Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu (4)
Fanning vazifalari;
-Metodika fanlarini o‘qitishning nazariy, milliy asoslari, O‘zbekistonda ta’lim- tarbiyaning ustivor masalalari haqida ma’lumot berish; -Talabalarni innovatsion texnologiya asosida pedagogik bilim berishga o’rgatish; -Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyalari soxasidagi ilg’or tajribalarni o‘rganish, kuzatish, taxlil qilish, umumiy pedagogik xulosa chiqara bilishga tayyorlash ; -Uzluksiz ta’lim tizimida metodika fanlarini o‘qitish fani sohasidagi ilmiy izlanishlar, xorijiy yangiliklar, fan dasturiga qo’yiladigan talablar, pedagogika fanlarini o‘qitishda uzviylik, mustaqil ta’lim, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari kabi masalalar haqida malakaga ega bo‘lishi kerak. Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fani predmetini o‘zlashtirish jarayonida talaba: - metodika fanlarini o‘qitish jarayoni, uning yaxlit tizim ekani, fanning qonuniyatlari, asosiy tamoyillari; metodika fani o‘qituvchisining o‘quv- me’yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasini, metodika fanlari o‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlarni; Davlat ta’lim satandartlarining tuzilishi va mazmuni, o‘quv reja, fan va ishchi dasturlarga qo’yiladigan talablar; Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv- metodik komplekslar tayyorlash va uning ahamiyatini bilishlari kerak. -Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati, ta’lim jarayonida turli metodlardan foydalanish; o‘qitish metodlarining tasnifi, o‘qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlarga qo‘yiladigan talablar, metodlarning turlari; Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, keys- stadi metodi, texnologiyalarning turlari va o‘quv jarayonida qo’llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. -Ta’limning zamonaviy tashkiliy shakllari, ulardan foydalanilganda ta’limning natijaviyligi; Ma’ruza turlari va ularga qo‘yiladigan talablar, mashg’ulot turiga qarab mavzuni tanlab olish; Semenar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish texnologiyasi, ularning bir-biridan farqi va ahamiyatli jihatlarini, talabalar bilimini tekshirish va baholashning reyting tizimini bilish malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Biz avvalo metodika tushunchasini mazmunini bilib olamiz. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling