Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet78/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Fizikaviy termoregulatsiya Tashqi muhit harorati tana haroratiga yaqin yoki teng bo’lsa, moddalar almashinuvi susayadi-yu, organizmni qizib ketishdan saqlay olmaydi, chunki undan anchagina issiqlik baribir hosil bo‘laveradi. Bunday hollarda issiqlikni ko‘proq chiqarib yuborish yo‘li bilan ro‘yobga chiqadigan fizikaviy termoregulatsiya izotermiyani saqlashda asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Organizmda hosil bo’ladigan issiqlik asosan issiqlikni nurlantirish (radiatsion issiqlik yo‘qotish), issiq o’tkazish (konveksion issiqlik yo’qotish) yo’li bilan chiqib ketadi.
Odamda issiqlik o‘tkazish asosan teri orqali (70-80% chiqariladigan issiqlik) amalga oshiriladi. Bu jarayon uch yo’l bilan:
-konveksiya (konveksion issiqlik yo‘qotish),
-nurlantirish (radiatsion issiqlik o‘tkazish) va
-bug’lanish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Organizmda hosil bo’lgan barcha issiqlikning 31% tevarak-atrofdagi havoni isitish yo’li bilan, 44% issiqlik sochish yo’li bilan chiqariladi, demak havoni isitish va issiqlik sochish yo’li bilan issiqlikning hammasi bo’lib 75% ni tashqariga chiqariladi; teridan suv bug’langanda 10%, o‘pkadan suv bug’langanda 12%, jami 22% issiqlik yo‘qoladi; nafasga olinadigan havoni va chiqariladigan siydik bilan axlatni isitishga 3% issiqlik sarf bo’ladi.
Tashqariga issiqlik chiqarish qanday o‘zgaradi? Issiqlik chiqarishda teri tomirlarining rcfleks yo’li bilan kengayishi va torayishi katta rol o‘ynaydi. Sovuq havoda odamning terisi dastlab qizarishini va uzoq sovuganda bo‘zarishini, havo isiganda esa terining qizarishini hamma biladi. Teri rangining o’zgarishiga sabab shuki, qon tomirlari, avvalo arteriolalar sovuqning ta’siri bilan bir oz kengayadi, so‘ngra esa torayadi. Natijada tananing sirtiga qon kelishi kamayadi, binobarin, tashqi havoni isitish va issiqlikni tarqalish yo‘li bilan issiqlik chiqarish ham kamayadi. Havo harorati tana haroratidan bir oz pastroq bo’lgandagina issiqlik shu yo’l bilan tashqi muhitga chiqib turadi.
Teri harorati bilan havo harorati o‘rtasidagi farq qancha kam bo’lsa, tevarak-atrofdagi muhitga issiqlik shuncha kam chiqadi. Bu holda terlash issiqlikni chiqarishda katta rol o‘ynaydi. 1 g ter bug’laganda 0,58 kkal sarf bo’ladi. 0’rtacha haroratda odam kuniga 800 ml chamasi ter chiqaradi. Shuncha teming yo‘qolishiga 450-500 kkal sarf bo’ladi. Havo harorati oshib ketganda ter chiqishi kuchayib, ba’zan bir necha litrga yetadi. Havo harorati tana haroratiga barovar bo’lganda yoki undan ortiq bo’lganda ter hammadan ko‘p chiqadi. Bunday sharoitda tashqi havoni isitish va issiqlik tarqalish yo’li bilan issiq chiqarish mumkin emas, shuning uchun issiqlik asosan ter chiqarish yo‘li bilan sarf qilinadi. Havosining harorati 37°S yoki bir muncha yuqori bo’lgan issiq binolarda yoki issiq mamlakatlarda issiqlik faqat tcrni bug’lantirish yo’li bilan sarf qilinadi. Ayni vaqtda odam kun bo‘yi 4,5 1 gacha ter chiqaradi, shu bilan 2400-2800 kkal yo‘qotiladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling