Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari


Jismoniy tarbiyaning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’siri


Download 176.93 Kb.
bet25/82
Sana14.12.2022
Hajmi176.93 Kb.
#1002770
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
1-7 mavzu

Jismoniy tarbiyaning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta’siri Qon aylanishi organizm hayotida muhim rol o’ynaydi. Ayrim a’zolarning qon bilan yetarlicha ta’min qilinmasligi, hatto qisqa vaqt ichida yetishmasligi ularning faoliyatini jidddiy buzilishlarga olib keladi. Yurak va qon tomirlar tizimida umumiy qon aylanishining buzilishi deb, shu tizimning ko‘pgina bo’limlarini o’z ichiga olib, unga qonning normal aylanishiga to‘siqlik qiladigan buzilishlariga aytiladi. Yurak va qon tomirlar tizimining biror bo’limida ro‘y bergan ayrim buzilishlar qon aylanishining umumiy buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon aylanishidagi yetishmovchilik bir necha xil ko‘rinishda bo’lishiga qaramasdan, turli kasalliklar (yurak porokida, miokardit, perikardit, kardioskleroz, o’pkaning surunkali kasalliklari va hokazolar) asosiy alomatlari bir xil bo’ladi. Shuning uchun yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etish, organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir. Yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg‘ulotlari bo’lgan yurish va yugurish, nafas olish gimnastika mashg‘ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Har bir yosh kishi har kuni o’rtacha 20-25 ming qadam (12-15km) katta odamlar esa kamida 10- 12 ming qadam (8-10 km) yurish yoki yugurishi kerak. Jismoniy chiniqqan odamning yuragi morfo-fiziologik jihatdan bir qator ijobiy xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, miokardda qon aylanishining kuchayishi, uning oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlashining yaxshilanishi natijasida mushak tolalari yo‘g‘onlashadi, yurak devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi va hajmi kattalashadi. Bu o’zgarishlar natijasida yurakning qisqarish kuchi ortadi.
Yurak mushagi qanchalik kuchli bo’lsa, vaqt birligi ichida u tomirlar tizimiga shunchalik ko‘p qon chiqarib beradi.


MAVZU № 3 Nafas fiziologiyasi
Reja:

  1. Organizm hayot faoliyati uchun nafasning ahamiyati

  2. Organizmda gazlar almashinuvining bosqichlari va nafas olish, chiqarish mexanizmi

  3. O’pka hajmi va sig’imi hamda o’pka tiriklik sig’imining qismlari, mushak ishida ularning o’zgarishi

  4. Fiziologik “o’lik bo’shliq”, atmosfera, alveola va chiqarilgan nafasning gaz tarkibi

  5. O’pkada gazlar almashinuvi va gazlarning parsial bosimi

  6. O’pkaning diffuziya qobiliyati va gazlarning qon orqali tashilishi

  7. Qonning kislorod sig’imi va oksigemoglobin hamda uning dissotsiatsiyasi

  8. Arteriya va vena qonidagi kislorod miqdorining farqi

  9. To’qimalarda gazlar almashinuvi va nafasning boshqarilishi.

  10. Mushak ishida nafasning o’zgarishi va uning boshqarilish xususiyatlari, kislorodga talab va kislorod qarzi haqida tushuncha

  11. Nafas harakatlarining soni va chuqurligi, o’pkaning o’pka tiriklik sig’imi, nafasning daqiqalik hajmi, gazlar almashinuvi

Organizmning atmocferadagi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv buglarini chiqarishini nafas olish deyiladi. Nafas bir qancha jarayonlar yig‘indisi bo’lib, organizm tirikligi uchun zarur bo‘lgan moddalar almashinuvining muhim bir qismi-gazlar almashinuvidan iborat. Organik moddalar-uglevod, yog‘ va oqsillarning oksidlanish jarayoni nafas bilan chambarchas bog‘langan. Nafas natijasida organizmnmg tiriklik faoliyatini ta’min etadigan energiya hosil bo‘ladi, qaysiki makroergik moddalarning qayta sintezlashida ishlatiladi. Nafas quyidagi bir-biri bilan bog‘langan qismlardan iborat:
1) tashqi nafas, yoki o’pka ventilatsiyasi (tashqi muhit va o’pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi);
2) alveolyar havo bilan qon kapillyarlari orasidagi gazlar almashinuvi;
3) qon tomonidan kislorod va karbonat angidridini tashilishi;
4) qon kapillyarlari va organizmning to‘qimalari orasidagi gazlar almashinuvi;
5) hujayralarda yoki to‘qimalardagi nafas olish.
Odamning nafas yo‘llari ko‘krak bo‘shlig‘ida joylashgan o’pka, nafas yo‘llari (burun bo‘shlig‘i, traxeya, bronxlar)dan tashkil topib, o’pka bo‘shlig‘ini atmosfera havosi bilan bog’laydi. Unga ko‘krak qafasi va nafas mushaklari ham kiradi.
Havo burun orqali og’iz va traxeyaga kirib, undan o‘ng va chap bronxlarga o’tadi. Bronxlar daraxtsimon tarmoqlangan bo‘lib, havoni bronxiolalar va ulardan o’pka pufakchalari-alveolalarga yetkazib beradi. Alveolalar devori epitelial va tayanch biriktiruvchi hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, qon kapillyarlar to‘ri bilan o’ralib olingan. Bu kapillyarlar va alveolalar devorlari orqali alveolalar va qon orasida gazlar almashinuvi muntazam o’tib turadi. Havoning alvelolarda yangilanishi ko’krak qafasi harakati tufayli o’tadi, bu harakatlar qovurg‘alararo nafas mushaklar va diafragma gumbazi tufayli amalga oshiriladi. O’pka ko’krak qafasining qariyb hamma sathini egallab olgan. Ko‘krak bo’shlig’ining ichki sathi va o’pkaning tashqi sathi seroz parda-plevra bilan qoplangan. O’pkani qoplab olgan plevraning visseral varaqi bevosita ko’krak bo’shlig‘i devorini qoplovchi - pariyetal varaqqa o’tadi. Bu varaqlar o’rtasida germetik yopiq oraliq bo’shlig’i - plevral bo‘shliq mavjud va uning ichida suyuqlik ham bor.

Download 176.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling