Mavzu: Aqli zaif bolalarni pedagogik tekshirish. Reja: Kirish. Aqli zaiflik bu- I bob


Download 83.78 Kb.
bet2/9
Sana16.12.2020
Hajmi83.78 Kb.
#168186
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lola kerak

Oligofrenopedagogikaning mavzu bahsi — nuqsonli bolalar ta’limtarbiyasi va rivojlanishidir. Bu esa har doim g‘oyaviy kurashlar uchun manba bo‘lib kelgan.Aqli zaif bolalaming rivojlanish imkoniyatlari va ularning ijtimoiy mehnatga moslashish masalalari ham o ‘tkir munozaralarga sabab bo‘lgan. Chet el «defektologlarining» ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar ongi tashqi olamni aks ettirish sifatida emas, balki ularning ichki nuqsonli holatining aks etishidir. Shu asosda ular aqli zaif bolalarga «axloqiy nuqsonlilik», «axloqsizlik» xosdir, deb tushuntirishga urinadilar. G o‘yoki aqli zaif bolalar tug‘ma yolg‘onchilik, egoizm, qaysarlik kabi xislatlar bilan dunyoga kelar ekanlar. Ularning ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar rivojlanishga, tuzatilishga imkoniyatlari bo‘lmagan nuqsonlilardir. Bunga o'xshash qarama-qarshiliklar, ayniqsa, sobiq tuzumning bolalaming aqliy qobiliyatlarini aniqlash vaqtlarida testlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida normal bolgan bolalaming ko‘pchiligi asossiz ravishda yordamchi maktablarga yuborildi. Bu narsa haqiqiy aqli zaif bolalaming ta’lim-tarbiya usullarini, tamoyillarini ishlab chiqishga juda katta salbiy ta’sir etdi. Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida e’tibor beradi. Ammo irsiy, nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy mohiyatini belgilamaydi. Bilimlar, axloqiy moyillik, ko‘nikma va malakalar xromosomlar orqali nasliy yo‘l bilan avloddan avlodga berilmaydi. Balki bular hayot jarayonida orttirilib boriladi. Inson tug‘ma tabiiy belgilar bilan unga ta’sir etuvchi holatlarning o‘zaro mahsulidir.


Intellektual rivojlanmagan bolalarda ma'rifiy faoliyatni o'rganish ko'nikmalarining etishmasligini ta'kidlab, ularda faoliyatning maqsadga muvofiqligi, o'z faoliyatini mustaqil rejalashtirishda qiyinchiliklar mavjudligini ta'kidlash kerak. Aqli zaif bolalar ishlashni zaruriy yo'naltirmasdan boshlaydilar, asosiy maqsadga yo'naltirmaydilar. Natijada, ular ish paytida, ko'pincha harakatni to'g'ri boshlanganidan uzoqlashadi, ilgari bajarilgan harakatlarga o'tadilar va boshqa vazifani bajarayotganlarini hisobga olmay, ularni o'zgarishsiz qoldiradilar. Maqsaddan chetga chiqish qiyinchiliklar paydo bo'lganda kuzatiladi. Aqli zaif bolalar olingan natijalarni ular oldiga qo'yilgan vazifalar bilan o'zaro bog'lamaydilar va shuning uchun uning echimini to'g'ri baholay olmaydilar. Ularning ishidagi tanqidsizlik bu bolalar faoliyatining o'ziga xos xususiyatidir.

Aqli zaif bolalarning aqliy faoliyatining barcha qayd etilgan xususiyatlari tabiatda turg'undir, chunki ular rivojlanishning turli bosqichlarida (genetik, intrauterin, tug'ruqdan keyingi) organik shikastlanish natijasidir. Biroq, to'g'ri tashkil etilgan tibbiy va pedagogik ta'sir bilan, ushbu toifadagi bolalar rivojlanishida ijobiy dinamika mavjud.

















I BOB.Aqli zaiflikning klinik tavsifi.


Aqli zaiflikning klinik-psixologik ko’rinishida yetakchi nuqson bilish faoliyatining rivojlanmay qolganligidir. Bilish faoliyatining pasayganligi fikrlash operatsiyalari, psixik jarayonlaming sur’ati, harakatchanligining buzilishi, diqqat, xotira va bir qator po'stloq funksiyalarning rivojlanmay qolganligida namoyon bo’ladi.

Aqli zaiflikning etiologiyasi turlicha:

Aqli zaiflik homilaning ona qornidaligida, tug'ilishda yoki ilk rivojlanish davrida markaziy nerv tizimining genetik buzilishlari, jarohatlar, asfiksiya, infeksiyalar, intoksikatsiyalar oqibatida kelib chiqadi. Aqli zaiflikning asosiy formalarini klinik tavsifi jarohatning patogenezi, salbiy tasirning vaqti bilan chambarchas bog'liqdir.

Ontogeneznmg ilk bosqichlarida markaziy nerv tizimining jarohatlanishida (1,5yoshgacha) birinchi navbatda po'stloq tizimining shakllanishiga zarar yetadi. Jarohatlanishning morfologik ko'rinishda va psixik nuqsonning klinik namoyon bo’lishida rivojlanmay qolish ustun bo'ladi. Bunday hollarda oligofreniyalarning turli variantlari haqida gapirish mumkin.Kattaroq yoshda, ya’ni bosh miyaning po'stloq tizimining nisbatan yetilganroq davrda yuz bergan salbiy ta’sir natijasidagi nerv tizimining morfologik va klinik ko’rinishda demensiyaning turli ko’rinishlari ustunlik qiladi.

OLIGOFRENIYA - (grekcha oligos - kam, freno - aql) markaziy nerv sistemasining jarohatlanishi natijasida (embrionligidan to 1,5-2 yoshgacha) psixik faoliyatning murakkab formalarining rivojlanmay qolishi.Shu sababli biz oligofreniya atamasidan foydalanamiz.

«Oligofreniya» terminining klinik ko'rinishi quyidagilar bilan harakterlanadigan holatlarni nazarda tutadi:

1. Psixik rivojlanmay qolganlikning turg'un harakterdaligi;

2. Intellektual nuqson tuzilishda mavhum tafakkurning zaifligini ustunligi;

3. Progrediyentlikning yo'qligi

Oligofreniyaning sabablari turlichadir. Etiologik belgilar bo'yicha oligofreniya ikkita asosiy guruhga ajratiladi:

1. Endogen (genetik) ta’sirlar oqibatida kelib chiqqan, irsiy patologiya bilan bog’langan yoki oilada mavjud bo'lgan yoki ushbu individda birinchi marta paydo bo’lgan oligofreniya;

2. Ekzogen ta’sirlar natijasida (homilalik yoki postnatal ontogenezning dastlabki bosqichlaridagi infeksiyalar, intoksikatsiyalari, bosh miya travmalari) kelib chiqqan oligofreniya.

Tekshirish metodlarining takomillashib borishi munosabati bilan nerv sistemasining genetik jarohatlanishi sabablariga katta ahamiyat berib kelinmoqda va aqli zaiflikning kelib chiqishidagi ko'p hollar ana shu sabablarga bog'liq deb ko'rsatilmoqda.Aqli zaiflikning genetik formasiga xromosomalaming turli buzilishlan bilan bog'liq oligofreniya kiradi.Bunda xujayradagi xromosomalarning soni o'zgarishi, mozaik shaklda bo'lishi (ba’zi xujayralarda xromosomalar sonini o'zgarishi, xromosomalarning tuzilishining buzilishi-xromosomalarning bir qisminmg yo'qolishi (deletsiya), bir xromosomaning qismini boshqasiga qo'shilishi (translokatsiya), xromosoma formasining o'zgarishlari kuzatiladi. Xromosomalar buzilishining sabablari turlicha bo'lib, ular toliq aniqlanmagan. Bularga xususan ota-onalarning generativ xujayralaring to'la rivojlanmaganligi (xromosomalar qatorming noto’g'ri bo'lishi, yosh o'tgan sari ularning «qarishi», kimyoviy moddalar bilan zararlamshi, surunkali kasalliklar, radiatsiya) kiradi. Ota-onalar jinsiy xujayralarining rivojlanmay qolishida, xujayralarning bo’linishi jarayonida xromosomalarning ajralishi buziladi va turli variantdagi xromosomalarning buzilishi kelib chiqadi.Genetik sabablarga ko'ra oligofreniyaning ikkinchi guruh enzimolatiya-turli fermentlarning tug’ma rivojlanmay qolganligi tufayli moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi.

Hozirgi vaqtda genetik sabablarga ko'ra moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan aqli zaiflik (fenilketonuriva, galaktozemiya. gistidinamiya, gistinuriya, tirozimemya, fruktozuriya va boshqalar) ko'p kuzatilmoqda. Eng ko'p fenilketonuriya uchraydi. Bu kasalliklarda ma’lum bir fermentnmg tug'ma yo'q bo'lishi organizmda zaharli moddalarni yig'ilishiga olib keladi (fenilalanin, gistidin, arginin, leysin) va bolalarning miyasi zaxarlanadi. Bunday buzilishlar bilan oligofreniyaning bir qator og’ir formalarini kelib chiqishi bog'liqdir. Ularning patogenezini yoritish- davolashning samarali yo'llarini topishga yordam beradi.

Oligofreniyaning kelib chiqishida poligen turdagi irsiyatga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunda avlodda ota-onalardan o'tgan patologik irsiy omillarning to'planishi yuz beradi. Oligofreniyamng ekzogen formasiga shunday holatlar kiritiladiki, bunda nerv tizimining rivojlanmay qolishga homilalik davrida bolaning miyasiga tashqi salbiy ta’sirlar sabab bo'ladi.


Download 83.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling