Mavzu №10: keyns va keynschilik ta’limoti


Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi


Download 33.39 Kb.
bet5/7
Sana01.04.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1315263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi
Siyosat normativ qonuniyatlarni mujassam etgan nazariyani o’z ichiga oladi. Shuning uchun Keyns inqilobini to’liq anglash uchun o’sha davr iqtisodchilarining va ayniqsa, Keynsning umumiy falsafiy qarashlarini yaxshi tushunish talab etiladi. Keyns o’zining The General Theory(Umumiy nazariya) kitobini chop ettirganidan so’ng radikallikda ayblangan (aslida u radikal bo’lmagan). Bu insonning o’tmishi, ta‘lim olish tarixi va tajribasidan kelib chiqqan holda o’z jamiyatining tashkiliy strukturasi borasida sezilarli o’zgarishlar uchun kuchli kurash olib borishini bunday insondan kutish mushkul ish, albatta. Keyns aslida jamiyat strukturasini o’zgartirish borasidagi fikrlarga konservativ nigoh bilan qaragan. U asosan kapitalizmning asosiy elementlarini saqlab qolishga qaratilgan qarashlarni yoqlab chiqqan. U agar tizimning eng yomon kamchiliklari bartaraf etilmasa, individuallar kapitalistik tizimni rad etadilar va buning oqibatida tizim topganidan ko’ra ko’proq narsalarni boy berib qo’yishiga ishongan. Uning marksizmni rad etishi ham, Marksning iqtisodiyotiga qarshi tanqid ham markscha ijtimoiy tizim Keyns yashab turgan ijtimoiy sinfning yo’q qilishini tan olish, deb baholanadi:
Qanday qilib men zamonaviy olam uchun hech qanday ahamiyati yo„q, o„z pozitsiyasini hamma narsadan yuqori qo„yadigan va tanqidni qabul qilmaydigan hamda o„z qonuniyatlarini injildek qat’iy o„rnatadigan eskirgan kitobni ko„ra bila turib qabul qilishim mumkin? Qanday qilib men tezakni sigirning o„zidan afzal ko„radigan, butun bashariyat urug„larini va ijobiy sifatlarini o„zida mujassam etgan burjuaziya va intelligensiyadan ko„ra qo„pol proletariatni ustun ko„radigan dunyoqarashni o„zimga singdira olaman?
Keyns Germaniya, Italiya va Rossiyada avj olib borayotgan diktatorlik va totalitar tuzumdan qattiq xavotirga tushgan edi. U ijtimoiy tuzulmalardagi bunday o’zgarishlar ba‘zi iqtisodiy masalalarni hal eta olishiga ishonishni istar edi, ammo u bunday yechim faqatgina individualizm va uning iqtisodiy hamda siyosiy afzalliklari evaziga qo’lga kiritilishi mumkinligini his etdi. Kattaroq samara va innovatsiyaga erishish uchun shaxsiy qiziqishdan foydalanishni cheklovchi individualizmning iqtisodiy afzalliklari iqtisodchilarga yaxshi ma‘lum:
Ammo yuqoridan ta’kidlanganidan tashqari agar individualizm o„zining kamchilik va zaif tomonlaridan xalos etilsa, u albatta boshqa mavjud tizimlardan ko„ra ko„proq shaxsiy erkinlikni ta’minlovchi vositaga aylanishi mumkin. U shaxsiy tanlovni yanada ko„proq amalda qo„llash uchun zamin hozirlaydi. Shu bilan bir qatorda u yana ushbu kengaytirilgan shaxsiy tanlovdan kelib chiqadigan hayotning turfa xilligini saqlash omili bo„lib ham xizmat qilishi mumkin va undan ayrilish bir xildagi yoki totalitar tuzumning yo„qotganlari oldida anchayin sezilarli bo„lishi mumkin.
Keynsning yaxshi jamiyat strukturasi borasidagi keng qamrovli falsafiy qarashlari uni ikki tomondan ham cheksiz hujumlar ostida qolib ketishiga sabab bo’ldi. So’llar uni o’z sinfi va kapitalizmning himoyachisi, deb e‘lon qilishdi, o’nglar esa uni kapitalistik tizimni yo’q qilishga moyil yovvoyi sotsialist-islohotchi, deb atadilar. Biz allaqachon uning marksizmga bo’lgan yondashuvini ko’rib chiqdik. Uning o’nglar tomonidan qilingan tanqidga javobi murosaga kelishga qaratilgan edi. U shunday deb yozgan edi:―hukumat vazifalarini kengaytirish individualizmga qarshi dahshatli zarba bo’lib tuyulsada men uni ham mavjud iqtisodiy ko’rinishlarni yo’q qilib yuborishdan uzoqlashishning yagona vositasi sifatida, ham individual tashabbuslarning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishiga maqbul sharoit sifatida himoya qilaman.‖41Keyns kapitalizmdan topgan asosiy naflardan biri bu uning individualizmga erkin faoliyat olib borishini ta‘minlashi sanaladi. Individualizm orqali kelib chiqadigan har qanday kamchiliklar kapitalizmni barbod etmasdan to’g’rilanishi mumkinligiga u ishonar edi. U kamitalizmning asosiy kamchilik va xatoliklari, deb quyidagilarni ta‘kidlab o’tgan edi: ―bu tuzumning xatosi uning to’liq bandlikni ta‘minlay olmasligi, uning o’jarligi hamda boylik va daromadlarning adolatsiz taqsimotidir.‖42
1930-yillarda ro’y bergan Depressiya ko’plab iqtisodchilarni kapitalizmning asosiy kamchiligi to’liq ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligida, degan fikrga ishonishga majbur qildi. Urushdan keyingi iqtisodchilar oldida ko’ndalang bo’lgan masala mana bunday edi: kapitalizmning eng yaxshi xususiyatlarini saqlab qolish va shu bilan bir qatorda katta depressiyalarni bartaraf etish uchun biz qanday siyosat olib borishimiz kerak? Keynsning siyosat borasidagi qarashlari dastlab, AQShdagi ko’pchilik odamlar uchun juda liberal ko’rinish kasb etdi. Keynschilar tomonidan taklif etilgan monetar va moliyaviy siyosat nihoyat AQSh iqtisodchilari tomonidan tan olindi, chunki bu siyosat hukumatning juda kam miqdorda iqtisodga bevosita aralashuvini talab etar edi. Biroq shunday bo’lishiga qaramasdan, keynschilarni sotsialist, deb hisoblovchilar bu siyosatni qoralab chiqdilar. Ilk keynschilikkka kirish asarini yozgan Lori Tarshis bir guruh konservativlar uning kitobidan foydalangan o’quv dargohlariga grantlar berishni to’xtatishga harakat qilganlarida va uning o’zini dars beradigan Stenford universitetidan bo’shattirish payiga tushganlarida bu konservativlarning hujumi ekanini anglab yetadi. Tarshisning kitobi yaxshi sotilmaydi, ammo undan so’ng bu kitobga taqlid qilib yozilgan Samuelsonning asari juda ham mashhur va ommabop bo’lib ketadi, chunki u keynschilik iqtisodiyotini ilmiy niqob ostiga berkitadi va shu asnoda Tarshisga qaratilgan mafkuraviy hujumlardan o’zini saqlab qolad.



Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling