Mavzu: 9-sinf Geometriya darslarida kichik guruhlarda ishlash usulidan
Download 305.3 Kb.
|
03. Altmishev 9-SINF GEOMETRIYA DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH USULIDAN FOYDALANIB DARS O’TISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy qism.
- Xulosa va takliflar
- 2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
2.5. O`quvchilar bilimini charxlash.
Yangi mavzuni o`zlashtirishda «O`quvchilar bilimini charxlash» usuli yaxshi natija beradi. Bunda «Boshqotirma» o`yin-mashqidan foydalanish mumkin. Bunda o`tilgan mavzular bo`yicha geometrik tushunchalar yuzasidan quyidagi boshqotirmani topish o`quvchilardan talab qilinadi.
Boshqotirmani echish uchun: Qarama-qarshi tomonlari parallel to`rtburchak; Isbot talab qilinmaydigan jumla; Isbot talab qilinadigan jumla; Tomonlari teng parallelogramm; Tomonlari teng to`g`ri to`rtburchak; To`g`ri chiziqning ikki nuqtasi bilan chegaralangan qismi; Geometriya bo`limlaridan biri; Tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi; Er ustida o`lchash bilan shug`ullanuvchi fan; Izoh: Boshqotirma hal qilingach, «X» katakchalar o`rnida o`xshash almashtirishlardan biri «GOMOTETIYA» so`zi vertikal holatda hosil bo`ladi. Yakuniy qism. O`qituvchi tomonidan o`quvchilarni baholash. O`quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar o`qituvchi tomonidan umumlashtirilib, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi. Yangi o`quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, umumiy xulosa chiqariladi. Uyga topshiriq. Maslalani eching. To`g`ri burchakli ABC uchburchakning AB gipotenuzasi 13 sm ga, AC kateti esa 12 sm ga teng. Uchburchakning A burchagi sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensini toping. Agar ABC uchburchakda Xulosa va takliflar Ta'lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o´sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, k´nikma va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini egallashga qodir bo`lgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Xalqimizning shunday ezgu maqsadlarini ro`yobga chiqarish yo`lida mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur'atlarda jadallik bilan rivojlanishi barcha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko`tarishni talab etmoqda. Bu o`z o`rnida har bir tizim xodimi, ayniqsa, o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas'uliyat va vazifalarni yuklaydi. Negaki, rad qilib bo`lmaydigan bir haqiqat bor - qilingan barcha sa'y-harakatlar oxir-oqibat o`qituvchi mehnati orqali o`z natijasini namoyon etadi. Shunday ekan, pedagoglardan vijdonan mehnat qilish, yorug` kelajagimiz oldidagi mas'uliyatlilik, ko`rsatilayotgan yuksak e'tiborga munosib javob berish talab etiladi. Bu esa farzandlarimizning chuqur bilim egallashlarida asosiy rol o`ynaydigan sifatli darsda namoyon bo`ladi. Xulosa qilib aytganda Yuqorida bildirilgan fikr muloxazalardan shunday yakuniy xulosalarga kelish mumkin: -Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mus taxkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shaqllantirish, ularni mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda. -Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani tadbiq etish kadr lar tayyorlashga yo’naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o’zgarishini ta’minlaydi. - Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish xolatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi. - Barkamol shaxs va malakali mutaxassislarning ijtimoiy ishlab chiqa - rish jarayonidagi faoliyatlari hamda ularning samarasi ijtimoiy taraqqiyot - ning tezlashuviga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Мирзиёев. Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент. Ўзбекистон, 2016 2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент. Ўзбекистон, 2017 Ikromov J.,Mirzaahmedov M.,Rahimqoriyev A., Saidjonov Y., Yusupov O. Matematika. O’rta maktabning 5-6 sinflari uchun o’quv qo’llanma. T.,,O’qituvchi’’ 2002-yil. Mirzaahmedov M.,Rahimqoriyev A. Matematika 6-sinf. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 6-sinf uchun darslik. T:. .,,O’qituvchi’’. 2007-yil. Alimov Sh..A., Xolmuhammedov O.R., Mirzaahmedov M. Algebra. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 6-9 sinflar uchun darslik. T.: ,,O’qituvchi’’. 2006-yil. Xo’jayev B., Bahromov F., Usmonov F., Bahromov A. Geometriya. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 7-sinf uchun darslik. T.: ,,Sharq’’, 2005-yil. Rahimberdiyev A.A. Geometriya 8-sinf. Darslik. T.: ,,O’qituvchi’’. 2006-yil. Haydarov B.,Sariqov E., Qo’chqorov A. Geometriya 9-sinf. T.:,,O’zbekiston milliy ensiklopedyasi’’, 2006-yil. Podlaso’y I.P. Pedagogika. Novo’y kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados, 1999. Ishmuhamedov R.J. «Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari». Toshkent, 2004. Ziv B.G. Zadachi k urokam geometrii 7-11 klasso’.-S.-Peterburg, 1997. NPO «Mir i semya-95». Sayfullaeva H.M. Geometriya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent, O’qituvchi, 2002. G’aybullaev N., Ortiqboev A. Geometriya. 9-sinf uchun darslik. Toshkent, O’qituvchi, 2001. Isroilov I., Pashaev Z. Geometriyadan masalalar to’plami. Toshkent, O’qituvchi, 2001. Bolshoy Rossiyskiy entsiklopedicheskiy slovar. M.: «Bolshaya Rossiyskaya entsiklopediya», 2005; www.ziyo.net http://www.istedod.uz/ http://www.pedagog.uz/ http://www.begoyim.edunet.uz/mosh.htm Download 305.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling