Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assimilyatsiya va dissimilyatsiya
Gomeostaz Gomeostaz (homeostasis grekcha «homeow-o'xshash, bir xil, «stasis»-harakatsiz, bir xil saqlanib turish)-organizmning uyg'unlashtirilgan reaksiyalarining majmuasi bo'lib, ichki muhitni bir xil doimiy saqlab turadigan vositadir.
Rus olimi P.K Anoxinning fikricha, odam organizmida to'g'ridan-to'g'ri, qattiq o'zgarmaydigan konstanta 5 (doimiyat) larning birligi tufayli hayotiy jarayonlari bir xil saqlanib turadi (qonning faol reaksiyasining doimiyligi, badan haroratiping o'zgarmasligi, kaliy-natriy asosining doimiyligi, me'da shirasi reaksiyasining doimiyligi va h.k). Ichki muhit tarkibi, fizik-kimyoviy va biologik xossalari doimiyligi mutlaq bo'lmay, balki nisbiy va o'zgaruvchan ekanligini o'qtirib o'tish lozim. Bu doimiylikka bir qancha a'zo va to'qimalarning beto'xtov ishlashi tufayli erishiladi: tashqi muhit o'zgarishlarining ta'sirida va organizm hayot faoliyati natijasida ichki muhit tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarida ro'y beradigan o'zgarishlar bir qancha a'zo va to'qimalarning beto'xtov ishlashi tufayli baravarlanib qoladi. Gomeostazning hatto salgina buzilishi patologiyaga olib keladi, modomiki shunday ekan, tana harorati, qonning arterial bosimi, tarkibi, fizik-kimyoviy va biologik xossalari va shunga o'xshash nisbiy doimiy fiziologik ko'rsatkichlarni aniqlash kasalliklarni aniqlash (tashxis) uchun katta ahamiyatga ega. Assimilyatsiya va dissimilyatsiya Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi, organizmda uning o'zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi yoki metabolizm deyiladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalarning kimyoviy, mexanik, termik o'zgarishi natijasida ulardagi potensial energiyasiga aylanadi. Hosil bo’lgan energiya hisobiga to'qimalar va a'zolar ish bajaradi, hujayralar ko'payadi, ularning eskirgan tarkibiy qismlari yangilanadi, yosh organizm o'sadi va rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi ta'minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jarayon: assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o'tadi. Bularni anabolizm va katabolizm deb ham aytiladi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o'tishi assimilyatsiya yoki anabolizm deyiladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko'payadi. Organizm qancha yosh bo'lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o'tadi. Bu esa yosh organizmning o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi. Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi (yemirilishi) dissimilyasiya yoki katabolizm deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo'ladi va bu energiya assimilyatsiya jarayoni uchun sarflanadi. Dissimilyatsiya jarayoni natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar ayirish a'zolari orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar). Shunday qilib, odam organizmida assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari birbiriga bog'liq holda davom etadi. Sog'lom bo'lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvozanatda bo'ladi.Yosh organizmda assimilyatsiya jarayoni ustunroq bo'lib, buning natijasida o'sish va rivojlanish ta'minlanadi. Keksa odamlar organizmida esa dissimilyatsiya jarayoni ustun bo'ladi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling