Mavzu №10: keyns va keynschilik ta’limoti
Yana iqtisodiy o’sish va taklif haqida
Download 33.39 Kb.
|
10-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan
Yana iqtisodiy o’sish va taklif haqida
Yangi klassik nazariya makroiqtisodga sezilarli ta‘sir ko’rsatdi, lekin o’zining nazariyalari uchun Keyns makroiqsodiy nazariyasidek ko’p isbot yig’a olmadi. Statistik ma‘lumotlar javob topish uchun yetarli emas edi. Shu nuqtada makroiqtisodchilar iqtisodiy sikl muammolariga e‘tibor qaratmay qo’ydilar va o’sish iqtisodiyotiga ko’proq e‘tibor qarata boshladilar. Bu davr talabi edi, Amerika iqtisodiyoti 1990-yillar davomida o’sib keldi va hech qanday iqtisodiy siklga duch kelmadi. Iqtisodiy o’sish tahlili 1950-yillarda Solouning Xarrod-Domar modeliga javoban shakllantirlgan o’sish modelini qayta ko’rib chiqishdan boshlandi. Bu modelga ko’ra iqtisodiy o’sishga erishish oson emas, agar omad yuz o’girsa, iqtisodiyot depressiyaga tushib qolishi hech gap emas edi. Solou modeli o’zgarmas kapital/ishchi kuchi nisbati farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu modelga ko’ra iqtisodiyot har doim muvozanatli iqtisodiy o’sish darajasiga qaytadi. Iqtisodiyot nomuvozanatlikda emas, balki muvozanatda. Solouning iqtisodiy o’sish modeli neoklassik iqtsiodiy o’sish modeli, deb ham atalib, butunlay taklifga e‘tibor qaratdi. Ishlab chiqarish hajmini belgilashda talabning ta‘siri yo’q edi. Yangi klassikchilarga bu yoqar edi va nima uchun davlatlarning o’sish sur‘atlari har xil bo’lishini tushuntirish uchun bu modelni yanada rivojlantirdilar. Makroiqtisodning iqtisodiy o’sishga o’rg’u berishi uning tabiatini ham o’zgartirib yubordi. O’sish modellari taklifga asoslangan modellar edi: ularda talabga o’rin yo’q edi. Shunday qilib o’sish modellari e‘tibor qozonib, Keyns modellari e‘tibordan chetda qoldi. Bu o’sish modellari o’rtamiyona va keyinchalik ommabop kitoblarga kiritilgan sari makroiqtisodda Keyns nazariyasining roli tushib bordi, uning o’rniga zamonaviy makroiqtisodiyot fanida pulning miqdoriy nazariyasi va o’sish nazariyalariga ko’proq e‘tibor qilina boshlandi. Klassik o’sish nazariyasi keyinchalik iqtisodiy o’sishning endogen nazariyasi bilan to’ldirildi. Iqtisodiy o’sishning endogen nazariyasida texnologik o’zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen, ya‘ni modeldan kelib chiqadi, deb qabul qilinadi. U fan-texnika taraqqiyotiga sarflangan investitsiyalarning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinadi. Iqtisodiy o’sishning endogen nazariyasida samaradorlikning o’sib borishi Me‘yoriy unumdorlikning pasayib borishidan tezroq amalga oshadi va buning natijasi o’laroq doimiy iqtisodiy o’sishni va hech qachon turg’unlikka tushmaslikni kuzatishimiz mumkin. Shunday qilib, bu model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizga emas, yana optimizmga qaytardi. Iqtisodiy o’sishga e‘tibor Keyns makroiqtisodiy nazariyasini chetga surib qo’ydi. Keynscha modellar ishlatilar, lekin multiplikator va talab siyosatining ahamiyati tushib borar edi. Inflyatsiyaga qarshi kurashda monetar siyosat ishlatilar, fiskal siyosat esa amaliy jihatdan noqulay, amalda siyosat taklif tarafiga beriladigan imtiyozlarga qaratilgan edi. Ammo Solou iqtisodiy o’sish modelida ham ayrim muammolar mavjud bo’lib, u statistik faktlarga to’liq to’g’ri kelmas edi. Modelga ikki o’zgartirish kiritish orqali bu muammolarni hal qilish mumkin: bu model muvofiqlashtirildi va o’rniga texnologiyaga asoslangan va Smit nazariyasiga borib taqaladigan yangi o’sish nazariyasi yuzaga keldi. Zamonaviy makroiqtisodning istiqbollari. Yangi iqtisodiy nazariya rivojlanishida bu rivojlanishlarning ahamiyatini tushinish uchun avvalambor, Keyns makroiqtisodi neoklassik nazariyaga hech qachon to’g’ri kelmaganligini bilish zarur. Bu nazariya siyosiy talabga to’g’ri kelgani va iqtisodiy hodisalarni standart klassik nazariyaga qaraganda yaxshiroq tushuntirgani uchun yuzaga kelgan. Yangi klassik revolyutsiya Keyns makroiqtisodiy nazariyasiga to’g’ri kelmagani uchun u bilan bahslashdi va makroiqtisodiy nazariyanimikroiqtisodiy nazariyaga bo’ysundirishga harakat qildi. Bu qandaydir ma‘noda neoklassik ta‘limotning oxirgi hayqirig’i edi va u makroiqtisodiy asosni bo’shashtira oldi, lekin makroiqtisodiy nazariyani mikroiqtisodiy nazariyaga qayta bo’ysundira olmadi. Uni faqatgina alohida bo’laklarga bo’lib, alohida izchil bo’lmagan, qayerda to’g’ri kelsa ishlatiladigan modellar rivojlanishiga yo’l qo’yib berdi. Keyns ta‘limoti shunday o’ziga xos sharoitda klassik ta‘limotdan ko’p farq qilmas edi. Ikkala nazariya ham zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bir xususiyati, ya‘ni real hayotni anglashda modellarni ishlatish usulidir Download 33.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling