Mavzu: Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirishning roli Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 72.89 Kb.
bet2/9
Sana13.02.2023
Hajmi72.89 Kb.
#1193857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni

II. Asosiy qism
1. Agrar tarmoqlar bo`yicha eksport salohiyati
Daraxtlarning zichligi yetarli darajada bo`lishi kerak. Birinchi yil oxirida daraxtlar simbag`azni to`liq yoki katta qismini qoplashiga erishish zarur. Bunga erishishning yagona yo`li 1,5–1,8 metrli ko`chatlarni ekib, ularni qisqartirib kesmaslikdir. Shunday qilinsa ikkinchi yildayoq hosil olish mumkin. Daraxtlar ikkinchi yilda hosil bera boshlashi natijasida o`sish hamda hosil berish o`rtasida muvozanat paydo bo`ladi va tomirlarning o`sishi chegaralanadi. Simbag`azda daraxt shoxlari quyosh nurlari oson tushadigan holda shakllantiriladi. Bu orqali kesish, mevalarni siyraklashtirish va terish ishlari osonlashadi.
Daraxt mevali shoxlari qalin bo`lmaydi. Tomirlar zichlashib o`sishi natijasida ularning tezligi sustlashadi. Daraxt shox-shabbasining deyarli barcha qismi yerdan turib boshqariladi. Bog`dagi ishlar kichik texnikalar orqali samarali amalga oshiriladi va kimyoviy preparatlar samarasi ortadi. Intensiv bog`larning ko`p harajat talab qiluvchi mevalarni do`l va quyoshdan zararlanishiga qarshi to`rlar bilan yopish pirovardida iqtisodiy tomondan katta foyda keltiradi. To`r bilan yopilgan bog`larda meva ko`rinishi sifatli va mo`l bo`ladi.
XXI-asrda meva yetishtirish va daromad keltiradigan bog„. Bog`ning daromad keltirishi juda ko`p omillarga bog`liq. Mevali daraxtlarni ekishdan oldin joy va yerni tanlash, hamda nav va ko`chatlarga shakl berish usuli bog`ning kelajagini belgilaydi. Bog`ning iqtisodiy holati uni tashkil etilganidan so`ng qay darajada bozor talablariga javob beradigan meva yetishtirishiga bog`liq.
Ayniqsa, dastlabki yillarida bir gektardan olinayotgan hosil miqdori juda muhim omillardan biridir. Agar olma bog`ini tashkil etishda, navlarni tanlash va parvarishlashda eskicha fikrlash va usullardan foydalanish davom ettirilsa, kelajakda tashkil etiladigan olma bog`larida yetishtiriladigan meva sifati va miqdori past bo`lishi hamda kasalliklar katta talofatlar keltirib chiqarishi mumkin. O`zbekiston bog`dorchiligini rivojlantirish uchun o`zimizdagi mavjud tajriba hamda meva yetishtiruvchi ilg`or davlatlarda to`plangan bog`dorchilik tajribalaridan foydalanish yuqori natijalarga olib keladi. Meva navlarini va shakl berish usullarini O`zbekiston sharoitida tekshirib ko`rib, shundan so`ng keng ishlab chiqarishga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Xaridorlar mevalarni nafaqat ko`rinishi uchun, balki ta‘mi, mazasi, yirikligi, havfsizligi hamda sog`liqqa foydaliligini ham hisobga olib xarid qiladilar. 7 Ko`chatlarning ekish qalinligi. Ko`p va qisqa vaqtda, shu bilan birga ko`p hosil olish uchun ekish zichligi, daraxt shakli va yakuniy daraxt hajmi juda katta ahamiyatga ega. Gektariga kam daraxt ekish va katta hajmdagi daraxtlarni parvarishlash davri o`tdi, chunki ular yangi intensiv usulda ekilgan mevali daraxtlar bilan hosildorlikda, meva sifati hamda ishchilar mehnati unumdorligida raqobat qila olmaydi. Ishchilarning unumdorligi, ishlash havfsizligi va ularni bog`larga jalb etish masalalari muhim hisoblanadi.
Bog`larda ko`plab ishlarni yerdan turib bajarish ishchilarni mevali bog`larga jalb etishni va ularning mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi. Zamonaviy qishloq xo`jalik kimyo vositalarini sepuvchi moslamalar kasallik va hashoratlarga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi. Shunday qilib, intensiv bog`larda yuqori va doimiy hosildorlikka erishish uchun tutib turuvchi qismining o`sish tezligini zamonaviy usullarni qo`llagan holda kamaytirib, ko`proq meva beruvchi qismini o`stirishga e‘tiborni qaratish juda muhim masalalardan hisoblanadi.
Shuning uchun ko`chatlarni erta ekish, ikkinchi yildan hosil olish, doimiy hosil olish, gulkurtaklarni ko`proq shakllanishiga yordamlashish, kesish va shakl berishni to`g`ri tashkil etish, tomchilatib sug`orish tizimidan foydalanish va novdalar o`sishini sekinlatuvchi preparatlar qo`llash eng muhim tadbirlardan hisoblanadi. Daraxtlarga yorug„lik tushishi.
Daraxtlarga yorug`lik tushishi yuqori va bir maromda bo`lganda balandligi va hajmi kichik daraxtlar katta daraxtlar kabi yuqori hosil va yirik hajmli meva bera oladi. Bo`yi 4–5 metrga yetgan daraxtlarda juda ko`p tutib turuvchi katta shoxlar mavjud. Katta shoxlar juda ko`p ozuqani zaxira uchun olib qo`yadi, shu sababli ular meva yetishtirishga hissa qo`shmaydi. Intensiv usulda daraxtlarni zich ekish simbag`az va do`lga qarshi to`rlar hisobiga katta harajatlarni talab etadi Olma daraxtlarining morfologik tuzilishi. Barg. Yangi novdalardagi yosh barglar dastlabki 12–15 kunda o`zining rivojlanishi uchun daraxtning boshqa qismlarida ishlab chiqarilgan oziq moddalarni sarflaydi. Keyinchalik barglarning mahsuloti mevalarning va yosh novdalarning shakllanishiga, kurtak hosil bo`lishiga hamda daraxtning zaxirasi uchun sarf bo`ladi. Barg sathi qanchalik yaxshi bo`lsa, mevalarning o`sishi uchun sharoit ham shuncha yaxshi bo`ladi.
O`suvchi meva hisobiga barg qancha ko`p to`g`ri kelsa, u shuncha yaxshi rivojlanadi. Fotosintez. Fotosintez jarayoni quyosh nuri, suv va karbonat angidrid ishtirokida amalga oshadi. Bulardan birining jarayonda qatnashmasligi fotosintez ro`y bermasligini bildiradi. Agar suv cheklangan bo`lsa, karbonat angidrid gazi barglarga kira olmaydi va reaksiya amalga oshmaydi. Quyosh qanchalik kuchli qizdirmasin (ya‘ni, quyosh nuri ko`p bo`lishidan qat‘y nazar) fotosintez yuz bermaydi. Huddi shuningdek, suv va karbonat angidrid yetarlicha miqdorda bo`lishiga qaramasdan kunning bulutli bo`lishi, daraxtga boshqa narsalar soya tashlashi yoki daraxt ichki qismi yuqori zichlik ta‘sirida qorong`i bo`lishi natijasida fotosintez jarayoni to`la kuch bilan amalga oshmaydi.
Agar mevalarga barglardan keluvchi uglevodlar oqimi to`xtab qolsa, ularning bargda yig`ilishi fotosintez tezligini kamaytiradi. Uglevodlar oqimi to`xtashi hosilning yig`ishtirib olinishi, yozgi kesishda ortiqcha ko`p kesish va halqalash kabi omillar ta‘sirida yuz berishi mumkin. Daraxt oladigan yorug`lik miqdori to`la quyosh nurining 70–80 foizidan pastga tushib ketishi olma mevasi rangi va tarkibidagi eruvchan moddalarga putur yetkazadi. Yorug`lik ko`rsatkichi to`la quyosh nurining 25–40 foizidan kam bo`lganda fotosintez, gul shakllanishi va meva rivoji yaxshi amalga oshmaydi.
Soya tufayli yorug`likning kam tushishi yoki haroratning yuqori bo`lishi natijasida fotosintez jarayonining sustlashishi o`sish uchun kerak bo`lgan uglevodlar ishlab chiqarilishi yoki ildiz orqali muhim ozuqaviy elementlar so`rilishiga salbiy ta‘sir ko`rsatadi. Azot (N) va magniy (Mg) yetishmasligi fotosintez sur‘ati tushishiga olib keladi. Azot juda ham harakatchan element bo`lib, daraxt bo`ylab yorug`lik ta‘sirida ko`chib yuradi. Azot qariyotgan va daraxt ichki qismida soya ostida qolgan barglar 13 tarkibidan chiqib ketadi. Tarkibida azot miqdori kam qolgan barglar rangini yo`qotib sarg`ayadi va to`kiladi. Daraxt suvni o`ziga yaxshi so`rib olishi uchun barglar orqali faol suv bug`lanishiga ega bo`lish kerak. Barglarda suv bug`lanishiga salbiy ta‘sir qiluvchi omillar (misol uchun, soya tashlash, zarar yetgan barglar) daraxtning suv orqali ozuqalar olish ko`rsatkichini pasaytirishi mumkin. Nafas olish. Nafas olish fotosintezning deyarli teskari ko`rinishi bo`lib, bunda uglevodlar (shakar) karbonat angidrid, suv va kimyoviy quvvatga parchalanadi. Karbonat angidrid atmosferaga qaytarib chiqarib yuboriladi, reaksiya natijasida ajralgan quvvat esa boshqa metabolik jarayonlar uchun sarflanadi. Nafas olish uchun uglevodlar yetarlicha bo`lmasa, nafas olish tezligi kamayadi, kimyoviy quvvat hosil bo`lmaydi va o`sish sekinlashadi yoki deyarli to`xtaydi. Shuningdek, me‘yoriy nafas olish jarayoni uchun uglevodlarning yetarlicha bo`lmasligi meva ta‘mi, hidi va rangiga putur yetkazishi mumkin. Ildiz. Ildiz rivoji tuproq harorati 15–25 0C daraja bo`lganda va ildizlarga suv ta‘minoti uzilmaganda eng faol bo`ladi. Ildizlar bir mavsumda ikki marta o`sish davrini boshdan kechiradi: birinchi bor erta bahorda va ikkinchi marta kuzda, hosil yig`imi vaqtida yoki undan keyin. Ildizning bahorgi rivoji kurtaklar yorilib, tuproq o`sish uchun yetarlichi ilishi bilan boshlanadi. Novdalar faol o`sish jarayoniga kirishgach, ildiz rivojlanishi sustlashadi. Yoz oxirlariga kelib shoxlar rivojlanishdan to`xtagan va meva rivoji sekinlashgan davrda ildiz rivoji yana qaytadan avj oladi. Ildizlarning mana shu kuzgi rivoj davri keyingi yil zaxirasi uchun daraxtlarni o`g`itlashga eng qulay fursat hisoblanadi. Rivojlanish boshlangandan so`ng 30–60 kun o`tgach, ildizlarning oq rangi jigarrang tus ola boshlaydi. Ildizning 25–50 foizga yaqin qismi har yili yangilanib turadi. Po`stloqning floema qatlamida yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga suv va uglevodlar oqadi. Ksilema qatlamida esa, faqat yuqoriga suv va tuproqdan olingan mineral ozuqalar harakatlanadi. Ildizlar uglevodlarni barglardan olsa, barglar esa suv va ozuqalarni tuproqdan ildiz orqali so`rib oladi. Ildizlar, odatda, tuproq ostida 25–50 sm chuqurlikdagi masofada joylashgan bo`ladi. Toshloq joylarda esa ildizlar bir necha metr chuqurlikda rivojlanadi. Ildizning qanday chuqurlikda shakllanishi tuproq tarkibidagi kislorod va namlikka Faqat bir tomonlama harakat Suv va minerallar Hujayra devorlari yo`q Qalin devor Suv va ozuqa Hujayra devorlarining teshiklari Ikki tomonlama harakat 16 bog`liq. Zichligi yuqori, gaz almashinuvi sust tuproq sharoitida ildizlar kislorod miqdori ko`proq bo`lgan tuproq sathiga yaqin joyda rivojlanadi. Zichligi past tuproqlarda esa ildizlar chuqurroq joylashadi. Ba‘zi payvandtaglar (ayniqsa, pakana payvandtaglar) «simiruvchi» ildizlarga ega bo`lib, ular daraxtga doimiy suv so`rilishida muhim ahamiyatga ega. Bunday payvandtaglar doimiy suv ichib turgani uchun qurg`oqchilikka chidamsiz deb hisoblanishi noto`g`ri, aslida bu ularning suvsizlikka ta‘sirchan ekanliklaridan emas, balki yerdan suv so`rib olish samaradorligi yuqori ekanligidandir (ildizlar oz hajmli tuproqda o`sganligi sababli u yerdagi suv tez tugab qoladi). Ba‘zan, daraxt qatorlari osti quruq, ammo qatorlar orasidagi texnika vositalar yo`lagi ostida namlik bo`lishi mumkin. So`rish samaradorligi yuqori payvandtaglar shunday namlikni ham o`zlashtirish xususiyatiga ega. Gullash. Meva qati urug`lar bilan birgalikda mevani tashkil etadi. Agarda urug`li meva daraxtlarda barcha urug` kurtaklar urug`lansa, mevada urug` ko`p bo`ladi va u yaxshi rivojlanadi. Agarda ularning bir qismi urug`lanmagan bo`lsa, unda ba‘zi navlarning mevasi bir yonlama rivojlanadi.
Daraxtlarda gullagan davrda va undan keyin gullar, meva tugunchalari, so`ngra esa mevalarning ko`p to`kilishi kuzatiladi. Bu 3 marta takrorlanadi. Birinchi marta gullash vaqtida bo`ladi. Daraxtda barcha gullar bir xil rivojlanmaydi. Ularning ayrimlari to`liq rivojlanmagan changchi yoki urug`chiga ega bo`ladi va bunday gullar, odatda, urug`lanmaydi. Gulkurtaklarning shakllanish davrida oziq moddalar yetishmasligidan ham gullar yaxshi rivojlanmaydi. Natijada chang naslsiz bo`ladi. Gulkurtaklarning zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishi ham gullarning to`liq rivojlanmasligiga sabab bo`lishi mumkin. Meva tugunchalarining ikki marta to`kilishi birinchisidan ikki hafta keyin sodir bo`ladi va ikki haftacha davom etadi. Bu vaqtda ayrim gullar gullash vaqtida yomg`ir, asalarilarning yomon uchib kelishi, garmsel, sovuq va boshqalar ta‘sirida changlanmagan yoki urug`chiga changning tushmasligi tufayli urug`lanmagan bo`ladi. Uchinchi marta to`kilish gullagandan keyin bir oy o`tgach kuzatiladi va adabiyotlarda iyungi to`kilish deb ataladi. Bu to`kilish, asosan, oziq moddalarning yetishmasligidan hamda daraxtlar yaxshi parvarish qilinmaganidan, shuningdek, bahor paytida tuproqda nam tanqisligi sodir bo`lishidan kelib chiqadi. Bu vaqtda to`liq urug`lanmagan, urug` kam miqdorda bo`lgan, pishguncha daraxtda turishga qodir bo`lmagan mevalar ham to`kiladi.
Mevalarning to`kilishini kamaytirish uchun gulkurtaklar sifatini quyosh nurini tushishi orqali oshirib, kuzda azotli o`g`itlar bilan oziqlantirib (o`sib ketishga yo`l qo`ymasdan), gullash davrida arilarni ko`paytirish zarur Mevalar to`kilishini oldini olish uchun o`sishni kuchaytiruvchi moddalardan foydalanish mumkin. Bu moddalar meva bandi bilan meva turgan shox o`rtasida po`kak qatlam hosil bo`lishini kechiktiradi.
Changning unishi va chang naychasining o`sishi uchun eng qulay harorat 15–25 °C daraja hisoblanadi. Harorat 12–13 °C darajadan past bo`lganda nek tar (gulasal) yomon ajraladi, shuning uchun ham asalarilar yomon ishlaydi. Ayrim meva daraxtlari (ko`proq nok, olma, kamroq olcha, olxo`ri, yong`oq) qayta (ikkinchi marta) gullash xususiyatiga ega. Bu xilda gullash bahorda va kuz boshlarida kechadi. Dastlabki gullash gulkurtaklarning kech differensiasiyalanishi (farqlanishi) hamda ular rivojlanishining kechikishi tufayli sodir bo`ladi. Ikkinchi marta gullash esa yozda daraxtlar chanqaganda va kuz iliq kelgan yillarda bog`ni kechikib sug`organda ro`y beradi. Bu davrdagi harorat kurtaklarning tinim davriga o`tishi uchun yetarli bo`lmaydi. Gulkurtaklar bunday vaqtda ajralish davrini tez o`tadi va shak-llangan yili (o`sha yildayoq) ochiladi. Ikkinchi marta (kuzda) gullaganda mevalar, odatda, pishib ulgurmaydi va qiymatsiz bo`ladi.
Kuzdagi gullash daraxtlarni kuchsizlantiradi, shuning uchun ham u zararli hisoblanadi. Barglar gulkurtaklar shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Barglar gulkurtaklar shakllanishi uchun kerakli quvvatni yetkazib beradi. Aksincha, mevalar siyraklatilmaganda juda ko`p mevadagi urug`lardan gibberrelin ishlab chiqariladi va kurtaklarni mevali emas, balki o`suvchi kurtak sifatida qolib ketishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun intensiv olma bog`larida meva va barg o`rtasida doimiy muvozanatni saqlash kerak. Solkashlikka ko`p chalinadigan Fudji va boshqa navlarda turli yillarda turli miqdorda gul shakllanishiga sabab urug`lar tarkibida to`plangan gibberellin 20 miqdoriga emas, balki qancha gibberellin bu urug`lardan chiqib, gulkurtaklar tomon harakatlanishiga bog`liq deb hisoblanadi. Meva rivoji, yetilishi va pishishi. Rivojlanishning boshida mevalarda kraxmal ko`p bo`ladi, pishganlarida esa, u deyarli yo`q bo`lib, shakarga aylanadi. Shakarlarda fruktoza va glyukoza ko`p bo`lib, iste‘molbop pishiqlik davrida yuqori darajaga yetadi. Pishib o`tib ketgan mevalarda shakar kam bo`ladi (nafas olish jarayoni hisobiga hamda mevaning qurib borishi tufayli sodir bo`ladi).
Olmada limon kislotasi ko`p bo`ladi va saqlanganda u yana kamayadi. Mevalarning shiradorligi va mazasi shakar va kislotalarning o`zaro nisbatiga qarab belgilanadi. Vitaminlar meva pishishining hamma davrida to`planadi. Meva pishib bo`lgach, ularning miqdori kamayadi, pishib o`tib ketgan mevalarda esa, ular parchalanib ketadi. Urug`lar jigarrang tusga kira boshlaydi (ayniqsa, erta pishar navlarda), kosacha quriy boshlaydi; mevaband va hosil shoxi o`rtasida po`kak hosil bo`ladi va mevalar oson ajraladi, agar ular vaqtida terib olinmasa, to`kilib ketadi. Pishib o`tib ketgan mevalar yumshab, eti qumloqlashadi (olma va nok mevalari) yoki hamirga o`xshab qoladi (danakli mevalar); sifat va mazasi yomonlashib qiymati yo`qoladi. Daraxt qismlari o`rtasidagi uglevodlar harakati cheklangan bo`ladi, shuning uchun daraxt umumiy hosili kam, ammo bir shoxdagi mevalar soni ko`p bo`lgan holatda shu shoxga keladigan uglevodlar cheklanganligi sababidan mevalar hajmi mayda bo`lib qoladi, garchi boshqa shoxlardagi uglevodlar miqdori ortiqcha bo`lgan taqdirda ham.
Daraxtning yuqori qismida joylashgan mevalar hajmi yaxshi fotosintez natijasida yirikroq bo`ladi. Bugungi kunda zamonaviy dunyoning taraqqiyot dvigatellari, shak-shubhasiz, tadbirkor va ishbilarmonlardir
...Intensiv bog‘lar. Pakana, yarimpakana daraxtlar, payvandtaglar. Qadalgan nihollarning ikkinchi yildan meva tug‘ishi. Kam suv tarab, ko‘p hosil olish texnologiyasi. Bog‘ ustini to‘r bilan yopishning afzalliklari.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining bog‘dorchilik tarmog‘ida ushbu tushunchalarning faol qo‘llanila boshlaganiga o‘n yilcha bo‘ldi. Mamlakatimiz hukumatining ayni sohani rivojlantirish maqsadida qabul qilgan qarorlari, moliya muassasalarining imtiyozli kreditlari, investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar serquyosh yurtimizda Yevropa bozorlarida xaridorgir mevalarni yetishtirish tajribasini ommalashtirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi. Natijada qisqa vaqt ichida respub­likamiz viloyatlarida minglab gektarlarda intensiv bog‘lar barpo etildi.
Butun dunyoda tobora o‘tkir muammoga aylanib borayotgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining tabiiy mevalarga, sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, iqtisodiyotning agrar yo‘nalishida eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan izchil islohotlar tufayli qishloq joylarida ko‘plab yangi ish o‘rinlari ochilganini ham alohida ta’kidlash joiz.
Quvonarlisi, keng ko‘lamli mazkur jarayonda O‘zLiDeP elektoratining salmoqli qismini tashkil etuvchi usta ishbilarmonlar, intiluvchan tadbirkorlar, azmu shijoatli fermerlar faol ishtirok etishmoqda. Partiyamiz a’zolarining bu boradagi faoliyati, lo‘nda qilib aytganda, targ‘ibotga loyiq. “Faol tadbirkor – ijodkor nigohida” turkumidagi navbatdagi maqolaga jamlangan ma’lumotu mulohazalar ham ana shu fikrning tasdig‘i bo‘lsa ne ajab.


Download 72.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling