Mavzu №10: keyns va keynschilik ta’limoti


Download 33.39 Kb.
bet4/7
Sana01.04.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1315263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Keynschilik siyosati
Keynschilik iqtisodiyoti bahs-munozaralar siyosatiga aloqador bo’lib, o’zida faollar siyosatiga bo’lgan ehtiyojni ham mujassam etgan modelni yaratdi. Bu modelda umumiy talab iqtisoddagi daromadlar darajasini nazorat qilar edi, hukumat esa umumiy talabni monetar va moliyaviy siyosat orqali nazorat qilib borishi lozim edi.
1950-1960-yillarda keynschilik siyosati monetar va moliyaviy siyosat orqali aniq sozlama vazifasini o’tay boshladi. Abba Lerner (1903-1982) keynschilik tahlilini aniq sozlama darajasiga ko’tarishda katta hissa qo’shgan shaxs sanaladi. Lerner o’zining economics of Control (Nazorat iqtisodiyoti)(1944) kitobida hukumat barqarorlikni saqlash yoki moliyaviy (doim byudjet balansini saqlash) siyosat ortidan bormasdan, olib borilgan siyosatning o’zini emas, balki uning natijasini inobatga oluvchi funksional moliya siyosatini olib borishi kerak, degan fikrni ta‘kidlab o’tadi.
Funksional moliya hukumatga iqtisodni ―boshqarish‖ imkonini beradi, metaforik tarzda aytganda monetar va moliyaviy siyosatni hukumatning boshqaruv roli, deb tasvirlash mumkin. Lerner fikricha, hukumat moliyaviy va monetar siyosatdan o’zining makroiqtisodiy maqsadlariga, ya‘ni yuqori darajadagi bandlikka, narxlardagi barqarorlikka va yuqori iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishish uchun foydalanishi lozim. Defitsit hajmi butunlay nomutanosib edi: agar ishsizlik paydo bo’lsa, hukumat defitsit va pul yetkazib berishni oshirishi lozim bo’lar, inflyatsiya kelib chiqqanda esa hukumat bu ishning teskarisini amalga oshirishi lozim bo’lar edi.
Lernerning ―keynschilik‖ qarashlariga nisbatan bunday zaif iddaosi ko’pchilik keynschilarning izzat-nafsiga tegdi va ular o’rtasida kuchli bahs va munozaralarni keltirib chiqardi, hattoki, Keynsni keynschilikizmdan voz kechishiga olib keldi. O’sha davrlardagi mashhur keynschilik haqida Yevsey Domar shunday degan edi: ―hattoki, keynschilar Lernerning defitsit asosiy muammo emas, degan fikrini eshitib, cho’chib ketishdi va u buni ba‘zi hollarda noto’g’ri ta‘kidlagan, degan fikrni ilgari surishdi.‖38Lekin tez orada Keyns o’z fikridan qaytdi va Lerner iqtisodiyot sohasida ko’p ishlarni amalga oshirgani va keynschilik iqtisodiy siyosati funksional moliya bilan tenglashishidan oldin Lerner bu ishlarni amalga oshirganini inobatga olib Keyns uning fikriga qo’shildi. Monetar va moliyaviy siyosatlar siyosiy ommaning e‘tiborini ko’proq o’ziga jalb qila olar edi. Ko’pchilik iqtisodchilar va boshqalar Depressiya hukumat iqtisodiyotni boshqarishida kattaroq rol o’ynashi kerakligini isbotlab berdi, deb ishonishar edi.
Monetar va moliyaviy siyosat esa o’sha rolni minimal darajada saqlab turar edi. Bozorlarga avvalgidek erkin faoliyat olib borishlariga imkon berilar edi. Hukumat sarmoyaning darajasini bevosita belgilamas, u shunchaki byudjet defitsiti yoki qoldig’i siyosatini olib borish orqali umumiy daromadga bilvosita ta‘sir o’tkazishi mumkin edi.



Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling