Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


MAVZU № 7 Harorat boshqaruv tizimining fiziologiyasi


Download 176.93 Kb.
bet76/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

MAVZU № 7 Harorat boshqaruv tizimining fiziologiyasi
Reja:

  1. Poykilotermiya va gomoytermiya haqida tushuncha.

  2. Organizmning issiqlik balansi va harorat gomeostazi haqida umumiy tasavvur

  3. Issiqlik hosil bo’lishi va yo’qotilishining mexanizmlari

  4. Organizmda issiqlikning taqsimlanishi, yadro va qobiq harorati

  5. Odam tanasining haroratini boshqaradigan nerv markazlar

  6. Muskul faoliyatida termoregulyatsiyaning o’zgarishi

  7. Tana haroratining turg’unlanishi va uni boshqarish yo’llari, jismoniy chiniqishning fiziologik asoslari

Evolutsion rivojlanish jarayonida odam va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarning tana harorati tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga qaramay doim bir xil darajada turadi. Tana haroratining bunday doimiyligi izotermiya deb ataladi. Tana haroratini doimo bir xilda saqlash qobiliyati organizmning mo’tadil yashashi uchun muhim bo’lgan doimiy sharoitni tug‘diradi va uni tevarak-atrofdagi muhit sharoitga kamroq qaram qilib qo‘yadi. Organizmda bir qancha moslamalari borligi tufayli tana haroratini doimo bir xilda saqlaydigan hayvonlami issiqqonli (gomoyoterm, endoterm) hayvonlar deyiladi. Gomoyotermlarga odam ham kiradi.


Tana harorati o‘zgaruvchan bo‘lib, tashqi muhit haroratidan oz farq qiluvchi, ya’ni sovuqqonli hayvonlarda (poykiloterm, ekzoterm) izotermiya yo‘q. Bu hayvonlar qanday muhitda yashayotgan bo‘lsa, tana harorati o‘sha muhitning haroratiga bog’liq. Tevarak-atrofdagi muhit harorati pasaysa, bu hayvonlarning tana harorati ham pasayadi va aksincha, muhit harorati ko‘tarilganda bu hayvonlarning tana harorati ham ko‘tariladi. Ularning organizmida tana haroratini idora qiladigan moslamalar rivojlanmagan. Izotermiya ontogenez (organizmning paydo bo‘lishidan tortib to umrining oxirigacha bo‘lgan individual taraqqiyot tarixi) jarayonida asta-sekin rivojlanadi.
Yangi tug‘ilgan bolalarda tana haroratini doim bir darajada saqlab turish qobiliyati uncha mukammal rivojlanmagan. Shunga ko‘ra, tashqi muhit harorati katta yoshdagi odamlarga ta’sir etmaydigan darajada o‘zgarganda bola organizmi sovib (gipotermiya) yoki qizib (gipertermiya) ketishi mumkin. Xuddi shuningdek, mushaklar bilan qilinadigan ozgina ish, masalan, bolaning uzoq chinqirishi bilan bog‘liq bo’lgan mushaklar ishi tana haroratini oshirishi mumkin.
Chala tug‘ilgan bolalar organizmi tana haroratini doim bir darajada saqlab turishga yanada kamroq qodir: ularning tana harorati o‘zgaruvchan bo’lib, tashqi muhit haroratiga ko‘proq bog’liq. Odamning tana harorati doimo bir darajada turadi. Tana harorati qo’ltiqdan yoki to‘g ‘ri ichakdan o’lchanadi.
-Qo’ltiqdagi o‘rtacha harorat 36,5-36,9°C atrofida bo’ladi.
-To‘g‘ri ichakdagi harorat birmuncha yuqori: 37,2-37,5°C.
Ichki a’zolarning harorati tananing o‘rtacha haroratidan bir oz yuqori, masalan jigarning harorati 38-38,5°C. Tana yuzasining turli qismlarida harorat har xil bo’ladi. Masalan, yuz va tananing ayrim qismlaridagi harorat farq qiladi. Qo’l-oyoq harorati tana haroratidan pastroq bo’lib, tanadan uzoqlashgan sayin pasaya boradi. Masalan,
-boldir mushakning ustidagi teri harorati 32,2°C,
-boldir-panja bo‘g‘imidagi harorat 30°C,

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling