Darsni yakunlash.
-Darsimizning asosiy qismi tugadi. Endi natijalarni tahlil qilamiz.
Qani, ekspert guruhi, ko`chma bozorimizning bugungi faoliyatini tahlil qilib bering.
Guruhlar natijasini ekspertlar e`lon qiladilar. Masalan, “Al-Xorazmiy”-65 tanga
“Beruniy”- 70 tanga
-Endi sotuvchilarimiz-o`quvchilarning to`plagan tangalarini hisoblab ko`ramiz.
1-5 tanga “3” ball
6-12 tanga “4” ball
13-20 tanga “5” ball
O`quvchilar baholanib, ularning barchasiga “Eng faol”, “Eng izlanuvchan”, “Eng bilimdon”, “Eng zukko”, “Eng samimiy”, “Eng topqir” kabi va hokazo baholar beriladi.
Uyga vazifa: darslikdan 301-masala va shu mavzuga oid 2 tadan test tuzib kelish.
Darsni yakunlash.
Shirin so`z sotilmas bebaho,
Yaxshilik bor bo`lsin doimo.
Bu yerda bo`lolsa, kim mamnun,
Bu eng oliy mukofot o`shalar uchun.
-Xayr o`quvchilar, sog` bo`linglar.
Dars yakunlandi.
2.2. 9-SINF geometriya darslarida kichik guruhlarda ishlash usulidan foydalanib dars o’tish metodikasi
Fan: Geometriya
Mavzu: O`tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi.
Darsning ta'limiy maqsadi: O`quvchilarga o`tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi haqida tushuncha berish. O`tkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi ta'riflaridan er ustida o`lchash ishlarida foydalanishni o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarning o`tkir burchak sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi to`g`risidagi bilimlari va dunyoqarashlarini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning bilimlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida boyitish, mustaqil fikrlashga undash, mustaqil ishlashga o`rgatish, nutq va madaniyatini rivojlantirish.
Dars turi: Nazariy mashg`ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |