Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana10.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1257184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu (4)

 O’qitishning ta’limiy jarayoni - mohiyati pedagogik bilim, ko’nikma, 
malakalar tizimini shakllanishi va ularni amaliyotda qo’llash uchun sharoit yaratish 
bilan ifodalanadi.Ta’lim kategoriyasiga ta’limning mazmuni, o‘quv rejasi, o‘quv 
predmeti, o‘quv dasturi kabi tushunchalar kiradi. Biz shu tushunchalarni fanni 
o‘rganish jarayonida bilib olamiz.
O’qitishning rivojlantiruvchi jarayoni - o’quvchilar shaxsida fikrlash, 
xissiy, motivatsion, kommunikativ sifatlarini rivojlanishi uchun ta’limning aktiv 
metodlarini qo’llashda amalga oshiriladi. 
O’qitishning tarbiyalovchi jarayini- o’quvchilrda intellektual, hissiy 
sifatlar hamda kasbiy qarashlar, o’quv bilish faoliyati motivlari shakllanadigan 
turli faoliyatlarga kiritishda namoyon bo’ladi. 
Ta’limning shakllantiruvchi jarayoni - o’quvchilarni o’quv faoliyati va 
metodika fanlarini o’qitish mazmunining sifati, ko’lami o’rtasidagi uyg’unlikda 
namoyon bo’ladi. 
Ta’limning strukturalashtirish jarayoni - alohida har bir mashg’ulot 
uchun metodikalar boyicha o’quv materialini tanlash va tizimlashtirish bilan 
harakterlanadi. 
Psixologik jarayon o’quvchilarni ishlashlari uchun ijobiy sharoit yaratish 
bilan harakterlanadi. 
Integrativ- differensiativ jarayon har bir o’quvchini qobiliyatini va 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’quvchilarni hamkorlikdagi faoliyati tashkil 
etishda ifodalanadi. 
Maslahat beruvchi jarayon- metodika fanlari bo’yicha o’quv materialini 
o’zlashtirishlari uchun individual va guruxli maslaxatlarni tashkil etishni taqazo 
etadi. 
Nazorat- tashxis jarayoni- o’quv materialini o’zlashtirish darajasi 
to’g’risidagi teskari aloqani ta’minlovchi, talabalarni individual extiyojlari va 
imkoniyatlarini hisobga olishni taqazo etadi. 
Tuzatuvchi jarayon- o’quvchilarni o’quv faoliyati nazorat va baxolash 


asosida boshqarish hamda tuzatishni ifodalaydi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling