Mavzu №10: keyns va keynschilik ta’limoti


Yangi keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar


Download 33.39 Kb.
bet6/7
Sana01.04.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1315263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

3.Yangi keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda muammolar

Boshqa zamonaviy iqtisodchilar simulyatsiya (qayta tekshirib ko’rish), komplekslik va subyektiv modellardan makroiqtisodiy asosni rivojlantirishga harakat qildilar. Bunday modellarda institutsional xususiyatlar inson tabiatidan, deb bilingan va simulyatsiya, ya‘ni qayta- qayta tekshirib ko’rish orqali qanday strategiyalar qolishi aniqlangan. Bu ishlar Keyns nazariyasining yangi asoslari rivojlantirilishi tarafdori bo’lgan ―yangi keynschilar‖ maktabining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ularning fikricha, mikroiqtisodiyotga mikroiqtisodiy asoslarda bo’lgani kabi makroasoslar ham bo’lishi kerak. Bu zamonaviy iqtisodchilar neokeynschilik modelining yangi klassik tanqidini qabul qilishni xohlaganlar, lekin ularning fikricha, Keyns nazariyasi va ratsional kutish nazariyalari o’rtasida hech qanday qarama-qarshilik yo’q. Bu ularni yangi klassiklarga optimal javob makroiqtisod uchun institutsional nuqtayi nazardan hayotiy mikroiqtisodiy asos topish emas, balki Keyns makroiqtisodiy nazariyasini anglab yetishning kaliti mikroiqtisod uchun makroasos topish kerakligini anglash, deb ta‘kidlashga undadi. Yalpi ishlab chiqarish funksiyasi korxona ishlab chiqarish funksiyasidan chiqarilishi mumkin emas va muvofiqlashtirishdagi muammolar sababli ishlab chiqarish hajmi tez o’zgarib ketishi mumkin. Ular alohida olingan shaxsning qarori boshqalarning kelajakda kutilayotgan qaroriga qarab o’zgaradi va shuning uchun iqtisodiyot kelajakni kutish boshqotirmasiga duch keladi.


Shunday qilib, ratsional odamlar jamiyati har bir inson ratsonalto’g’ri qaror qabul qiluvchi, lekin shaxsiy qabul qilgan ratsional qarorlarning natijasi oxir-oqibatda jamiyat uchun irratsional bo’lib chiqadigan kelajakni kutish boshqotirmasiga duch keladilar. Yangi keynschilar fikriga ko’ra insonlarni ratsional taxmin qila oladilar, deb qabul qilish yangi klassiklarning barcha bozorlar ijtimoiy zarur hajm sharoitida bo’lganda fiskal va monetar siyosat foydasiz, degan xulosaga olib keladi. Lekin ular bu noto’g’ri faraz, ya‘ni tahlildan mantiqan kelib chiqadigan faraz emas, deb ta‘kidlaydilar.
Masalan, insonlar birgalikda talab kam bo’ladi, deb kutishlari mumkin va shuning uchun kamroq miqdorda tovar ishlab chiqarishlari mumkin: taklif kam, chunki kutilayotgan talab kam. Agar bir odam kelajakdagi talab miqdorining kamayishini kutganda, shu kutilayotgan tushishning ta‘siriga mos ravishda taklif miqdorining tushishini kutilishini (taxminlarni) muvofiqlashtiruvchi tizim bo’lmasa, taklif haddan tashqari tushib ketadi. Yangi keynschilar ratsional kutish nazariyasini emas, balki iqtisodiyot avtomatik tarzda ijtimoiy optimal darajada muvozanatlashadi, degan farazni qabul qila olmaganlar.
―Abstrakt o’yin-nazariy modeldan boshlab umumiy muvozanatlik mavjudligini ko’rsatadigan yangi keynschilik ishlarining asosiy qismi abstrakt va nazariydir‖ . Bu abstrakt modellarni tushuntiruvchi oraliq kitoblar mavjud emas, lekin ular buni qilishlari kerak edi.
Keyns nazariyasiga qiziqishning oshishi Keyns iqtisodiy siyosati, deb nomlangan siyosat oldingi mavqeyini tiklab oldi, degani emas. 1970- yillarda nazariy jihatdan samarali hisoblangan bo’lsa ham, siyosiy jihatdan monetar siyosat, samaralimi yoki fiskal siyosat, degan munozara kuchayib bormoqda edi. Ko’pchilik keynschilar monetar va fiskal siyosatdan amalda siyosiy jihatdan foydalanish qiyin edi va to’g’ri iqtisodiy tamoyillar emas, balki iqtisodiy siyosat byudjet taqchilligi va pul taklifning o’sishiga sababchi bo’lmoqda deb ta‘kidladilar.
Yangi keynschilar va yangi klassiklar o’rtasidagi munozara tez orada chigallashib ketdi. Bularni iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq emas.

Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling