Mavzu: 9-sinf Geometriya darslarida kichik guruhlarda ishlash usulidan


Download 305.3 Kb.
bet2/18
Sana27.10.2023
Hajmi305.3 Kb.
#1726146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
03. Altmishev 9-SINF GEOMETRIYA DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH USULIDAN FOYDALANIB DARS O’TISH METODIKASI

Mavzuning dolzarbligi. Har bir fanning o’z xususiyatidan kelib chiqib ayrim maxsus metodlardan foydalanadilar. Metodlar xazinasi uzluksiz yangilanib boradi, unga ko’rgazmalilikning zamonaviy texnik vоsitalari, audovizual texnika, mikroprotsessorlar, dasturlashtirish vositalari va hakozolarni qo’llash bilan yangidan – yangi metodlar qo’shilmoqda. Chunki yosh avlodga ta’lim berish, uni tarbiyalash va har tomonlama kamolga etkazish sohasidagi ulkan vazifalar o’qitish jarayonining butun metodik tuzilishida yangidan – yangi jiddiy o’zgarishlar qilishni talab etadi. Maktab islohati haqidagi qonunlar eng avvalo maktabda qo’llaniladigan o’qitish metodlari va farmonlarining doirasini kengaytirish zarurligini keltirib chiqaradi.
Fan – texnika revolyutsiyasiga xos bo’lgan ilmiy axborotlar kun sayin oshib borayotgan hozirgi sharoitda o’quvchilarda umumiy o’qish ko’nikmasi va malakalarini mustaqil egallashni ilgarigiga qaraganda ancha yaxshiroq tarkib toptiradigan o’qitish metodlarini topish kerak.
O’qitish metodlari maktabning faqat ta’limi emas, balki tarbiyaviy maqsadlarga erishishda ham muxim vositadir. Ishonarli hikoya, isbotlovchi suhbat, o’quv munozaralari o’quvchilarda barqaror e’tiqod, yuksak axloq, milliy mafkurani tarkib toptirishda muxim hissa qo’shadi.
Mavzuning dolzarbligining yana bir sababi, so’nggi yillarda geometriya fanini o’qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish orqali o’quvchilarga bilim berish va ta’lim samaradorligiga erishishdir. Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi umumta’lim maktablarida geometriya fanini o’qitishda o’qitishning zamonaviy shakl va metodlaridan foydalanish natijasida ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.
Ishning maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv ishida barkamol avlodni tarbiyalashda va geometriya fanidan ta’lim berish jarayonida innovatsion texnologiyalar, jumladan interfaol metodlardan foydalanish va amaliyotda qo’llash maqsad qilib olinadi.
Ishining amaliy ahamiyati. Mazkur ishda o’quvchi-yoshlarga bilim berishda interfaol metodlarni qo’llash, fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish masalalari ko’rib chiqilgan.

Download 305.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling