Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana10.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1257184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu (4)

ko’rinishi deb, shu hapakatni batafsil tasvirlovchi ko’rinishga aytiladi. Bunda 
harakatning yo‘nalishi, yo‘nalish o‘zgarishi, tezligining ortishi, sekinlashuvi, 
to’xtashlari, bir nechta harakatning bir vaqtda bajarilishi yoki ularning oraliqlari, 
xarakat natijasida shakllar, fazoviy holatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning 
tekisligi yoki g’adir-budurligining o‘zgarishi va bosha kuzatish mumkin bo‘lgan 
turli harakat ko’rinishlari nazarda tutiladi. Xozirda metodlar, metodikalar va 
texnologiyalar bitta tushuncha sifatida idrok qilinmoqda. Texnologiyalar va 
metodikalarni aralashtirib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba’zan 
metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba’zan esa aksincha. Pedagogik 
texnologiya o‘quv jarayoni (ya’ni o‘qituvchining, o‘quvchining faoliyati bilan), 
uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langan. 
Pedagog olim T.A. Ilinaning fikricha, didaktika turli ta’lim muassalarida 
xilma-xil o‘quv fanlarini amalga oshiriladigan o‘quv jarayonining umumiy 
qonuniyatlarini aks ettiradi. Tabiiyki, har bir o‘quv fani o‘ziga xos xususiyatlari
qonuniyatlariga ega, o‘zining alohida metodlari va ta’limni tashkil etish shakllarini 
talab etadi. Mazkur masalalar bilan xususiy metodika, yoki alohida o‘quv fanlarini 


o‘qitish metodikasi (tarix, ma-tematika, pedagogika, psixologiya va boshqalar) 
shug’ullanadi.
1
Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi – bu nazariya va 
amaliyotning umumlashgan ko’rinishidir. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar 
birgalikdagi faoliyati, ta’lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida 
pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonini tadqiq etadi. Metodika fanlarini o‘qitish 
texnologiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlash 
uchun butun e’tiborini ta’limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va 
metodlarini asoslashga qaratadi. Bundan tashqari metodika fanlarni o‘qitish 
texnologiyasi doimiy ravishda metodika fanlarni o‘qitishning qonuniyatlarini 
ochish va asoslab berishga hamda uning asosida ta’lim jarayonini boshqarish 
yo‘llarini izlab topadi. 
Ta’lim jarayoni 
Subyekt (lar) Subyektlar 
(O’qituvchi(lar)) (Talaba(lar)) 
O’qitish O’qish 
Birgalikdagi faoliyat 
O’zato ra’sir 
“Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” o‘quv fanining obyekti 
xilma- xil bo’lganligi sabali, ushbu obyektlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi 
maktabgacha ta’lim soxalari metodika fanlar tizimini tashkil etadi. Ularga 
kuyidagilar kiradi: Maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, tabiat bilan 
tanishtirish, nutq o’stirish, elementar matematiktasavvurlarni shakllantirish, 
tasviriy faoliyat, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash va boshqalar. Ta’lim
jarayonini samarali tashkil etish natijasida har tomonlama rivojlangan, yuqori 
intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi. 
Ta’lim jarayoni o’zaro aloqador; maqsad- vazifa – mazmun – metod- vosita- shakl 
- natija komponentlari orasidagi aloqadorlikni ifodalaydi.Tizimni shakllantiruvchi 
komponentlar maqsad hisoblanadi, boshqa komponentlar barchasi unga bog’liq 
bo’lib, bir butunlikni hosil qiladi.Ta’lim jarayoni o’qituvchi va o’quvchilar 
faoliyati xisoblanadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling