Chiniqtirish Ma’lumki, tashqi muhitning turli omillari odam organizmiga doimo ta’sir yetkazib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay ta’siriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chiniqtirish kishining sog’lom bo‘lishiga, jismoniy va ruhiy qobiliyatining ortishiga sabab bo‘ladi. Sovuq havoga, suvga chiniqtirish turli shamollash kasalliklarning oldini olishga imkon beradi.
Odam organizmini chiniqtirishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
Havoda chiniqtirish bahor yoki yoz oylarida uch bosqichda o‘tkaziladi. Shuning uchun chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuq havo ta’sirida chiniqtirilganda uning harorati dastlab 24-26°C bo‘lib, har ikki-uch kunda-l°S ga pasaytirib beriladi va 10-8°C gacha yetkaziladi. Chiniqtirishning asosiy tomoni shundan iboratki, organizmga ta’sir etilayotgan chiniqtiruvchi omil (havo, suv) har kuni uzluksiz ravishda takrorlanishi zarur. Shu sababli har qaysi odamning shaxsiy xususiyatlari, ya’ni yoshi, jinsi, jismoniy funksional holati, salomatligiga e’tibor b^ri^h zarur bo‘ladi. Eng muhimi shundaki, chiniqtirish jarayonida har bir kishi o‘z-o‘zini nazorat qilib turishi kerak. Chiniqayotgan odam muntazam tarzda o‘z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va jismoniy qodirligini kuzatib borishi katta ahamiyatga ega, chunki noxush belgilar sezilganda, chiniqish tartibini o‘zgartiradi yoki shifokorga murojaat qilishi zarur.
Umuman, kasalmand odamlar shifokor maslahatiga asoslanib chiniqishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |