So'ngi vaqtlarda qator tabiiy fanlarning rivojlanishi natijasida oligofreniyaning etiologiyasi va patogenezi xaqidagi ma’lumotlar ko'payib, etiopatogenetik tamoyillar asosidagi oligofreniyaning klassifikatsiyasi katta o'rin egallab bormoqda.Y E.Suxareva klassifikatsiyasi eng keng tarqalgan hisoblanadi. U tomonidan oligofreniyaning quyidagi formalari ajratib ko’rsatilgan: 1. Endogen tabiatli oligofreniya: b) xaqiqiy mikrotsefaliya; v) moddalar almashinuvining tug'ma buzilishi asosidagi oligofreniya; g) teri va suyak buzilishlari bilan birgalikda kelgan oligofreniya;
2. Embrio va fetopatiyalar: a) ona homiladorlik vaqtida qizamiq bilan og'rishi natijasidagi oligofreniya; b) boshqa viruslar natijasida oligofreniya (gripp, parotit, yuqumli gepatit); v) toksoplazmoz va listerioz natijasidagi oligofreniya; d) ona orgamzniida zaxarlovchi omillar va gormonal buzilishlar natijasidagi oligofreniya; d) chaqaloqning gemolitik kasalligi natijasidagi oligofreniya;
3. Tug'ilishi hamda 2 yoshgacha davrdagi turli ta’sir natijasidagi oligofreniya: a) tug'ma jarohat va asfiksiya bilan bog'liq oligofreniya; b) ilk rivojlanish davnda bosh mivaga jarohat olisii natijasidagi oligofreniya; v) ilk rivojlanish davrida meningit meningoensefalit, ensefalit bilan ogrishi natijasidagi oligofreniya.
Do'stlaringiz bilan baham: |