Mavzu №10: keyns va keynschilik ta’limoti


Keynsning multiplikator modelining shakllanishi: 1940-1960-y


Download 33.39 Kb.
bet3/7
Sana01.04.2023
Hajmi33.39 Kb.
#1315263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza. Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi fanidan

2.Keynsning multiplikator modelining shakllanishi: 1940-1960-y.
1940-1950-yillarga kelib iqtisodchilar yuqori darajada takomillashgan multiplikatorlik modelini ishlab chiqdilar. Bu model o’z ichiga xalqaro ta‘sir doiralarini, davlat hamda individual xarajatlarninng turli xil ko’rinishlarini olgan holda kengaytirib borildi. Balanslashgan byudjet multiplikatorligi atamasi iqtisodiy atamalarning asosiy qismlaridan biriga aylandi va har bir iqtisodchi talaba Keynsning bu modelini o’rganib chiqishiga to’g’ri keldi. Lekin shu narsa qiziqarliki, keynschilik iqtisodiyotida keltirib o’tilgan ushbu model hamda monetar va fiskal siyosat ko’rinishlari Keynsning biror-bir kitobida uchramaydi. Umumiylik nazariyasida monetar va fiskal siyosatni qo’llash jarayonlari keltirib o’tilmagan. Unday bo’lsa, nega multiplikatsion model (algebraik va geometrik) 1950-yillardagi makroiqtisodiy bahs-munozaralarga sabab bo’lgan markaziy model sanaladi? Buning asosiy sababi u muqobillikka qaraganda zamonaviy reallik tushunchasini aniq aks ettira oldi. Ammo bu yerda boshqa omillar ta‘siri ham mavjud edi. Keynschilik iqtisodiyotining samaradorligi to’g’risidagi dastlabki siyosiy muzokaralar fiskal siyosatga qaratilgan edi (urush davridagi hukumat byudjeti defitsiti G’arb dunyosi mamlakatlarini kutilmaganda Depressiyadan chiqarib yubordi). Multiplikatsion model fiskal siyosat oqibatlarini o’zida aks ettirib, keynschilik modeli sifatida nom qozondi. Bu modelni birinchi marta ishlab chiqishda va uzoq muddat davomida qo’llashda sotsiologik sabablar ham muhim o’rin egallaganligini taxmin qilishimiz mumkin. Haqiqat uchun zaruriylik soha ehtiyojlaridan, asosan talablarga rioya etish va jurnal maqolalarini chop ettirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Multiplikatsion model bu kabi ehtiyojlarga to’g’ridan tog’ri mos tushadi. AQSh da mutiplikatsion tahlilning ko’rinishlari vujudga keldi. Pol Samuyelson va Alvin Hansen (1887-1975) modelni asosiy keynschilik modeli mazmuni sifatida ifoda etdi. Samuyelsonning qo’llanmasida keltirib o’tilgan model pedagogikaga ham mos tushdi va boshqa kitoblar Samuyelson kitoblaridan nusxa ola boshlashdi hamda tez orada multiplikatsion model keynschilik iqtisodiyotida qo’llanildi. Multiplikatsion tahlil o’rganish va o’rgatish ancha oson bo’lgan tahlil usullaridan biri bo’lganligi bois bir qancha pedagogik ustunlik tomonlariga ega. Bu model xuddi mikroiqtisodiyot uchun taklif va talab tahlili zarur bo’lganligi kabi makroiqtisodiyot uchun ham kerakli bo’lgan asosiy analitik tuzilmalar bilan ta‘minlangan ayrim sohalarni takomilashtirish imkonini yaratadi. 1930-yildagi depressiya holati qaysi jamiyat va iqtisodchilar guruhi bozorni kuzatib borishi kerakligi ifodalangan kontekstga o’zgartirish kiritdi. Shu davrlargacha bo’lgan oraliqda davlatning aralashmaslik siyosatiga oid yangi klassik muzokaralar nafaqat iqtisodiy narariyaga asoslanib qolmasdan, balki davlat to’g’risidagi falsafiy va siyosiy qarorlarga ham asoslangan edi. 1990-yillarda radikallardan tashqari deyarli barcha shaxslarning umumsiyosiy yo’nalishlari iqtisodiyotda davlatning aralashuvini cheklashga qaratilgan edi. Ijtimoiy xavfsizlik va ishsizlik sug’urtasi singari bugungi kunda biz ishona oladigan ko’plab davlat dasturlari tamoyillari dolzarb tusga kirdi. Depressiya jarayonining boshlanishi bilanoq unga bo’lgan munosabatlar o’zgara boshladi. Ko’plab shaxslar erkin bozor tizimi depressiya jarayoni mobaynida sodir bo’lgan iqtisodiy beqarorlik tomon yetaklasa, muqobil tanlovlar qilish kerakligini his etishgan. Iqtisodchilar muqobil iqtisodiyot elementlarini samaraliroq tahlil etishi natijasida ko’pchilikning siyosiy tavsiyalarga bo’lgan ishonchi so’nib bordi va yangi klassik nazariyaning kamchilik tomonlari haqida fikr yurita bordilar. Buning natijasida iqtisodchi olimlar bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi klassik qarashlarga zid bo’lgan ishsizlik masalasini hal etishda bir qancha siyosiy rejalar ishlab chiqa boshlashdi. 1930-yil boshlariga kelib Angliyada Pigu va AQShda ko’plab Chikago universiteti iqtisodchilari ishsizlikka qarshi kurashish vositasi sifatida ommaviy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqdilar.

Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling