Mavzu: Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirishning roli Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish va ularda qo`llanadigan texnologiyalar


Download 72.89 Kb.
bet3/9
Sana13.02.2023
Hajmi72.89 Kb.
#1193857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni

2. Intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish va ularda qo`llanadigan texnologiyalar
O‘simliklarni himoya qilishda foydalaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarishda “Arysta” kompaniyasi dunyoda anchagina tanilgan, ko‘plab hamkorlariga ega. Ana shu nufuzli kompaniya vakillari uzoq yo‘l yurib, M.Fayzilov bilan muzokara o‘tkazish uchun kelishdi. Mehmonlarning muddaosini eshitgan rais agronomlarini chaqirdi. Har bir tijorat taklifini ipidan ignasigacha o‘rganishni tayinladi. Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan brendlarning mahsuloti sifatli bo‘ladi, deb qo‘ya qolmadi.
Samarqand va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatadigan savdo tashkilotlari mutaxassislari bir haftadan keyin maromida pishadigan shaftoliga xaridor ekanliklarini bildirishdi. Rais ularga shaftolizorning istalgan joyidan bir necha dona meva uzib kelishni maslahat berdi. Birontasi 85 grammdan kam chiqmadi. Yana yetti kundan keyin ular 100 grammdan oshishiga barcha ishondi. Hisob-kitob ham shunga yarasha qilindi.
Intensiv bog‘dorchilik Yevropaning qator mamlakatlarida taraqqiy etgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi e’tiborni tortadigan yangi navlar yaratish orqali bozorlarni egallash bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. Xususan, Fransiyaning “DALIVAL” kompaniyasi tomonidan 2016 yilda “GALAVAL”, 2017 yilda esa “GALIWA” deb atalgan yangi yirik to‘q qizil olma navlari yaratildi. “Maroqand meva-sabzavot” ana shu mashhur kompaniya bilan anchadan buyon virussiz mevali ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilib keladi.Buning samarasi o‘laroq kelasi yildan eksport manbai sifatida e’tirof etilgan “GALAVAL” va “GALIWA” ko‘chatlarini yetishtirish mintaqamizda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yiladi! Boshqacha aytganda, Yevropa kompaniyalarining franshiza tamoyili asosida yangi navlarni taqdim etishi teng sheriklikka qurilgan o‘zaro hamkorlik yuksak bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.
Qishloq xo’jaligi texnikalarini doimo takomillashtirib borish hayot taqozosidir. Chunki har bir soha shu tariqa rivojlanadi. Shunga ko’ra sinash va nazorat qilishning asosiy maqsadi, texnikalarning ishonchlilik ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni me’yoriy ko’rsatkichlariga solishtirishdan iborat.
Maxsus GOST 16504-74 da ko’rsatilishida 40 dan ko’proq sinash turlari mavjud. Agar ularni katta bo’laklarga bo’lib ko’rasatsak, sinash turlarini uch qismga ajratish mumkin: tadqiqot ishlaridagi sinash, diagnostika qilish va nazorat sinashlari (4.1 rasm)



Mashinalarni sinash

Nazorat uchun sinash

Tadqiqot ishlarida
sinash

Texnik diagnostika qilish



Ekspert

Amaliy sharoitda

Stendda

rasm. Sinash turlari va usullari

Mashinalarni ishonchlikka sinash, rejalari, amaldagi davlat standarti bo’yicha beshga bo’linadi va ular shartli ravishda quyidagicha belgilanadi:




[NIN]; [NIr]; [NIT]; [NRr]; [NRT].
Bu rejalarni xususiyatlari quyidagilardan iborat:
[NIN] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilishlar soni N ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi. Bunda buzilgan obyektlar almashtirilmaydi va qayta tiklanmaydi.
[NIr] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar almashtirilmaydi, buzilishlar soni qachon r ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi.
[NIT] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtirilmaydi va qayta tiklanmaydi. Tvaqt tugashi bilan kuzatish to'xtatiladi.
[NRr] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, qachon buzilgan obyektlarning soni r ga yetganda kuzatishlar to'xtatiladi.
[NRT] - kuzatish N ta obyekt ustida olib borilib, buzilgan obyektlar yangisi bilan almashtiriladi yoki qayta tiklanadi, T vaqti tugashi bilan kuzatishlar to'xtatiladi.



Download 72.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling