Mavzu: Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirishning roli Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish bo`yicha Prezident qarorlari
Download 72.89 Kb.
|
Agrar tarmoq eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni
3. Eksport salohiyatini oshirishda intensiv bog`dorchilikni rivojlantirish bo`yicha Prezident qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021 yilda: 1) oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida: a) shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlari hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi. Bunda: qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy e’tibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi; kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun kamida bitta tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirsin; v) Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. Bunda, joriy yilda paxta maydonlarini 33,6 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish hamda 320 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari 193,6 ming gektarga kengaytiriladi; g) Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi 2021 yil 1 apreldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimini yo‘lga qo‘ysin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yangi bog‘ va tokzorlar barpo etishga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bog‘lar joylashgan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin; d) kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi; Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda: yoshlar uchun ekin maydonlari, avvalo, aholi yashaydigan qishloq hududlariga yaqin yerlardan tanlanishiga, konturlar yaxlitligi saqlanishiga hamda yoshlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga o‘rgatish uchun tajribali agronomlar jalb qilinishiga; yerlarni ekishga tayyorlash va ekinlarga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnika va mexanizmlari, suv hamda ish qurollari bilan ta’minlashga; yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashsin; 2) qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra bir tumanda uchtagacha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzish huquqi beriladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda agroklasterlarni tashkil etish, ularga yer maydonlari ajratish, ular faoliyatining asosiy kafolatlarini va qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi tartib va taomillarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 3) yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida: a) yerning bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov ta’minoti sifatida foydalanish amaliyoti tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi birinchi navbatda, bog‘, tok va issiqxona joylashadigan maydonlarning bozor qiymatini aniqlash va garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin; v) Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mavjud suv infratuzilmasini yaxshilashni nazarda tutuvchi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni belgilasin. Bunda: 1 758 km kanal, 443 km lotok, 329 ta gidrotexnika inshootlari, 1 899 km kollektor-drenaj, 728 km yopiq gorizontal va vertikal drenaj, 1 896 ta meliorativ kuzatuv quduqlari va boshqa ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish; 5 026 km magistral kanal, 45 595 km melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash, 518 ta nasos agregatlari hamda 807 ta elektrodvigatellarni yangilash; suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish, gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish nazarda tutiladi; 4) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yo‘nalishida: a) 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya taqdim etiladi: milliy valyutada kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi; xorijiy valyutada kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi; kredit summasining 50 foizigacha miqdorida kafillik taqdim etiladi; b) 2021 yil 31 dekabrga qadar mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sotib olingan urug‘ va ko‘chatlar qiymatining 20 foizigacha Davlat byudjetidan qoplab beriladi; v) limon yetishtiriladigan issiqxonalar barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini davlat byudjetidan qoplash tartibi joriy etiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlari qiymatining, shuningdek, limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; g) Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning talablari asosida viruslardan xoli, yuqori hosilli sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirish va yetkazib berish tizimini samarali yo‘lga qo‘ysin; d) 2021 yil 1 martdan boshlab “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davr esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur kichik bandga asosan ajratiladigan kreditlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; 5) ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yo‘nalishida: Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tarkibidagi ilmiy muassasalarning yer maydonlarida tadbirkorlik sub’ektlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda sabzavot, poliz va kartoshka, dukkakli, moyli ekinlar, mevali va tok ko‘chatlari yetishtirishni tashkil etsin; hududlarda shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari va ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, mahalliy sertifikatlangan yuqori hosilli va sifatli urug‘chilik hamda ko‘chatchilikni keng joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari 2-ilovaga muvofiq tumanlarga biriktirilsin; 6) qishloq xo‘jaligi tarmog‘i statistikasining shaffof mexanizmini yaratish yo‘nalishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021 yilda sohada axborot texnologiyalarini rivojlantirish choralarini ko‘rsin: yerdan foydalanuvchilar reyestri bo‘yicha 3 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarning monitoringini yo‘lga qo‘yish; 5 turdagi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik sur’atlar yordamida tahlil qilish; “ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash; yer maydonlari va tuproq tarkibi to‘g‘risidagi axborotlar, ekinlarni joylashtirish, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha va boshqa ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilg‘or tajribalarni muntazam taqdim etish; ustuvor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida bozor ma’lumotlarini keng ommaga ochiq taqdim etish; yagona integratsion platformani axborot xizmatlari bilan boyitish, jumladan, kadastr, ob-havo ma’lumotlari, arizalarni elektron rasmiylashtirish tizimi, kreditlash va subsidiyalash, agroxizmatlar, agroskouting xizmati, fitosanitariya xizmatlari, monitoring xizmatlari va boshqa qishloq xo‘jaligi jarayonlarini kuzatish tizimini joriy etish; milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish, yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash. 2. Meva-sabzavotchilik klasterlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mamlakatning eksport salohiyatini hamda investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida 2021 yilning yakuniga qadar faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin. Kengashning asosiy vazifalari etib: bir oyda kamida bir marta joylardagi meva-sabzavotchilik tarmog‘iga oid muammoli masalalarni ko‘rib chiqish hamda ularni bartaraf etish; meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylarga tashrifi va yig‘ilishlaridagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash; o‘rganishlar asosida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilansin. Belgilansinki, Kengashning ishchi organi funksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuklatiladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib quyidagilar belgilansin: qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekin turining hududlar tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishini ta’minlash; har bir tumanda sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirish hamda yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish; xususiy sektorni keng jalb qilgan holda Organic, Global G.A.P. va boshqa xalqaro tan olingan standartlar talablariga muvofiq sinov laboratoriyalarini tashkil etishga ko‘maklashish; hududlarning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatini oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalar, innovatsiyalarni joriy etish; tuproqni himoya qilish tizimi, pestitsid va o‘g‘itlarni me’yorda ishlatishni va kimyoviy vositalarning ular sifatini ilmiy asoslangan holda qo‘llanilishini nazorat qilish; hududlarda suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish; xususiy sektorni keng jalb qilgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro talablar asosida, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan laboratoriyalar, bojxona terminallari va boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish. 4. Quyidagilar: har bir tumanni qishloq xo‘jaligi ekinlari muayyan turini yetishtirishga ixtisoslashtirishga – qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J.Teshayev; qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishini hamda yerlarni foydalanishga kiritishni monitoring va nazorat qilishga – qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari M.I.Ro‘zmetov; mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘ va ko‘chat bilan ta’minlashda ilmiy asoslangan tavsiyalarni joriy etishga – qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari A.M.To‘rayev; qishloq xo‘jaligini barqaror suv resurslari bilan ta’minlash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishga – suv xo‘jaligi vaziri Sh.R.Xamrayev; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish tizimiga qo‘shimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etishga – qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sh.Sh.Mirzayev; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga axborot texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirishga – qishloq xo‘jaligi vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Q.A.Yuldashev shaxsan mas’ul etib belgilansin. 5. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev ikki hafta muddatda: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlari bo‘yicha viloyatlar va tashabbuskorlar kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi: a) 2021 yil 1 avgustga qadar: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda BMTning barqaror taraqqiyot maqsadlarida belgilangan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mezonlar va boshqa ilg‘or tajribalar asosida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli bo‘yicha dasturini; Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga iqlim o‘zgarishi ta’sirining oldini olish va unga moslashish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; b) ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; 7. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A.Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 29 birlikdan iborat Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik); Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 58 birlikdan iborat bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi bo‘limlarini; tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 185 birlikdan iborat bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sektorlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor kon’yunkturasi tahlilini hisobga olgan holda meva mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish; hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashish; meva mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini o‘z ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; bozorlar kon’yunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish; tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva navlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish; O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarining elektron reyestrini yuritish. 3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga zarur hollarda Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. Belgilansinki: a) Agentlik: o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha bo‘limlari (sektorlari) va mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi; b) Agentlik direktori: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; v) Agentlik direktorining o‘rinbosari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 5. Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etilsin. 6. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Agentlik qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining TIF TN kodi 07 va 08 bo‘lgan tovar guruhlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishdan tushgan bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) summasining 10 foiziga teng ajratmalar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasining ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning boshlang‘ich bahosidan oshgan summaning 50 foizi; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish; bog‘larda va issiqxonalarda irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan, suv yetkazib berish, artezian quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig‘imlar xarid qilish; Agentlik moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xususan ustamalar to‘lash; bog‘dorchilik sohasiga xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, Agentlik xodimlari, bog‘bonlar va issiqxona xo‘jaliklari egalarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlar. 7. Belgilansinki: a) yangi tashkil etiladigan bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari uchun 50 va undan yuqori ball bonitetiga ega bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; b) tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga quyidagilar uchun subsidiya ajratish orqali amalga oshiriladi: bir gektar ekin maydoniga yuqorida ko‘rsatilgan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga 6 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda; maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda; v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kichik tadbirkorlik sub’ektlariga intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 5 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘ga kafillik beradi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan subsidiyalarning boshqa summalari hamda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini moliyalashtirishning qo‘shimcha yo‘nalishlari belgilanishi mumkin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan sarf-xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda: a) 2019 yil 1 avgustga qadar mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini har bir fermer xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi korxonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini aniqlash nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazsin va iqtisodiy samarador yangi bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish bo‘yicha takliflar kiritsin; b) 2019 yil 1 sentyabrga qadar: keyinchalik meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tavsiyalar berib borish maqsadida mevali ko‘chatlarning yuqori hosilli navlarini tanlab olish va ularni yetishtirishning hududiy chegaralarini aniqlash nuqtai nazaridan tabiiy-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rayonlashtirishni amalga oshirsin; ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bog‘larning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bog‘ plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarining yagona elektron reyestrini shakllantirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatda o‘zlashtirilmagan yerlarda yer osti suv resurslarining mavjudligi va ularning qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqliligiga alohida e’tibor qaratib, mavjud yer osti suv resurslarining miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda yer osti suvlari xaritalarini ishlab chiqsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazish yakunlaridan so‘ng ikki oy muddatda eksportbop sifatli meva mahsulotlari hajmini kengaytirish maqsadida hududlar kesimida yangi intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari barpo etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda mevali daraxt va butalarning urug‘lik materiallari va ko‘chatlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 2019 yil 1 oktyabrga qadar o‘z veb-saytida hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognoz ko‘rsatkichlari, pishish vaqti to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi axborot platformasini ishga tushirsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)ni Agentlik ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zarur texnikalarni, shu jumladan, lizing asosida xarid qilish manbalarini aniqlash, kamida uchta “in-vitro” usuli asosida ko‘chatlar yetishtirish bo‘yicha hududiy laboratoriyalar va issiqxonalarni tashkil qilish, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan yer uchastkalari va ob’ektlarni optimallashtirishni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda respublikadagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda “ishlab chiqarish — tayyorlash — saqlash — qayta ishlash — qadoqlash (tara) — tashish — ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish” tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlarini; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda: a) quyidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi; b) Agentlikni uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Agentlikning 2019 yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin hamda 2020 yildan boshlab har yili zarur byudjet mablag‘larini nazarda tutsin; Agentlikka 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan, 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin; Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan uning ma’muriy binosini ta’mirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzili bo‘yicha joylashgan binoning bir qismini Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini ta’minlasin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik zarur aloqa, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan va keng polosali internet tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 18. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. J. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J. A. Xodjayevga — Agentlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha masalalarni, tashkiliy-texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazishni samarali muvofiqlashtirish yuzasidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga muvofiq uzumchilik, bog‘dorchilik, issiqxona ho‘jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qarori 12-bandiga muvofiq: a) respublika budjetidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasiga hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga har yili qo‘shimcha 100 milliard so‘mgacha subsidiya ajratish; b) ajratilgan mablag‘lar hisobidan: joriy qilingan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi uchun bazaviy hisoblash miqdorini sifatlilik darajasi asosida belgilanadigan koeffitsiyentga ko‘paytirgan holda (bazaviy hisoblash miqdori har bir gektar mevali ekinlar uchun 6 mln so‘m hamda uzum uchun 8 mln so‘m qilib belgilanadi); Yaratilayotgan har 10 gektar maydondagi uzum va mevali bog‘lar plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining tegishli dalolatnomasiga asosan;yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, burg‘ilangan quduq, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million so‘mgacha;aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam bo‘lmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda uzum va mevali bog‘lar plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan ta’minlash uskunalarini sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona tok ko‘chati va payvandtagli tok ko‘chati uchun 5 ming so‘m miqdorida;mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) hamda brendi uchun 5 ming so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;uzum ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalari hamda vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, biroq 300 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar:Yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda loyiha asosida tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish, burg‘ilangan quduq, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurish va qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi qurilmasini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga; Uzum ko‘chatlarini shpalerga (yog‘och va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) ko‘tarish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga;Vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga; Mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan hamda tabiiy ravishda achitilgan har bir litr tabiiy vino (etil spirti qo‘shilmagan holda) va brendi mahsulotlarini eksport qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. Download 72.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling