Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Jismoniy mehnat vaqtida termogulatsiyaning xususiyatlari
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
Jismoniy mehnat vaqtida termogulatsiyaning xususiyatlari Jismoniy mashqlar va jismoniy mehnatda kishi ayniqsa ko‘p terlaydi. Juda og‘ir jismoniy mehnatda odamning kuniga 9 l gacha ter chiqarishi va shu tariqa, terni bug‘lantirish yo‘li bilan 5000 gacha kkal yo‘qotishi hisoblab topilgan. Jismoniy mehnat vaqtida issiqlikning hosil bo‘lishi va chiqarilishi ortadi. Tana haroratining salgina (1°C) oshishi mushaklar va umuman organizm faoliyatini yaxshilaydi.
Haroratning oshishi markaziy asab tizimida joylashgan termoregulyatsiya markazlarini qo‘zg‘atadi, natijada yurak-tomir, nafas hamda to‘qimalarda oksidlanish jarayonlari kuchayadi. Haroratning salgina ko’tarilishi organizmni «o‘lik nuqtadan» chiqarib «ikkinchi nafas»ning boshlanishi uchun asos bo‘ladi. Mushaklar ish bajarishda, jumladan, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda organizmda issiqlikning boshqarilishi uchun zarur bo‘lgan shartli reflekslar hosil bo’ladi. Masalan, start oldi davrida tana haroratining salgina oshishi organizmni kelayotgan jismoniy mashqlami bajarilishiga tayyor qiladi. Tashqi muhit harorati va namligi qanchalik yuqori bo‘lsa, hamda bajariladigan jismoniy mashqlarning muddati qanchalik cho‘ziladigan bo‘lsa, tana harorati o‘shancha oshadi. Lekin organizmning bu reaksiyasi cheklangan bo‘lib, normotermiya diopazoniga qoladi. Ba’zan shiddatli sport mashqlar bajarilganda issiqlikning tarqalishi uning hosil bo‘lish jarayonidan orqada qoladi, kechikadi. Buning oqibatida organizm harorati 38,5-39,5°C gacha va hatto undan ham ko‘proq ko‘tariladi. Buning natijasida markaziy asab tizimi faoliyati pasayadi, shu sababli organizmning boshqa funksional tizimlarida ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi. Tana haroratining yanada ko‘tarilishi (39°C) isitmaga sabab bo‘ladi. Yuqori namlik sharoitda uzoq muddatga yugurish, velosiped poygalarida, futbol o‘yinida va boshqa turdagi sport o‘yinlarida harorat yuqori bo‘lmagan vaqtda ham (20-25°C) isitma kuzatiladi. Shuning uchun sportchilarda isitma hodisasi ro‘y bermasligi uchun nafaqat muhit haroratini, balki uning namligini ham nazarda tutish zarur. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling