Mavzu: 9-sinf Geometriya darslarida kichik guruhlarda ishlash usulidan


Ta’limda yangi innovatsion metodlarni qo’llash


Download 305.3 Kb.
bet4/18
Sana27.10.2023
Hajmi305.3 Kb.
#1726146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
03. Altmishev 9-SINF GEOMETRIYA DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH USULIDAN FOYDALANIB DARS O’TISH METODIKASI

Ta’limda yangi innovatsion metodlarni qo’llash yo’llari

“Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadarlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda o’qitish metodlarini takomillashtirish davr talabidir.


Faoliyat metodi – bu faoliyatni amalga oshirish usuli bo’lib, ko’zlangan maqsadga erishishga olib boradi. To’g’ri metodni tanlash, ko’zlangan natijaga komil ishonch bilan va qisqa yo’l bilan erishamiz. Hozirgi vaqtda insoniyat tomonidan ish faoliyat metodlarining boy xazinasi to’plangan, lekin hayotdagi masalalarning to’xtovsiz murakkablashib borishi, masalalarm hal qilish metodlarini mutassil yangilab turishni talab qiladi. Bu aytilgan muammolar o’qitishga ham bevosita taaluqlidir.
Hozirgi vaqtda o’qituvchilar o’quv jarayonida o’qitishning qanday metodlaridan foydalanmoqdalar ?
Biz hozir bevosita amalda qo’llanilayotgan metodlar haqida aytib o’tamiz.
O’qitishning hikoya, suhbat, ma’ruza, illyutratsiya turlari namoyish qilingan asbob - uskunalar, mashqlarni bajarish, laboratoriyada o’tkaziladigan tajribalarni bajarish, bilishga yordam beradigan o’yinlar, o’quv munozaralari, o’quv faoliyatida rag’batlantirish va tanbeh metodlari, o’quv materiallarini muammolari bayon qilish, muammoli suhbatlar, tadqiqot tajribalarini qo’llash analogiya, induktiv va deduktiv mulohazalardan foydalanish, kitob ustida ishlash, o’rgatuvchi mashinalardan foydalanish metodlarini qo’llash, og’zaki so’rash, yozma ishlar, testlar o’tkazish, dasturlashtirilgan nazorat metodlardan foydalanish foydalanish o’qituvchilar uchun quroldir.
Har bir fanning o’z xususiyatidan kelib chiqib ayrim maxsus metodlardan foydalanadilar. Metodlar xazinasi uzluksiz yangilanib boradi, unga ko’rgazmalilikning zamonaviy texnik vrsitalari, audovizual texnika, mikroprotsessorlar, dasturlashtirish vositalari va hakozolarni qo’llash bilan yangidan – yangi metodlar qo’shilmoqda. Chunki yosh avlodga ta’lim berish, uni tarbiyalash va har tomonlama kamolga etkazish sohasidagi ulkan vazifalar o’qitish jarayonining butun metodik tuzilishida yangidan – yangi jiddiy o’zgarishlar qilishni talab etadi. Maktab islohati haqidagi qonunlar eng avvalo maktabda qo’llaniladigan o’qitish metodlari va farmonlarining doirasini kengaytirish zarurligini keltirib chiqaradi.
Fan – texnika revolyutsiyasiga xos bo’lgan ilmiy axborotlar kun sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda o’quvchilarda umumiy o’qish ko’nikmasi va malakalarini mustaqil egallashni ilgarigiga qaraganda ancha yaxshiroq tarkib toptiradigan o’qitish metodlarini topish kerak.
O’qitish metodlari maktabning faqat ta’limi emas, balki tarbiyaviy maqsadlarga erishishda ham muxim vositadir. Ishonarli hikoya, isbotlovchi suhbat, o’quv munozaralari o’quvchilarda barqaror e’tiqod, yuksak axloq, milliy mafkurani tarkib toptirishda muxim hissa qo’shadi.

Download 305.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling