Mavzu: Aqli zaif bolalarni pedagogik tekshirish. Reja: Kirish. Aqli zaiflik bu- I bob
Download 83.78 Kb.
|
lola kerak
Idiot-Oligofreniyaning eng og'ir darajasi idiotlik bo‘lib, ular idroklarida qo‘pol rivojlanmaganlik ko‘rinadi. Atrof-muhitga bo‘lgan munosabati mos emas.O‘z shaxsini aniq bilmaydi. Ularning tafakkuri deyarli yo‘q. Ular o‘zlariga qarab gapirilgan gapdan ko‘ra mimika va yuz harakatlarini nisbatan ilg‘ab oladilar. Idiotlar nutqi aqliy nuqson chuqurligiga bog‘liq. Ular nutqi ma’nosiz tovushlardan, ba’zan alohida so‘zlar yig'indisidan iborat boiishi mumkin. Hissiyotlari haddan tashqari sodda bo‘lib, fiziologik xohishlar bilan bog‘liqdir. Xursandchiliklari, qoniqishlarining asosida o‘zlarining to‘qligi, turarjoyining issiqligi, patologik intilishlarini qondirish bo‘lishi mumkin (jinsiy o‘z-o‘zini qondirish, barmoqlarini so‘rish, yeb bo‘lmaydigan narsalarni chaynash). Xafagarchiliklari esa sovuq, ochlik, og‘riqdan bo‘lishi mumkin. O‘zlarining xursandchiliklarini harakat, qichqirish, mimika harakatlari bilan namoyon etsalar, xafagarchiliklarini esa qaysarlik, o‘z tana organlarini jarohatlash bilan ko‘rsatishlari mumkin. Idiotlaming nisbatan yengilroq turlarida ijtimoiy hislarning saqlanganligini ko‘rish mumkin. Bunday xislatlami ulami boqadigan kishilarga birmuncha bogianib qolganliklarida, maqtaganida ularning xursand bo‘lishlarida ko‘rish mumkin. Ularning umumiy kayfiyatlari goh befarq, goh bo‘shanglik va xursandchilik bilan ifodalanishi mumkin. Harakat tizimlarining haddan tashqari kambag'alligi natijasida hatto yurish va tik turish malakalari ham buzilgan bo‘ladi. Faoliyatlari deyarli ko‘zga tashlanmaydi.O‘zlariga xizmat qilish malakalari shakllanmagan. Xulqlari asosan ularning o‘z talablarini qondirish bilan bog‘liq. Ba’zilari bir xildagi stereotip harakatlar qiladilar. Ritmik ravishdatanaharakati, bir xildagi bosh, bo‘g‘inlar harakatini kuzatish mumkin. Idiot darajadagi aqliy nuqsonlilikda turli tutqanoqlar, ba’zan jismoniy rivojlanishida qo‘pol nuqsonlar uchraydi — teri nuqsonlari, ichki organ kamchiliklari, endokrin va modda almashinuvining buzilishini ko‘rish mumkin.Oligofreniyaning uchala darajasida ham tarbiyachi va o’qituvchilar oligofren o’quvchilarni sog’lom tengdoshlari hamda o’xshash tarzdaa boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Lekin oligofreniyaning eng yengil darajasini-debillikni boshqa o’shshash anomaliyalardan vaa sog’lom bolalardan ajartib olish amaldan ancha qiyin bo’ladi. Bugungi kunda esa shularni hisobga olgan holda oligofreniya intellektual yetishmovchilikning namoyon bo’lish darajasiga ko’ra 4 darajaga ajratiladi: yengil, o'rta, og‘ir va chuqur.Yengil darajadagi aqli zaiflik.Diqqatini jamlay oladigan va yaxshi mexanik xotiraga ega bo'lgan yengil darajadagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) dastur bo'yicha ta’lim olishlari mumkin. Bu dastur aniq-ko'rgazmali metodlarga asoslangan bo'lib, matematika, yozuv, о’qish va boshqa fanlarni o'zlashtirish ancha yengillashtiradi, shuning uchun bola uni 9 yil davomida egallay oladi.Keyinchalik bola kasbiy bilimlarni egallab, o‘zi mustaqil ravishda mehnat qila oladiYengil darajadagi aqli zaif bolalarda nutq malakalanni biroz kechikib o'zlashtiradilat, ularning ко pchiligi nutkdan kundalik maqsadlarda foydalinish, suhbatni qo'llab turish va unda ishtirok etish kunikmalarim egallashga qodir bo’ladilar. Biroq ularning nutqiga fonetik buzilishlar, so'z boyligining cheklanganlig, so’zlarni yaxshi tushunmaslik, qo'llaniladigan so'zlarning ma'nosi aniq bo'lmasligi xos bo'ladi. So'zlar muloqot vositasi sifatida to'liq qo'llanilmaydi.Faol lug’at passiv lug'atdan ortda qolishi kuzatiladi.Ko'rish, eshitish, kinestetik, taktil, hid sezish va ta ’m bilish hislari (sezish) cheklanganligi va sekinlashgani atrof-muhitga mos oriyentikrovkani qiyinlashtiradi.Idrokning yaxshi rivojlanmaganligi aqli zaif odamga uning o'zi va uni qurshab turgan narsalar haqida to'g'ri tasavvur hosil qilishga halaqit beradi.Predmetlar va voqeliklar orasidagi o'xshashlik va farqlarni yetarli darajada ajrata olmaslik, ranglaming och-to’qligini sezmaslik, predmetlarning chuqurligi va hajmini xato baxolash - bularning barchasi idrok etilayotgan ma’lumotlarni taxlili va sintezidagi qiyinchiliklar natijasidir.Ixtiyoriy diqqat maqsadga yo'naltirilmagan, uni jalb qilish,ishlab turish katta harakat talab qiladi, u mustahkam emas, tez chalg'ib ketadi.Bu narsa aqli zaif bola uchun katta qiyinchiliklar tug'diradi va nafaqat maktab dasturi balki o‘ziga-o’zi xizmat qilish elementlarinni o'zlashtishga ham to'sqinlik qiladi.Tafakkur konkret, bevosita o'zining tajribasi va birlamchi ehtiyojlarni qondirish bilan cheklangan, ketma-ketlik yo'q, stereotip, tanqidsiz. Tafakkurning xulqni boshqarish roli sust. Aqli zaif bola o 'z faolligini bosqichma-bosqich rejalashtirmaydi va natijalarni oldindan ko'ra bilishga harakat ham qilmaydi. Xatto o'smir yoshidagi aqli zaif bola ham mavjud qiyinchiliklarni inobatga olmay, o'qituvchi, shifokor, uchuvchi bo'lib ko'rmokchi bo'ladiXotira sekinlashganlik va sustligi, tez unutib yuborish bilan ajralib turadi. Lekin xotira saklangan va yaxshi shakllangan bo'lishi ham mumkin. Odatda predmet va voqeliklarmng faqatgina tashqi xususiyatlari yodda qoladi. Ichki mantiqiy aloqalar haqidagi xotiralar va so'z bilan tushuntirib berish katta qiyinchiliklar tug'diradi.Hislar (tuyg'ular) yaxshi ajratilmagan (differensiyalanmagan), noadekvat. Ular aqli zaif bolaning o'zida yoki uning atrofida yuz berayotgan ozgarishlar darajasiga mos kelmaydi. Bola shunchaki jilmayib qo’yish mumkin bo’lgan paytda sho'x shodon bo'lib ketadi, shunchaki jahl qilib qo'yish kerak bo'lgan paytda g’azabini va xatto agressiyasini boshqara olmaydi.Oliy tuyg'ular gnostik, ma’naviy, etik va boshkalar qiyinchilik bilan shakllanadi. Shu sabab mas’uliyat hissi bajarilgan ishdan qoniqish bo’lmaydi.Faoliyati va ani hayotiy vaziyatlardan bevosita ta ’sirlanish ustuvor. Ko'rgan o'yinchog'i, shirinligini olib berishga olingan rad javobi boshqarilmaydigan g'azabga sabab bo'ladi.Kayfiyati odatda о zgaruvchan. Hissiv rivojlanmaganlik darajasi intellektual nuqson darajasiga mos keladi, degan fikr mavjud, lekin amaliyotda doim ham o'z isbotini topmaydi aqli zaif shaxslaming ma'lum qismi o'zining cheklangan qobiliyatlaridan jiddiy tashvishlana oladilar. Shu sabab ular nevrotik buzilishlar paydo bo’lishi bo'yicha yuqori xavf guruxiga kiradilar.O'rta darajadagi aqli zaiflik.O'rta darajadagi aqli zaiflik bilish jarayonlarining shakllanmaganligi bilan tavsiflanadi. Tafakkur konkret, ketma-ketlik yo'q.Bu kategoriyadagi shaxslarda nutqni tushunish va undan foydalanish orqada qolib (3-5yilga kechikib) rivojlanadi, bu sohada to'liq rivojlanish esa cheklangan.Ко’ pincha nutq qopol nuqsonlar bilan kechadi. So'z boyligi kam, u ko’prok kundalik hayotda qo'llaniladigan so'z va iboralardan iborat. Aqli zaiflikning bu darajasidagi bolalarning deyarli barchasida harakatlar koordinatsiyasi aniqligi va su’rati buzilgan bo'ladi. Harakatlar sekinlashgan, noaniq, bu narsa yugurish meexanizmining shakllamshiga va sakrashni о’rganishga to'skinlik qiladi.Aqli zaif bolalar hatto o'smir bo'lganlarida ham berilgan harakat holatga qiyinchilik bilan kiradilar va uni bir necha soniyadan ortiq ushlab tura olmaydilar.Ular bir harakatdan boshqasiga o’tishga qiynaladilar.Ba’zilarida harakatlanish rivojlanmaganligi harakatlarning bir xilligida, ularning su’rati sekinligida, sustlik, noqulaylikda namoyon bo'ladi.Boshqalarida esa ortiqcha harakatchanlik maqsadga nomuvofiqlikda, tartibsizlikda, harakatlar koordinatsiyalanmaganlikda namoyon bo'ladi. O'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish ko'nikmalari yaxshi rivojlanmagan. Motorika rivojlanishning qo'pol nuqsonlarida bu ko’nikmalar shakllana olmaydi.Download 83.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling