Mavzu: Aqli zaif bolalarni pedagogik tekshirish. Reja: Kirish. Aqli zaiflik bu- I bob
e) turli irsiy yo‘l bilan avloddan-avlodga o ‘tadigan gen, xromosoma kasalliklari
Download 83.78 Kb.
|
lola kerak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik sabablari - bu jarayonning o’zi ham 2xil bo’ladi
- - virusli gripp
- - distrofiya
- - zaxm - toksiplazmoz
e) turli irsiy yo‘l bilan avloddan-avlodga o ‘tadigan gen, xromosoma kasalliklari.Aqli zaif bolalar jarayonning buzulishi – tug’ma, irsiy, ega bo’lingan kasalliklar yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan jarohatlar asoratlari asosida kelib chiqishi mumkin.Tug’ma muammolarning yuzaga kelish sabablari turli tuman bo’lib, ko’pgina hollarda nasliy (genetik) omillar muhim o’rin egallaydi. Tug’ma muammolar rivojlanayotgan homilaga kimyoviy, mexanik, infeksion ta’sirlar ko’rsatish natijasida ham paydo bo’lishi mumkin.Tug’ulgandan so’ng paydo bo’ladigan muammolar ilk yosh davrlarda yuqumli kasalliklar bilan og’rish (meningit, polimielit, qizamiq, skarlatina) jarohatlanish intaksikatsiya natijasida ro’y beradi.Biologik sabablari- bu jarayonning o’zi ham 2xil bo’ladiBirinchidan ona homiladorlik vaqtida :- taksikoz hodisalari yuz berishi- ovqatlanishi buzulishi- chala tug’ulish- virusli gripp- bezgak- gepatit- ichterlama kasalliklariga uchrashi- rezus faktorning to’g’ri kelmasligi- asfiksiya munosabati- dispepsiya- distrofiya- dizenteriya- qalqonsimon bezlarning kasalligi- yurak qon tomir kasalliklariga uchragan onalar ham ko’pincha shu turdagi bolalarni tug’ulishini ko’rsatuvchi tadqiqotlar ham mavjud.Ikkinchidan ota- onalarning jinsiy hujayralariga zarar yetkazadigan yoki homila yoxud go’dak boladagi markaziy nerv sistemasining rivojlanishini buzib qo’yadigan tashqi ta’sirlar :- zaxm- toksiplazmoz- avitaminoz- qandli diabet va bazi hollarda patalogik irsiyat ruhiy jarayonlarning va aqliy zaiflikning biologik sabablari bo’lishi mumkin.Ijtimoiy sabablari. Ijtimoiy hayotda uchrab turadigan noxush xodisalarning asl sabablaridan biri aksariyat oilalardagi a’zolar orasidagi iliqlik va mehr-oqibat poydevoriga putur yetayotganidan kelib chiqayotganligi sir emas.Oxir oqibat natijasi farzandlarning ota-ona mehrga to’ymay o’sishi, yetarli darajada oilaviy hayot qonun-qoidalaridan bebahra qolishi, ayni shu manaviy yetishmovchilik mavjud bo’lgan maxsus muassasalarda tahsil olib o’sib ulg’ayib oila qurganlarning farzandlari yana shu massasalarga tushib qolishi ayanchli holdir.Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha oliy asab faoliyatlari buzilgan bo‘ladi. Patologik buzilishlar shartsiz reflekslaming hosil bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarida ham o‘z aksini topadi. Hatto ikki signal sistemalarining o‘zaro aloqalarida buzilishlar ko‘zga tashlanadi. Rus defektolog va psixologlaridan L.S.Vigotskiy, LV.Zankov, G.Ye.Suxareva, T.A.Vlasova, G.M.Dulnev, N.G.Morozova, S.Ya.Rubinshteyn, M.S.Pevzner, G.I.Rossolimo, V.G.Petrova, J.l.Namozboyeva, shuningdek, G ‘.B.Shoumarov, K.Q.Mamedov, P.M .Po‘latova, V.S.Rahmonova va boshqalarning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, «aqli qoloq»likda ruhiy nuqson murakkab tuzilishga ega. Ulaming ko‘rsatishicha, bir tomondan, birlamchi nuqson ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida mhiyatning oliy shakllari, xotira, xarakter belgilari buzilar ekan. Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsonning o‘zi emas, balki u bilan bog'langan buzilgan ruhiy holatlardir. Shu bilan birga, biz aqli zaif deb bu holatning turg‘unligini ham tushunamiz. Mana shu mezonning bor yoki vo‘qligiga qarab aqli qoloqlikni boshqa unga o‘xshash turlardan farqlashimiz lozim. Aqli qoloqlikning asosiy belgilari:a) bosh miyada organik buzilishning mavjudligi;b) bilish faoliyatlarining umumiy, chuqur buzilganiigi;d) bilish faoliyatlari buzilganligining turg‘un xarakterdaligi.Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi:a) aqliy rivojlanmaganlik bosh miyaning organik buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan pedagogik qarovsizlar;b) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;d) aqliy jihatdan saqlangan bo‘lib, chuqur nutq kamchiliklari bo‘lgan bolalar.Amaliyotda ba’zan bosh miyasi zararlangan bolalarni aqli zaiflar qatoriga qo‘sha olmaymiz. Bunday hollarda bosh miya zararlanishi bilish faoliyatining buzilishiga olib kelmaydi. Oligofrenopedagoglar biologik omillarga katta e’tibor beribgina qolmay, balki ta’lim-tarbiya, atrof-muhitga ham alohida e’tibor bcradilar. Yordamchi maktablarning boshlang'ich sinflaridagi (korreksiyalovchi) tuzatuvchi-tarbiyalovchi ta’lim ta'sirida aqli zaif bolalar ruhiy jarayonlarida juda katta siljishlar yuz beradi. Hozirda yordamchi msktahlarimizda asosan aqli zaiflikning yengli darajalari-debil bolalar ta’lim oladilar. Bular bir toifaga kirmaydigan sohalardir.SHular orasida amalda kasalliklari deviant xulqli bolalar ham uchraydi. Amalda sog’ bolalar toifasiga aqliy nuqsonlar ilk rivojlanish davrida kasallikka chalinib, kasalliklarining rivojlanishi to‘xtagan bolalar kiradi. Bunday bolalarning keyingi aqliy rivojlanishi nuqsoni asosida davom etadi. Ammo bular amaldagi SOG‘ bolalardir. Oligofrcn bolalar bu toifaning asosiy, tipik vakillaridir. Bu bolalar yordamchi maktab o‘quvchilarining asosiy qismini tashkil etadi. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ikkinchi toifasini aqliy nuqsonlilikni keltirib chiqargan kasalliklari davom etadigan bolalar tashkil etadi. Bunday bolalar m a’lum rivojlanish davrigacha me’yorida rivojlanib, keyinchalik kasallikka chalinganlardan iborat. So‘nggi yillarda tabiiy fanlaming rivojlanishi asosida oligofreniyaning ctiologiyasi va patogenezi haqidagi ma’lumotiar yanada kengaydiNeyrodinamik jarayonlari buzilgan oligofrenlarda aqliy nuqson qo’zg’aluvchanlik yoki tormozlanuvchanlik bilan birga keladi. Aqliy faoliyat diqqatning tarqoqligi, impulsivligi, harakat tizimlarining buzilganligi natijasida yanada ko‘proq buziladi. Tez-tez bo‘lib turadigan bosh og‘rig‘i, vegetativ distoniya, nevroz xarakterdagi buzilishlar aqliy faoliyat jarayonlariga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Bu toifaga apatik-dinamik buzilishlari bo’lgan oligofrenlami ham kiritish mumkin. Xulqi psixopat mazmun kasb etuvchi oligofrenlarda jinsiy intilishlaming buzilishi, daydib yurishga moyillik, o‘g‘rilikka ruju qo‘yish holatlari ko‘rinib turadi.Bunday nuqsonlar asosan meningoensefalit, meningit, bosh miyasi jarohat olgan oligofrenlarga xosdir. Bosh miya organik buzilishlari natijasida kelib chiquvchi aqliy nuqson bilan birga ma’lum analizatorlaming jarohatlanishi ham yuz berishi mumkin. Aqliy nuqson ko‘rish, eshitish, nutq va harakat tizimidagi nuqsonlar bilan birga keladi. Ba’zi hollarda aqliy nuqson marfkaziy falajlar bilan qo‘shilib ham kelishi mumkin. Buning sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, rezus faktor, genetik nuqsonlar ham bunday turdagi oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aqliy nuqson peshona qism kamchiliklari bilan birga kelganda bilish faoliyatining maqsadga muvofiqligi qo‘pol buzilgan bo‘ladi. Ayrimlarida bo‘shanglik, so‘zsiz bo‘ysunish ko‘zga tashlansa, boshqalarida uyatsizlik, kayfiyatning sababsiz ustunligi, tez-tez diqqatning tarqalib turish hollari uchrashi mumkin. Bunday bolalar nutqi tashqi tomondan juda «boy, sermazmun» bo‘lib tuyulsa-da, aslida ularga o‘zlarining gaplarini tushunmaslik, birovlarning fikrlarini qaytarish, o‘zlariga tanqidiy qaramaslik xislatlari xosdir. Salbiy ta’sirlarning bola organizmiga ikki yoshidan keyingi ta’siridan kelib chiqadigan oligofreniya demensiya deb yuritiladi. Demensiyani keltirib chiqargan sabablar, uning kechish xususiyatlari, asoratlariga qarab organik, epileptik va shizofrenik demensiya kabi turlarga ajratiladi.Download 83.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling