Mavzu-1: Zamonaviy menejmentga kirish


Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950 yillar)


Download 334.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.03.2023
Hajmi334.12 Kb.
#1294855
1   2   3   4
Bog'liq
1-nazariy

Insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950 yillar) 
Insoniy munosabatlar harakatining birinchi namayondalari – Meri Parker 
Follet va Eltona Meyo hisoblanadi. Ular mehnat jarayonini chinakam samarali 
nazorat qilishni boshqarishning qattiq, avtoritar tizimi emas, balki xodimning o‘zi 
bajaradi, degan fikrni yoqlaganlar. Bundan tashqari, bu maktabga mansub 
tadqiqotchilar xodimlar bilan munosabatda- muomalada bo‘lishni qo‘llab-
quvvatlaganlar.
O‘sha davrda olimlar mehnat unumdorligini oshirishning yagona eng muhim 
omili puldir, degan xulosaga keldilar. O‘tkazilgan tadqiqotlarda 
ishga haq to‘lash darajasi muhim rol o‘ynagan bo‘lsada, lekin u har doim ham 
ijobiy natijalar bermaganligini aniqlashdi.Natijada olimlar, mehnat unumdorligi 
o‘sishining eng yaxshi omili - «insoniy munosabatlar», birinchi navbatda, 
menejerlarning xodimlar ehtiyojlariga ijobiy munosabatidir, degan xulosaga 
keldilar. Bu qarash tarafdorlari bugungi kunda ham xodimlarning asosiy 
ehtiyojlarini qondirish mehnat unumdorligini oshirishning kalitidir, degan fikrda 
turadilar. 
Insoniy munosabatlar konsepsiyasining eng mashhur vakillari Abraxam 
Maslou va Duglas Mak Gregor va Fredrik Gersberglardir. 
Menejment fani maktablari yoki miqdoriy yondoshuv 
1950- yildan hozirgacha) 
Matematika va statistika fanlarining rivojlanishi menejment nazariyasi 
haqidagi bilimlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 



Fanda turli boshqaruv modellarni ishlab chiqish va qo‘llash menejment 
masalalari qanchalik murakkab ekanligini anglash imkoniyatini yaratdi. SHuning 
uchun ham miqdoriy yondoshuv nazariyasidan kelib chiqib menejmentga 
tizim,jarayon sifatida yondoshuvga olib keldi. Bu esa menejmentni bir yangi fan 
sifatida paydo bo‘lishiga va uni hozirgi davrda yuqori malakali chuqur bilimga ega 
bo‘lgan zamonaviy menejerlarni tayyorlashda katta hissasi bor.

 

Download 334.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling