Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana10.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1257184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu (4)

Refleksiv jarayon- o’z harakatlarini anglashni, boshqalarni tushunishda 
namoyon bo’ladi. 
Ta’limning fasilitatsion jarayoni – talabalarga pedagogik bilimlarni 
o’zlashtirishlarida metodik, psixologik va texnik jixatdan qo’llab – quvvatlashni 
hamda yordam berishni taqazo etadi. 
IJTIMOIY BUYURTMA 
TA’LIM MAQSADI 
Shunday qilib ta’limning ya’ni o’qitishning barcha jarayonlari o’zaro 
aloqadorlikda , yaxlitlikda amalga oshiriladi. 
O‘quv jarayoni - bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘qituvchi tomonidan 
yaxlit uyushgan jarayon sifatita berish va ularni o‘quvchilar tomonidan 
o‘zlashtirilishini, turli qobiliyatlarni shakllantirilishini ifodalaydi. Bu jarayon 
o‘qituvchining (o‘qitish) faoliyati va o‘quvchilarning (o‘qishidagi) o‘zaro 
faoliyatida ko’rinadi. Ushbu dasturni o‘rganish mobaynida o‘quv jarayoni 
kategoriyasiga taalluqli o‘qitish metodlari, o‘qitishni tashkil qilish shakllari
innovatsiva va texnologiyalarni bilib olamiz. 
O‘qitish printsiplari - muxim asosiy qoidalarni o‘z ichiga oladi, ularga 
tayangan xolda ta’lim samaradorligini ( ta’lim va o‘quv jarayoninig amaliyligi) ni 
ta’minlash munkin. O‘qitish ptintsiplari ikki katta guruxga bo‘linadi; o‘qitish turi 
va mazmunini belgilovchi; o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va mavjudligini 
belgilovchi prinsiplar.
Bugungi kunda ta’lim respublikaning zakovat va ilm borasidagi kuch- 
quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har 
jihatdan barkamol shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Islohotlar natijasida 
yangi turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurti xisoblangan kasb- hunar kollejlarida ta’lim 
bera oladigan pedagoglarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
O‘qitish nima, uning mazmuniga e’tibor qaratamiz. 
O‘qitish - eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy 
taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar 
o‘qituchilik kasbiga maxsus tayyorlanadi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 
kishilarda o‘qita olish faoliyati o‘ta rivojlangan bo‘lib, u doimiy taraqqiyotda, 
harakatdadir. O‘qituvchi o‘qita turib va uzlkusiz o‘rgana borib yashay oladi. 
O‘qish ma’lum makon va zamonda amal qiladi. Shu jihatdan qaraganda, u 
qator jarayoniy belgilarga ega: bosqichlar asosida amalga oshish, 
o‘rganiladigan narsa- hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin 
o‘rganilgan bilimlarni xotiraga, ya’ni esga tushirish; bilimlarni tanish va 
notanish o‘quv sharoitlariga tadbiq etish;
O‘rganilayotgan hodisalar to‘g‘risida fikrlash, ularning umumiy va xususiy 
alomatlarini ajratish. 
«O‘qish» o‘ziga xos maqsad, vosita, natijaga ham ega. Shu jihatdan 
qaraganda u faoliyatdir. Ammo «o‘qish» aynan olingan bir o‘quvchining 
faoliyati emas, aksincha «o‘qish»-o‘rganish, o‘zlashtirish ishi bilan mashg’ul 
yoshlarning faoliyati. 



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling