MAVZU № 1 Fiziologiya faniga kirish
Reja:
Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
Asosiy fiziologik tushunchalar, fiziologik funksiyalarning boshqarilish yo’llari
Organizm va tashqi muhit.
Organizmning yashash sharoitiga moslashishi, o’zgarishni yuzaga kelishida hujayra qobig’ining ahamiyati
Mushak faoliyatida fiziologik funksiyalarning boshqarilishi
Fiziologiya (yunon. fizis-tabiat, logos-ta'limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo'ladigan jarayonlarni o'rganadi. Bu fan hujayra, to'qima, a'zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo'lgan barcha murakkab va muhim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqadorligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog'langan holda keng ma'noda o'rganadi.
Organizmni ta'minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, qon aylanish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar fiziolgiyaning asosiy o'rganish maqsadidir. Fiziologiya organizmda sodir bo'ladigan funksiyalarni, ularning hamma xususiyatlarini, ko'rinishlarini o'zaro munosabatlarini organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi.
Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) rivojlanishini, ularning doimo o'zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslashishini o'rganadi. Shunday qilib, fiziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro qilish, faoliyat ko'rsatish) har bir hujayra, to'qima, a'zo; tizilmaning bir butun organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o'rgatadi. Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanadi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega.
Odamda uchrab turadigan ko'pgina kasalliklarni oldini olishda,me'yorida o'sish va rivojlanishini ta'minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda, atrof-muhit tozaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko'ngildagidek maqsadga muvofiq holda tashkil qilishda, kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda fiziologiya yutuqlariga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |