Mavzu-1: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi fanining qonuniyatlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA METODIKA ORASIDAGI AYRIM FARQLIAR
O‘qitish va o‘qish ma’lum me’yoriy talablar asosida bir-biriga kirishib,
uchinchi bir faoliyatni-ta’limni yuzaga keltiradi. O‘qituvchi faolligi o‘quvchilar faolligiga olib- keladi, o‘qituvchi faoliyatidagi izchillik bolalar faoliyatidagi izchillikni ta’minlaydi. O‘qituvchi faoliyatidagi xilma-xillik, vositalarning rang-barangligi, ta’limning turli metodlaridan foydalanish bolalar faoliyatining samarador kechishiga sabab bo‘ladi. O‘qitish va o‘qish faoliyatlari jarayonida rioya qilinadigan normativ talablarga ta’lim q o i d a l a r i deb aytiladi. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi. Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisidir. Pedagogik texnologiya- texnika resurslarini odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini xisobga olgan xolda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish va qo‘llash hamda aniqlashning tizimli metodi. ( YUNESKO) PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA METODIKA ORASIDAGI AYRIM FARQLIAR Xozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bulib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi. Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, yo‘llari majmui. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma’lum o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi. Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan – 1-jadval Asosiy tushunchalar Metodika Pedagogik texnologiya Ta’riflar Metodika — ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi Pedagogik texnologiya — insonga oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat Maqsad Alohida o‘quv fanlarini o‘qitish hamda tarbiyaviy ish larning sifatli bulishini ta’minlash Komil insonni shakllantirish Qo’llash miqyosi Xususiy fanlarni o‘qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda Butun ta’lim -tarbiya jarayonida Vositalar Alohida o‘quv fanlarini o‘qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo’llaniladigan vositalar Barcha ta’lim-tarbiyaviy vositalar, xususiy metodikalarda Pedagogik jarayon Ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ijodkor o‘qituvchilarning ilg’or tajribalariga tayanib rivojlanadi.X ususiy tajribalar asosida boyitib boriladi. Bir muallifning ilg’or pedagogik tajribasini hamma pedagoglar aynan qo’llay olmaydilar. Bunda natijalar har kimda har xil bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi isoblanadi Ta’lim va tarbiya texnologiyasi asosida. Ta’lim menejmenti va marketingi asosida. Ta’lim-tarbiya sohasidagi eng ilg’or tajribalarni umumlashtiruvchi qoidoalar asosida rivojlanib boradi. Yetarli tayyorgarlikka ega mutaxassislar tomonidan qo’llanganda o‘zaro o’xshash natijalar oli nishi ta’minlanadi. Natija kafolati Oldindan belgilangan maqsadga har bir o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o‘qituvchilargina yaxshi natijaga erishadilar. Oldindan belgilangan maqsadga erishish kafolati bor Kelib chiqishi Ta’lim-tarbiyaning turli xususiy masalalarini xal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin; „Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqadddas qiziquvchanlikni hozircha batamom burib tashlamagani deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni, qiziquvchanlik) rag’batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo‘qsa, u shaksiz, mahv bo‘ladi“ (A. Eynshteyn). Bu yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. „Pedagogik texnologiya“ tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o‘qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud. Texnologiyalarda ko’proq protsessual, miqdoriy va hisob- kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi tomonlari ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o‘zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarining turg’unligi, ko’plab „agar“lar (agar o‘qituvchi iste’dodli bo‘lsa, agar bolalar qobiliyatli bo‘lsa, agar yaxshi ota-onalar bo‘lsa...) yo‘qligi bilan farq qiladi. Ya’ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan hamma mutaxassislar tomonidan qayta tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo‘lgan metoddan farq qiladi. Metod — biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko’rinishidan iborat. Bunda harakatni amalga oshirish yo‘li deb, bajarilishi talab qiliinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo‘lgan bir nechta yo‘ldan oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo‘lga aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo‘llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada o’rgatish, o‘qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo‘llardan foydalanish mumkin. Shu yo‘llardan foydalanib xarakatni amalga oshirishda turli usullar ko’llaniladi. Xarakatni amalga oshirish usuli deb- tanlangan ma’lum yo‘ldan foydalangan holda oldindan ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo’llanadigan harakat usullariga aytiladi. Bular, oilada, bog’chada, maktabda savod o’rgatishni amalga oshirishda o‘qituvchining, tarbiyachining qo’llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim-tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo’llash usullarini anglatadi. Har bir yo‘l ham o‘ziga xos usullarni qo’llashni nazarda tutadi. Demak, har bir harakat ma’lum yo‘l bilan va shunga muvofiq usulda amalga oshiriladi. Biror harakatni amalga oshirish Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling