Mavzu-9: «Mehnatni me’yorlashtirish asoslari». Reja


Mehnatni normalashning analitik hisoblash metodi-


Download 35.47 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.47 Kb.
#1053431
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU. MTE

Mehnatni normalashning analitik hisoblash metodi-normalashtiriladigan operatsiyalarning dastlabki tarkibiy elementlariga bo’lishdan, operatsiyaning ratsional strukturasini aniqlashdan hamda oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar bo’yicha vaqt va mahsulot ishlab chiqarish normasini hisoblab chiqishdan iborat.
Mehnatni normalashda bu metodning yaxshi tomoni shundaki, u normativlar va ishlab chiqilgan texnikaviy protsess mavjud bo’lgan sharoitda oldindan asoslangan normalarnin ishlab chiqish imkonini beradi. Normalarning bir xilda bo’lishini, operatsiyani elementlarga bo’lish, ajratishga bir xilda yondoshishni ta’minlaydi, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning, ishlab chiqarish texnologiyasining va ish joyining texnika bilan qurollantirishning yagona metodikasini qo’llash imkonini beradi.
Mehnatni normalashda bu metodning nuqsonli tomoni shundaki, birinchidan, normalashtirilgan operatsiyalarning hamma elementlari uchun normativlar yo’q, ikkinchidan, normativlarda esa ko’zda tutilgan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar amaldagi tashkiliy-texnikaviy sharoitlardan printsial ravishda farq qilish mumkin. Bunday hollarda har bir tuzatish koeffitsetlarini qo’llanishga, bu esa normalarning asoslangan va progressiv bo’lishiga halaqit beradi.
Analitik tadqiqod |eksperimental| metodida operatsiyalarga va uning har bir elementlariga vaqt sarf qilinishi ish joyida o’tkazilgan tadqiqod natijasida olingan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Mehnatni normalashda bu metodning yaxshi tomoni shundaki, birnchidan asoslangan normani belgilash uchun keng va konkret material olish, ikkinchidan, mehnatni ilg’or metod va usullarini o’rganish va umumlashtirish, shuningdek amaldagi vaqt normalarini ishlab chiqish hamda uyg’unlashtirish, asoslangan normalarni belgilash, uchinchidan, mazkur korxonada mehnatni qanday tashkil etilganligini, texnikaviy va texnologik holatini maksimal darajada hisobga olish, to’rtinchidan, ilg’or tajribalardan foydalanish va ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish imkoni yaratiladi.
Korxonalarda ishlab chiqarish sharoitlar turlicha bo’lganligi sababli asoslangan me’yorlar belgilash uchun analitik metodning har ikki turini qo’llash kerak, shundagina ular bir-birini to’ldiradi. Bundan tashqari tajribada har xil aralash variantlardan foydalanish mumkin. Masalan, operatsiyaning ba’zi elementlari bo’yicha mana shu elementga vaqt sarfi analitik tadqiqod metodi bilan, boshqalari analitik hisoblash metodi bilan aniqlanadi.
Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling