Mavzu: 9-sinf Geometriya darslarida kichik guruhlarda ishlash usulidan


II-bob. Umumta’lim maktablarining Geometriya darslarida interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari


Download 305.3 Kb.
bet10/18
Sana27.10.2023
Hajmi305.3 Kb.
#1726146
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
03. Altmishev 9-SINF GEOMETRIYA DARSLARIDA KICHIK GURUHLARDA ISHLASH USULIDAN FOYDALANIB DARS O’TISH METODIKASI

II-bob. Umumta’lim maktablarining Geometriya darslarida interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari

2.1. 8-sinf geometriya darslarida interfaol metodlaridan foydalanish


Mavzu: “Aylana. Markaziy burchak” mavzusida bir soatlik noan`anaviy dars ishlanmasi
Darsning shiori: Yetti o`lchab bir kes
Darsning mavzusi: Aylana. Markaziy burchak
Darsning maqsadi:

  1. Tarbiyaviy: O`quvchilarga axloqiy sifatlarni shakllantirish, o`zaro hurmat, hamkorlik, faollik,ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rgatish, mavzu orqali o`quvchilarni yetuk inson qilib tarbiyalash;

  2. Ta`limiy: Aylana, aylananing radiusi, diametri, vatari, aylana yoyi, markaziy burchak haqida bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish;

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning geometriyaga oid qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mustaqil va erkin fikrlash malakasini, tafakkur, xotira, idrok, tasavvur mashqini rivojlantirish;

  4. Kasbga yo`llovchi: Shu mavzu orqali o`quvchilarni muhandislik kasbiga yo`llash;

  5. O`quvchilar ongiga milliy istiqlol g`oyasini singdirish: Mamlakatimiz faravonligi, tinchligi to`g`risida tushuncha berish, komil inson g`oyasini singdirish, Vatanni sevish, buyuk bobolarimiz merosi bilan faxrlanish, o`z yurtidan g`ururlanish tuyg`ularini shakllantirish.

Dars tipi: yangi bilim, tushuncha hosil qiluvchi
Dars uslubi: Og`zaki, ko`rgazmali-amaliy,yozma
Dars usuli: Ko`chma bozor, Internet, musobaqa, aqliy hujum, guruhlarda ishlash, tayanch signallar
Dars jihozi: darslik, kompyuter, testlar, tarqatmalar, ko`rgazmalar, sirkul, chizg`ich
Fanlararo bog`lanishi: algebra, tarix, ona tili, chizmachilik
Ijodiy ish: tayanch dars ishlanmasi
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism (psixologik iqlim yaratish)

  2. Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism 3minut

  2. Internet maktublariga javob 5 minut

  3. O`qituvchi so`zi (tayanch signallar) 10 minut

  4. To`g`ri so`z tuzing” o`yini (tarqatmalar asosida) 3 minut

  5. Baxtingdan ko`r” o`yini (sinf taxtasiga misol yechish) 7 minut

  6. Oyla, izla, top” 5 minut

  7. Test topshirig`i 7 minut

  8. Bilimingni sinab ko`r” (kubik) 3 minut

  9. Darsni yakunlash 2 minut

Darsning bayoni:

  1. Tashkiliy qism

Zamonlarning zamonida rivojlangan yetilgan, Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan.
Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug`beklar boyitgan
Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.
-Assalomu alaykum, aziz o`quvchilar.
Bugun 12 fevral 2015 yil. Darsimiz geometriya. Navbatchi axboroti so`raladi.
-qadrli o`quvchilar, jonajon yurtimizda, jahonda ro`y berayotgan voqealardan kim bizlarni xabardor qiladi?
-Yaqinda qaysi bobokalonimizning tavallud kuni nishonlandi?
-14 fevral qanday kun?
Darhaqiqat, prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat”. Nafaqat kelajagi, balki o`tmishi ham, tarixi ham biyuk davlatdir. Buyuk bobolarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Al-Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, Farobiylar merosi, shaxsi, tarixi bilan cheksiz g`ururlanishimiz, Vatanimizga, bobolarimizga munosib farzandlar bo`lishimiz kerak.
-Aziz o`quvchilar, bugun darsimizni noan`anaviy usulda o`tkazamiz.
Bizlarga ma`lumki, qadimda yurtimiz hududidan buyuk ipak yo`li o`tgan. Bu ko`chma bozorlarda savdo-sotiqdan tashqari turli xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazilgan. Keling, bizlar ham bugun darsimizda ko`chma bozorni tashkil qilamiz. Lekin biz noyob, antiqa mahsulot, o`zimizning bilimimizni sotamiz. Bozorga kelgan har bir odam o`z mahsuloti- uyga vazifasi, chaqqonligi, bilimi bilan keladi.

Download 305.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling