Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Download 176.93 Kb.
bet6/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Reflektor reaksiyalar Odamda reaksiyalarning maxsus tipi-reflekslar rivojlangan. Sezuvchi asab oxirlari-retseptorlarning ta'sirlanishga javoban albatta asab tizimining ishtiroki bilan organizmda ro'y beradigan reaksiyalar reflekslar deb ataladi. Asab hujayrasi neyron deb, ataladi. Neyronlar quyidagicha bo'linadi:

  1. sezuvchi yoki retseptor neyronlar,

  2. ijrochi yoki effektor neyronlar va

  3. kontakt neyronlar.

Turli retseptorlar o'zlari uchun adekvat bo'lgan ta'sirlovchilarni sezishga 7 moslashgan. Retseptorlarning quyidagi turlari bor:
1) mexanoretseptorlar: a) tegishni sezadigan-turlari - taktil retseptorlar; b) cho'zilish va bosilishni sezadigani - pressoretseptorlar va baroretseptorlar; v) tovush tebranishlarini sezadigan - fonoretseptorlar:
2) tezlanishni sezadigani-akselleretseptorlar yoki vestibulo-retseptorlar;
3) xemoretseptorlar muayyan kimyoviy moddalarning ta'sirini sezadi;
4) termoretseptorlar harorat o'zgarishini sezadi;
5) osmoretseptorlar osmotik bosimining o'zgarishini sezadi.
Tashqi muhitdan keluvchi ta'sirotlarni sezadigan retseptorlar: tovush tebranishlarini, yorug'lik ta'sirini sezadigan retseptorlar, hid bilish, ta'm bilish retseptorlari, harorat o'zgarishini sezadigan va taktil retseptorlar tana sirtiga yaqin joylashgan bo'lib, eksteroretseptorlar deb ataladi. Organizrn ichki muhiti, a'zolar holati va faoliyatining o'zgarishiga aloqador o'zgarishlarni sezadigan retseptorlar interoretseptorlar deb ataladi. Skelet mushaklaridagi retseptorlar - proprioretseptorlar ham interoretseptorlarga kiradi. Asab hujayralarining periferiyadan (tanani turli qismlaridan) markaziy asab tizimiga qo'zg'alish o'tkazadigan shu o'siqlari markazga intiluvchi yoki afferent tolalar deb ataladi.
Effektor neyronlar periferiyaga boradigan o'siqlari – markazdan qochuvchi yoki efferent tolalar orqali impulslar o'tkazadi. Bular esa turli a'zolar holati va faoliyatini o'zgartiradi. Skelet mushaklarining qisqarishiga sabab bo'ladigan harakatlantiruvchi (motor) neyronlarining bir qismi efferent tolalari markaziy asab tizimida - bosh miyada va orqa miyada bo'lib, bar bir neyrondan periferiyaga faqat bitta o'siq ketadi. Kontakt neyronlar markaziy asab tizimida bo'lib, turli neyronlarni bir-biriga bog'lash funksiyasini o'taydi. Kontakt neyronlar asab impulslarini bir xil neyronlardan ikkinchi xil neyronlarga o'tkazib beruvchi relestansiyalari desa bo'ladi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling