bo'lib, u hujayralar, to'qimalar, a'zolar va funksional tizilmalardan tashkil topgan.O'zbek tilida chop qilingan ba'zi-bir fiziologik darsliklarda organizm haqida bunday ta'rif berilgan: «Organizm-organik olamning mustaqil yashay oluvchi, o'z-o'zini boshqara olivchi va tashqi muhitning turli o'zgarishlariga bir bu-tun darajada javob bera oluvchi birligidir». Organizmni ayrim qismlar yoki ayrim hujayralar hududining to'plarni deb 4 emas, balki bir butun deb qarash kerak. Murakkab organizmning hamma a'zolari, tizimlari va funksiyalar bir-biriga uzluksiz ta'sir etadi. Bularning hammasi bir butun murakkab organimni tashkil qiladi.
l.M.Sechenov ta'kidlanganidek, «organizmning yashashiga yordam beradigan o'zgaruvchan tashqi muhit bo'lmasa, organizmning yashashi mumkin emas». Bu degan so'z, organizm o'z atrofidagi tashqi muhit bilan o'zaro ta'sir etib turgandagina yashay oladi va shunday o'zaro ta'sir natijasida o'zo'zidan yangilanib turadi. Organizm naqadar murakkab tuzilganligidan qat'i nazar, uning barcha to'qima va a'zolari bir-biri bilan uzviy bog'langan holda ishlaydi. Bu bog'lanish asab va gumoral (qon orqali) yo'l bilan boshqariladi. Shuning uchun odam organizmi, uning barcha hujayra, to'qima va a'zolari bir butun deyiladi. Turli organizmning o'ziga xos belgisi shuki, uning tizilmalari muayyan tarzda tashkil topgan va o'ziga xos murakkabligi bilan farq qiladi. Murakkab tashkilotga ega bo'lgan odam organizmi-bir butun yaxlit mavjudotdir, unda barcha tizilmalar, hujayralar, to'qimalar, a'zolar va ularning tizimlari bir-biriga uyg'un bo'lib, butun, yaxlit organizmga bo'ysungan.
Fiziologik funksiyalar Organizm hayot faoliyatining moslashishiga yoki o'zgartirilishiga qaratilgan har bir biologik reaksiya fiziologik funksiyalar tufayli amalga oshiriladi.Tashqi muhit ta'sirini sezish hamma organizmlarga xos xususiyat bo'lib, odamda juda taraqqiy qilgan bo'ladi. Musbat va manfiy ta'sirlovchilar uzoq vaqt mobaynida ma'lum bir izchillik bilan ta'sir etib tursa, ularni qo'llanish ta'sirlovchilarning xiliga qarab hamisha bir fiziologik funksiyaga sabab bo'ladi. Hujayra, to'qima, a'zo yoki organizmning har qanday fiziologik funksiyasi filogenez va ontogenez natijasidir, chunki rivojlanish jarayonida har bir tizilmaning o'ziga xos funksiyalari paydo bo'ladi va ular miqdor va sifat jihatdan o'zgaruvchan bo'ladi. Modomiki shunday ekan, turli fiziologik funksiyalarining vujudga kelishi organzimning tashqi va ichki (irsiy) omillari ta'-siri bilan bog'liq ekanligi ayon bo'lib turibdi.
Fiziologik funksiyalar va moslashish xilma-xilligi moddalar almashinuvi (metabolizmi) va tashq muhit ta'siriga qarab muntazam o'zgarishiga bog'liq, chunki metabolizm hayotning zarur shartidir va tirik organizmning asosiy funksiyasidir. Moddalar almashinuvining to'xtashi oqibatida organizm o'ladi, sitoplazma yemirilib ketadi, kimyoviy birikmalar pafchalanib, hech avvalgi holga qaytmaydi. Barcha fiziologik funksiyalar-o'sish, rivojlanish, ko'payish, ovqatlanish va ovqatni hal qilish, nafas olish, sekretsiya va hayot faoliyati tashlandiqlarini chiqarish, harakat, tashqi muhitning o'zgarishiga javoban ro'y beruvchi reaksiyalar va shu kabilar modda almashinuviga bog'liq.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling