Mavzu №10: keyns va keynschilik ta’limoti


Umumiy nazariyada konseptual tabiiylik


Download 33.39 Kb.
bet2/7
Sana01.04.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1315263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

Umumiy nazariyada konseptual tabiiylik
Iqtisodiyot nazariyasi sohasida yozilgan istalgan kitobni ochganingizda Keynsning Umumiylik nazariyasidan ko’ra ko’proq farazlarga duch kela olmaysiz. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, boshqa iqtisodchilar o’z farazlarining aniqlilik va haqiqiylik darajalarini izohlab o’tishsada, Keyns o’z farazlarini aksincha, ishonchli tarzda aks ettirishini ta‘kidlab o’tadilar. Ushbu kamtarlikning yetishmasligi Keynsning yoshlik davrlariga borib taqaladi. Kollejni bitirish arafasida fuqarolarga xizmat ko’rsatish xodimi kasbiga o’tish imtihonini topshiradi, ammo iqtisodiyotdan yuqori ball ola olmaydi, uning javobi quyidagicha bo’lgan edi ―Shubhasiz men imtihon oluvchilarga nisbatan iqtisodiyot sohasida ko’proq bilimlarga egaman‖ . Keyns Umumiylik nazariyasi ustida ish olib borayotgan davrda, u iqtisodiy masalalar haqida dunyo ahlini fikrlashga undovchi usullarni batamom o’zgartirishga yordam beruvchi yangi kitob yozayotganligi haqida Jorj Bernard Shouga noma yo’llagan. Umumiylik nazariyasining birinchi bobi bir abzatsdan iborat. Keyns ushbu bobda oldingi nazariya o’zining umumiyroq holda ko’rsatib o’tilgan ko’rinishi ichra jalb qilinishi kerak bo’lgan muhim vosita ekanligi mazmunidan kelib chiqib, yangi nazariya umumiylik nazriyasi, deb nom olganligini tasdiqlagan. ―O’tgan nazariya‖ orqali Keyns Rikardoning iqtisodiy qarashlarini Seyning qonuniga aloqadorlikda, deb ifodalab, klassik va neoklassik iqtisodiyotni ko’rsatib o’tdi hamda ushbu qarashlarga izdoshlar sifatida quyidagi iqtisodchilarni keltirib o’tdi: J. S. Mill, Marshall, keynschilik iqtisodiyotining eng muhim ajralib turuvchi ko’rinishi siyosiy tomonga yo’nalgan bo’lsada, uning eng dolzarb asari, ya‘ni Umumiylik nazariyasi professional iqtisodchilar o’rtasida ko’pchilikning e‘tiboriga tusha olgan haqiqiy nazariy masalalar yoritilgan kitob bo’ldi, deb e‘tirof etdilar. Keyns quyidagilarni keltirib o’tadi: ―Bu kitob men bilan zamondosh iqtisodchilarga bag’ishlangan. Umid qilamanki, ushbu asar boshqalarga ham qiziqarli bo’ladi. Ammo mazkur asarning asosiy maqsadi nazariyaning qiyin masalalarini hal qilishdan iborat va faqat shundan so’nggina nazariyani amaliyotga qo’llay olish mumkin bo’ladi‖ . Keyns nazariyasida qo’llab o’tgan usulni tushunish orqali kelib chiqishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkin. Ko’pchilik iqtisodiy nazariyalar nokontekstual, deb nom olishi mumkin, ya‘ni ular institutsional bo’shliqda shakllanadi. Bu kabi nazariyalar deduktiv mantiq orqali tushuntirilishi mumkin, ular e‘tibor bilan ko’rsatib o’tilgan farazlar asosida qilingan xulosalardan kelib chiquvchi birlamchi tamoyillarga asoslanadi. Ushbu gipotezalarga kelishda har bir shaxs uni haqiqiy tomondan emas, balki gipotezalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning ajralmas mantiqiy tomoniga e‘tibor qaratishi ta‘kidlanadi. Bunday nazariyalar analitik nazariyalar, deb ataladi. To’g’ri bajarilgan umumiy tenglik tahlili analitik nazariya hisoblanadi. Gipotezalar haqiqiylikdan muqarrar tarzda ajratib ko’rsatilishi natijasida keng yoritilgan analitik nazariyalardan siyosiy xulosalar chiqarish anchagina murakkablik tug’diradi.
Keyns turli xil nazariyalarni qo’llagan, ulardan biri ―realitik‖ deb nom olgan, chunki bu nazariya realistik hamda analitik yo’nalishlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni aks ettiradi. ―Realitik‖ nazariya kontekstual sanaladi, u deduktiv mantiqni qo’llash orqali iqtisodiyot haqida induktiv ma‘lumotlar beradi. Gipotezalar asosida reallik yotadi. Realitik nazariyalar bir-biridan ajralmas xususiyatlarga ega, ammo ularning reallikka yaqindan bog’liq bo’lishi tufayli siyosiy xulosalarga ega bo’lish anchagina oson kechadi. Keyns Umumiylik nazariyasida mazkur prinsiplarni birlamchi o’ringa qo’ymadi, balki uning o’rniga gipotezalar asosida reallik yotishini ta‘kidlab o’tdi. Nazariyaga barcha e‘tiborini qaratgan bo’lsada, unda siyosiy mohiyat ham mavjudligini anglay oldi. Keltirib o’tilgan misollar realitik va analitik nazariyalar o’rtasida farqni keltirib chiqaradi. Keyns o’z nazariyasining tasdig’i sifatida maosh va ish haqi darajalari bir-biriga bog’liq tarzda o’zgarmas bo’lishini aniqladi. Keyns Umumiylik nazariyasida o’zgaruvchan narxlar darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal etishning iloji topilmadi, uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish u uchun ahamiyatsiz edi; ishsizlik muammosini qanday qilib hal etish kerakligi masalasining mavjudligi o’zgarmas maosh hamda narxlar darajasini iqtisodiyotda qo’llash zarurligidan dalolat berar edi. U realitik yo’nalish bo’yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keyns o’z nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldirdi.
Makroiqtisodiy g’oyalarning keyingi shakllanish bosqichi makroiqtisodiyotni analitik baza bilan ta‘minlash uchun ko’makchi bo’ldi. Keyns davriy o’zgarishlar jarayonida pulning miqdoriylik nazariyasini qo’llash haqida fikr yuritgan ikki jildlik Treatise on Money (Pulga oid izohlar) nomli kitobini ustida, keyinroq esa, Umumiylik nazariyasi ustida ish olib bordi. Umumiylik nazariyasida Keyns oldinlari birgalikda yaqindan ish olib borgan hamkasbi Denis Robertsonga achinish hissi borligi sababli bu yo’nalishni tark etdi. U buning o’rniga oddiy hamda yangi yo’nalish – jamg’arma va investitsiyalar o’rtasidagi bog’liqlikka e‘tibor qaratdi. Murakkab maqsadga erishish yo’lida Keyns neoklassik monetar tengsizlik yo’nalishini hamda ―klassik nazariya‖ deb nomlangan va iqtisodiy g’oyalar bo’rttirib ko’rsatilgan qadimiy klassik yo’nalishlarni birlashtirib o’tdi. Buning natijasida u o’zining yangi yo’nalishidan tubdan farqlanuvchi klassik ta‘limotning karikaturasini yaratdi. Keynschilik maktabi multiplikator modeli (ba‘zida AYE/AP modeli, deb ham ataladi), IS/LM modeli va AS/AD modeli kabi turli xil modellarni tahlil qilishdi. Bu modellar 1980-yillar mobaynida makroiqtisodiyot sohasining asosini tashkil etgan va haligacha nashrdan chiqqan qo’llanmalarda o’z aksini topib kelmoqda. Lekin Keynschilik iqtisodiyoti o’z ahamiyatini yo’qotib borgani sayin zamonaviy makroiqtisodiyot turli xil yo’nalishlarda davom etmoqda.



Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling