Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Funksiyalarni boshqarilish mexanizmlari


Download 176.93 Kb.
bet7/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Funksiyalarni boshqarilish mexanizmlari Organizm funksiyalari va reaksiyalarining o'zaro bog'langanligi organizm birligi va bir butunligi-funksiyalarni boshqaradigan va uyg'unlashtiradigan ikki mexanizm borligidan kelib chiqadi. Bulardan biri - gumoral yoki kimyoviy mexanizm evolutsion jihatdan eng qadimgi bo'lib, kimyoviy moddalarni (tuzlarni, gormonlarni va boshqa moddalarni) organizmga qon orqali tarqatadi. Qonda aylanib yuradigan kimyoviy moddalar hamma hujayralarga asta-sekin borib ta'sir etaveradi, to'g'risini aytganda, kimyoviy ta'sirlovchilarning tayinli adresi yo'q va turli hujayralarga bir xil ta'sir etmaydi: ba'zi hujayralar bir xil kimyoviy ta'sirlovchilarga, boshqa hujayralar esa ikkinchi xil kimyoviy ta'sirlovchilarga ko'proq sezgir bo’ladi.
Turli kimyoviy ta'sirlovchilar modda almashinuv jarayonlari zanjirining turli zvenolariga qo'shilib, turlicha ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi mexanizm evolutsion jihatdan yoshroq, ya'ni tirik mavjudotlar evolutsiyasida keyinroq rivojlangan bo'lib, asab mexanizmi deb ataladi. U turli hujayra, to'qima va a'zolar faoliyatini birlashtirib, uyg'unlashtirib, boshqarib, uni organizm yashaydigan tashqi sharoitga moslashtiradi. Asab boshqarilishi mukammalroq, chunki, birinchidan, hujayralar gumoral-kimyoviy yo'ldan ko'ra asab tizimi orqali tezroq o'zaro ta'sir etadi, ikkinchidan, asab impulslari hamisha muayyan «adresatiga» aniq yetib boradi.


MAVZU № 2 Qon aylanish fiziologiyasi
Reja:

  1. Qon aylanishning ahamiyati

  2. Qon aylanishning katta va kichik doiralari, ularning funksiyasi

  3. Yurakning funksiyasi va yurak mushagining funksional xususiyatlari

  4. Yurak avtomatiyasi va yurakni o’tkazuvchi tizimi

  5. Yurakdagi elektr hodisalar va elektrokardiogramma (EKG)

  6. Yurak sikli, uning fazalari, qonning sistolik va daqiqalik hajmi

  7. Yurak ishining nerv va gumoral boshqarilishi

  8. Qon tomirlar fiziologiyasi va qon harakatining qonuniyatlari

Qon aylanish tizimiga yurak, arteriya, vena, kapillyarlar va limfa tizimi kiradi. Yurak va tomirlar faoliyati tufayli odam organizmida qon to‘xtovsiz harakatlanib turadi va turli-tuman tashilish funksiyalarini bajaradi. Yurak qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi bo‘lib, asab va gormonlar boshqaruvining ta^sirida doimo bir maromda qisqarib va kengayib turadi. Buning natijasida organizmdagi qon suyuqligi har xil kattalikdagi qon tomirlari yordamida hujayralarga va to%qimalarga oziq moddalarni olib boradi va turli qon tomirlar orqali yurakka qaytib keladi. Shuning uchun barcha qon tomirlar ikki turga bo’linadi:
1) markaziy a’zo bo‘lmish yurakdan chiqib, butun tanaga tarqaladigan hamma qon tomirlariga (ichidagi oqayotgan qonning qandayligidan qat’iy nazar) arteriya qon tomirlari deyiladi;
2) hujayralardan, to‘qimalardan markaziy a’zo hisoblangan yurakka qon olib keladigan tomirlarni esa vena qon tomirlari deb yuritiladi.
Yurakdan chiqadigan arteriya qon tomirlari (aorta, o’pka arteriyalari) markazdan uzoqlashgan sari tolalar, tarmoqchalar chiqarib, asta-sekin kichiklasha boradi. Nihoyat, a’zolar devorida mikroskop ostida ko’rinadigan juda ham ingichka arteriya tolalari - arteriolalar kapillyar soch tolasiga o’xshagan qil tomirlardir, ularning uzunligi Q‘rta hisobda O,5 mm, kengligi 3-3,5 mk, ya’ni odam tukining diametridan 5O marta kichik va devori juda yupqa bo’ladi. Shu sababli ularda qon sekin oqadi, natijada hujayralar, to‘qimalar va oraliq moddalarning yashashi va ishlashiga zarur kislorod hamda boshqa moddalarning qondan to‘qimalarga diffuziya yo‘li bilan o’tishiga imkoniyat yaratiladi. To‘qimalarga esa karbonat angidridni va modda almashinuvi natijasida vujudga kelgan boshqa moddalarni kapillyarlarga beradi. Shunday qilib, arterial qon kapillyarlar orqali venoz qonga aylanadi. Venoz kapillyar tomirlar esa asta-sekin yiriklashib, oxirida ikkita (yuqorigi va pastki) kavak vena qon tomimi tashkil qiladi va yurakning o‘ng bo’lmachasiga qo‘yiladi.
Qon o‘ng bo’lmachadan o‘ng qorinchaga, undan o’pka arteriyalari orqali o’pkaga boradi. O’pka arteriyasining tarmoqlari pirovardida kapillyarlarga aylanadi va nafas alvebialari (pufakchalar)ni o‘rab oladi. Kapillyarlar esa nafas jarayonida karbonat angridni chiqaradi va kislorodga boyiydi. Kislorodga boy b o‘lgan qon o’pka venalari orqali yurakning chap bolm achasiga quyiladi. Undan chap qorinchaga o’tib, aorta orqali butun organizm bo’ylab tarqaladi. Qon organizmga harakatlanar ekan, qon aylanishining katta va kichik doirasi kabi murakkab yo‘lni bosib o’tadi.
Katta qon doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, aorta, undan chiqqan arteriyalarni, uiaming barcha tarmoqlarini, butun gavdadagi arteriolalar, kapillyarlar, venalarni o‘z ichiga oladi va yurakning o‘ng bo‘lmasida tugaydi.
Qon aylanishining kichik (o‘pka) doirasi yurakning o‘ng qorinchasidan boshlanib, o‘pka arteriyasi va uning barcha tarmoqlarini, o‘pka arteriolalari, kapillyarlar, venalarni o‘z ichiga oladi va yurakning chap bo‘lmasiga quyiladigan o‘pka venalari bilan tugaydi. Katta va kichik qon aylanish doiralaridan tashqari, uchunchi, ya'ni yurak qon aylanish doirasi ham bor, bu doira arteriya va vena qon tomiriaridan tuzilgan. Yurak devorining venalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurak-qon tomir tizimi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak qisqa vaqt to‘xtab qolsa, odamning hayoti ham to‘xtaydi.
Yurak-qon tomir tizimi bir necha qismlardan iborat. Bu tizimning faoliyatini mukammal o’rganish uchun uning har bir qismining tuzilishi va vazifasi bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling