Mavzu-9: «Mehnatni me’yorlashtirish asoslari». Reja


Jamlash metodi va uning turlari


Download 35.47 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.47 Kb.
#1053431
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU. MTE

3. Jamlash metodi va uning turlari.
Mehnatni me’yorlash metodlari ikki gruppaga bo’linadi:

  • Jamlash metodi;

  • Analitik metod.

Jamlash metodi-mehnat normalashtirish usullariga ko’ra:

  • Sinov;

  • Tajriba;

  • Statistik;

  • Taqqoslash turlariga bo’linaddi.

Jamlash metodining hamma turlarida vaqt |mahsulot|normasi operatsiyaga yoki detalga yaxlit holda, bajariladigan ish elementlariga ajratib hamda ish rejimi va usullarini loyihalashtirib o’tirmasdan |jamlab| belgilanadi.
Sinov-tajriba uslubida butun bir operatsiyaga yoki ish bajarishga ketadigan vaqtni normalashda normalashtiruvchi o’z tajribasiga binoan ilgirigi huddi mana shunga o’xshash ishga yoki operatsiyaga sarflanadigan vaqt asosida aniqlanadi.
Statistik metod bilan operatsiya yoki ish bajarish uchun norma vaqtini va ishlab chiqarish normasini belgilashda o’tgan davr ichidagi huddi mana shu operatsiya yoki ishga sarflangan vaqt va mahsulot ishlab chiqarish normasini o’rtacha haqiqiy darajasi to’g’risidagi hisobotlardan olingan statistik ma’lumotlar asos qilib olinadi.
Taqqoslash metodi shu bilan xarakterlanadiki, bu metodda operatsiyaga yoki ishga sarflanadigan vaqt normasining boshqa huddi shunga o’xshash operatsiyayoki ishga solishtirish, taqqqoslash asosida aniqlanadi. Normalashtirishning jamlash metodining bir qator kamchiliklari bor, birinchidan, bunda operatsiya yoki ishni belgilangan norma vatqi eski mehnat usullari va metodlarida qo’llanganligi, ratsional metod va usullvri qo’llash mumkinlitgini ko’rsata olmaydi. Ilg’orlarning ish usullvri bilan taqqoslash imkoniyatini bermaydi. CHunki vaqt normasini belgilashda operatsiya yoki ishni tashkil etuvchi element, usul va harakatlarga ajratmaydi, ular chuqur o’rganilmaydi, norma normalaovchining tajribasi, statistik ma’lumotlar,taqqosash orqali yaqqol belgilanadi. Natijada eski yo’l qo’yilgan hatolar qaytariladi. Unumsiz harakat va elementlar aniqlanmay qolaveradi, nitajada mehnat unumdorligini oshirish rezervlar ochilmaydi; ikkinchidan, progressiv va asoslangan normalar yaratish imkoni yaratilmaydi, chunki, operatsiyani yoki ishni tashkil etuvchi elementlarini bajarish izchilligi chuqur tahlil qilinmaydi, texnikadagi o’zgarishlar, ish joylaridagi sharoitlarva unga xizmat ko’rsatish aniq hisobga olinmaydi; uchinchidan, ish vaqtidan oqilona foydalanish, zoe ketayotgan ish vaqtini aniqlash, jihozlarning ьekor turib qolish hollarini, ularning quvvatidan to’la foydalanilmayotganini aniqlash va ularni yuqori darajaga ko’tarish uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyati yo’q, nihoyat, korxona ishini analiz qilish korxonani samaradorligini oshirish yo’llari va rezervlarini aniqlash imkoniyatini bermaydi. SHuning uchun hozirda bu metodlar ishlab chiqarishda qo’llanilmaydi.



Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling