Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Jismoniy mehnatning qon aylanishiga ta’siri


Download 176.93 Kb.
bet23/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Jismoniy mehnatning qon aylanishiga ta’siri Jismoniy mehnat uchun kerakli energiya organik moddalarning oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun jismoniy mehnat vaqtida organizmning kislorodga bo’lgan ehtiyoji keskin ortadi. Kislorodning qon orqali tashilishi sababli ish paytida faol a’zolarning qon bilan ta’minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi kerak. Bu asab va gumoral yo’llar bilan boshqariladigan yurak-tomir tizimi faoliyatining kuchayishi va shu bilan birga kislorod ehtiyojini qoniqtirish natijasida amalga oshiriladi. To‘qimalarni qon bilan ta’minlash jarayoni ishdan oldinroq (start oldidan) boshlanadi. Bo’lajak jismoniy ish haqida kishining fikrlashi, yurak-tomir va mushaklarning bajariladigan ishga tayyorgarligi, ular faoliyatining bajariladigan ishga nisbatan o’zgarishi reflektor yo’li orqali yuzaga chiqadi. Bunday funksional qayta qurish bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i va gipotalamusdan kelayotgan asab impulslari orqali o‘tadi, bu faoliyatning asosida tashqi va ichki muhitdan ta’sir ko‘rsatuvchi turli ta’sirlovchilarga javoban shartsiz va shartli reflekslar mexanizmlari yotibdi.
Jismoniy ishga tayyorgarlik (start oldi) vaqtida simpatik asabning markazlari qo‘zg’aladi, buyrak usti bezining faoliyati oshib, yurak faoliyatini kuchaytiradi, qonni qayta taqsimlash jarayonini o’zgartiradi va arterial qon bosimi oshadi. Organizmning bu reaksiyalari jismoniy ish uchun tayyorgarlik davri bo‘lib, skelet mushaklari, yurak va o‘pka qon aylanishini kuchaytiradi. Ishning boshida qon aylanishi boshqariluvida qo‘shimcha reflektor, gumoral va jismoniy omillar ishga solinadi. Bosh miya po’stlog‘i tomonidan harakat samarador apparatiga asab impulslari yuboriladi, shu bilan birga vegetativ asab tizimi o’z ta’sirini o’tkazadi. Buning natijasida, simpatik asab markazlari qo‘zg‘aluvchanligi yanada ham oshadi, parasimpatik (adashgan) asab markazlar qo’zg’aluvchanligi esa keskin susayadi. Shu vaqtning o’zida ishlovchi mushaklar arteriolalari va kapillyarlari kengayadi, hozirgacha mehnat jarayoniga jalb bo’lmagan katta va kichik qon tomirlari ishga solinadi, ya’ni mahalliy qon aynalish jarayoni to’liq ishga solinadi. Biroq, ishlovchi mushaklar qon tomirlarining kengayishi bilan bir qatorda qorin bo’shlig’ida joylashgan va mehnat jarayonida passiv ishtirok etadigan a’zolar qon tomirlari torayadi.
Yurak - tomir faoliyatining mehnat vaqtida o’zgarishi reflektor yo‘l bilan amalga oshiriladi, asab impulslari harakat apparatining proprioretseptorlari va xemoretseptorlardan kelib, qon va boshqa to’qimalarda hosil bo’lgan turush moddalar borligidan xabar beradi. Jismoniy mehnat vaqtida yurak mushaki qisqarish qobiliyati oshgani sababli yurikning sistolik qon hajmi ortadi. Shiddatli jismoniy mehnat natijasida sistolik qon hajmi bir daqiqada 120-140 ml, yurak qisqarish tezligi 200 gacha va undan ham ko‘proqqa yetadi. Daqiqali qon hajmi 25- 301 gacha, qonning skelet mushaklariga quyilishi 22-251 gacha oshadi.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling