Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Yurakning sistolik va daqiqalik hajmi


Download 176.93 Kb.
bet9/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Yurakning sistolik va daqiqalik hajmi Yurak qorinchalari har bir qisqarganida 6O-7O ml qonni arteriya tomirlariga haydaydi. Bunga yurakning sistolik hajmi deyiladi. Tinch turgan holatda katta odamning yuragi bir daqiqada 7O-72 marta qisqarib - kengayadi. Har bir qisqarganida undan haydalgan qon miqdori uning bir daqiqada qisqarib-kengayishi soniga ko‘paytirilsa, yurakning daqiqalik hajmi kelib chiqadi. Masalan: bir marta qisqarganda o‘rtacha 7O ml qon haydalsa, uni bir daqiqadagi qisqarib - kengayish soniga, ya’ni 7O ga ko‘paytirilsa, yurakning daqiqalik hajmi kelib chiqadi. U 4,9 litrga teng bo’ladi. (7O ml x 7O marta = 4,9 l). Bir kechayu kunduzda yurak o‘rtacha 1OO ming marta qisqarib - kengayadi va 1O tonna qonni arteriya tomirlariga haydaydi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, yurak ritmik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kecha - kunduzda bajargan ish massasi 64 kg yukni 3OO m balandlikka ko‘tarishga teng. Odamning o‘rtacha umr ko‘rishi 7O - 8O yil deb olinsa, shu davr ichida yurak aorta tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni toidirib, unda paroxod yurishi mumkin bo’ladi.

Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib - kengayish soni mashg‘ulotning sekin yoki tez bajarilishiga ko‘ra bir daqiqada 1OO martadan 2OO martagacha ko‘payishi mumkin. Demak, uning daqiqali hajmi ham, tinch holatdagiga nisbatan 1,5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan sportchilarda mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65 - 7O ml o‘rniga 1OO-15O ml gacha ortadi va bir daqiqada yurakning qisqarib-kengayish soni 1OO-2OO martaga yetadi, ya’ni ularda yurakning daqiqalik hajmi 15-3O 1. gacha ortishi mumkin. Chang‘i sportida 8 soat davomida 1OO km masofani o‘tgan sportchining yuragi 35 tonna qonni arteriya tomirlariga haydaydi.


Yurakda qo’zg‘alishning kelib chiqishi Yurakning mushak tolalari tuzilishi va vazifasiga ko‘ra ikki turga bo’linadi:
1. Bo’lmalar va qorinchalarning ishchi tolalari, ular yurak mushakning asosiy massasini tashkil qilib, yurakning qon haydash faoliyatini amalga oshiradi;
2. Qo‘zg'alish jarayonini o‘tkazishda ritm yetakchisi vazifasini va o‘tkazish tizimini tashkil qiluvchi atipik tolalar. Bu tolalar qo‘zg‘alishni ro‘yobga chiqaradi va uni miokardning ishchi tolalariga yetkazadi. Yurak mushagi (miokard) qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik, avtomatiya xossalariga ega.
Miokardning skelet mushaklaridan farqi shuki, u funksioanl birlik (sinsitiyadan) iborat. Qo‘zg‘alish miokardning qaysi bir nuqtasida vujudga kelmasin, butun miokardga tarqalib, tolalarni hammasini qo‘zg‘atadi. Buning sababi shundaki, miokardning ishchi tolalari oraliq disklar-neksuslar yordamida o‘zaro bog’langan. Neksuslarning elektr oqimiga ko‘rsatadigan qarshiligi juda kam. Ular orqali qo‘zg‘alish qarshilikka uchramay, tez tarqaladi. Shuning uchun ham yurak yakka tola singari «bor yoki yo‘q» qonuniga bo‘ysunadi. Bu qonunga ko‘ra, yurak ta’sirlanuvchi omillarga o‘zining butun ishchi mushak tolalari bilan javob beradi, yoki ta’sirot bo‘sag‘asi past bo‘lgan holda bejavob qoladi
Birinchi tugun yurakning o’ng bo‘lmasida, yuqori va paski kovak venalarning (1,2) quyiladigan joylari oralig‘ida bo‘lib, sinoatrial yoki Keyt Flek tuguni (3) deb ataladi. Ikkinchi tugun ham o‘ng bo‘lmada, ammo atrioventrikular to‘siqning oldida bo‘ladi. Bu tugun Ashoff-Tovar tuguni, yoki atrioventrikular tuguni (4) deb yurtiladi. Ashoff-Tovar tugunidan bitta tutam boshlanadi, bu tutam, atrioventrikulyar to‘siqdan o’tib, o‘ng qorincha bilan chap qorincha o‘rtasidagi to‘siq orqali qorinchalarga tushadi. Bu tugun Giss tuguni (5) deb ataladi. Giss tuguni atrioventrikulyar to‘siq orqali о’tar ekan, ikki tarmoqqa bo’linadi, biri o’ng qorinchaga, ikkinchisi chap qorinchaga boradi. Shuning uchun ham bu tarmoqlar Giss tugunining o‘ng va chap tarmoqlari yoki oyoqlari deb ataladi (6).
Yurak ritmini boshqaruvchi tugun sinoatrial tugunidir (3). U yurak qisqarishini vujudga keltiruvchi va yurak ritmining birlamchi. (bosh) peysmekeri hisoblanadi, ya’ni qo‘zg‘alish birinchi marta sinoatrial tugunda paydo bo’ladi. Undan qo‘zg‘alish jarayoni o’ng va chap bo’lmalarning mushak tolalariga o’tadi. Qo‘zg‘alish bo’lmalar mushaklari bo‘ylab tarqalib, yurakning o’tkazuvchi tizimidan bir qismi bo’lgan atrioventrikular tuguniga boradi.
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi qo‘zg‘alishni boimalardan qorinchalar miokardiga o‘tkazish vazifasini o’taydi. Qo‘zg‘alish Keyt-flek tugunidan tarqalib, Ashoff-Tovar yoki atrioventrikulyar tugunga o‘tadi va so‘ngra Giss tutamining o‘ng va chap oyoqchalari orqali yurakning o‘ng va chap qorinchalariga o‘tadi. Atrioventrikulyar tugun yurak ritmining ikkilamchi peysmekeri hisoblanadi.
Purkine tolalari miokardning mushak tolalari bilan anastomoza (birikish) hosil qiladi. Qo‘zg‘alish o‘tkazuvchi tizimning tarmoqlari bo‘ylab yurak mushagining hammasiga yetib boradi va uning qisqarishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, yurakni qisqartiruvchi impuls sinoatrial tugunda paydo bo’lib, o‘ng va chap bo’lmalarning qisqaruvchi miokardi bo‘ylab tarqaladi va atrioventrikulyar tugunga beriladi. Impulslar bu tugundan Giss tutami bo‘ylab o‘ng va chap qorinchalarga o‘tadi, ularning sistolasiga sabab bo‘ladi. Impulslarning retrograd (teskarisiga) o‘tkazilishi mumkin emas.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling