Mavzu-9: «Mehnatni me’yorlashtirish asoslari». Reja


Mehnatni texnik me’yorlash


Download 35.47 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.47 Kb.
#1053431
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU. MTE

Mehnatni texnik me’yorlash deganda ma’lum tashkiliy texnik sharoitlarda bioro bir mahsulot turini yoki bir ishni bajarish uchun zarur bo’lgan mehnat me’yorlarini (vaqt me’yori, mahsulot ishlab chiqarish me’yori, xizmat ko’rsatish me’yori va hokazolar) ilmiy ishlab chiqarish tushuniladi.


2. Me’yorlashning asosiy vazifalari.
Mehnatni texnik me’yorlash-ishlab chiqarishda mehnatni to’g’ri tashkil etishning negizidir. CHunki, har bir ish o’rnida, uchastkada , tsexda mehnatni tashkil etish, avvalo, har bir konkter ish operatsiyasini bajarish uchun qancha mehnat sarf qilinishi va ishning qanday sifati zarurligini aniqlab olishdan boshlanadi. Mehnatni sifati va miqdorini aniqlab olgandan keyin, ma’lum hajmdagi ishni bajarish uchun talab qilinadigan ishchilar sonini, ularning kasb va malakalarini sostavini belgilashdan iborat mumkin. Demak, mehnatni tashkil etish uchun bajariladigan barcha ishlar oldindan ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan mehnat sarfi normalari mavjud bo’lishi kerak.bu vazifalarni amalga oshirishda texnik me’yorlar asosiy rolь o’ynaydi. Mehnatni texnik me’yorlash mehnani tashkil etishning eng ratsional forma, metod va usullarini tanal bolib, joriy etishga imkoniyat tug’dirishbilan birga texnika jihatidan asoslangan va progressiv normalarni joriy etishni ta’minlaydi.
Mehnatni yengillashtirish, sog’lomlashtirish va mehnat sharoitini yaxshilash, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish bo’yicha injener-texnik va iqtisodchilar bir qatorda fiziologlar va psixologlarning tavsiyanomalari ham hisobga olinadi.
Texnik me’yorlashning ilg’or ish usullarini va metodlarini o’rganish va umumlashtirishda, shuningdek shu asosda ratsional mehnat protsesslarini ishlab chiqishda ahamiyati kattadir. Bunda ortiqcha mehnat harakatlari bartaraf etiladi, kam unumli mehnat harkatlari samarali mehnat harakatlari bilan almashtiriladi.
Mehnat me’yori muayyan bir operatsiyani bajarish uchun sarflanadigan ish vaqti bilan belgilanadi. Ish vaqti mehnatning birdan bir o’lchovi hisoblanadi yoki boshqacha qilib aytganda u vaqt normasidan kelib chiqadi.
SHunga ko’ra ish vaqti ham me’yorlashtiriladi va uni vaqt me’yori deb yuritiladi.



Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling