Mavzu: Aqli zaif bolalarni pedagogik tekshirish. Reja: Kirish. Aqli zaiflik bu- I bob


Download 83.78 Kb.
bet3/9
Sana16.12.2020
Hajmi83.78 Kb.
#168186
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
lola kerak

Bularga embrionlik, homilalik davrida turli surunkali (toksoplazmoz, sifilis va boshqalar) va o'tkir (onaning homiladorlik vaqtida qizilcha, gripp, epidemik parotit, infeksiyali gepatit, toshma chechak va boshqalar) yuqumli kasalliklarning ta’siri natijasida kelib chiqadigan oligofreniyamng formalari kiritiladi.Ona organizmining alkogol, kimyoviy moddalar, shuningdek ba’zi dori- darmonlar (antibiotiklar. kulfanilamidlar, barbituratlar, xinin, gormonlar va hokazo) bilan zaharlanishi ham oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.Radiaktiv va rentgendan nurlanish ham homilaga va ota-onalarning hujayralariga patogen tarzda ta’sir ko'rsatadi. Onadagi turli endokrin kasalliklar ham (diabet, qalqon, bezlarining, gipofizning jarohatlari) patogen rol o'ynaydi. Homiladorlikdagi toksikozlar, vitaminlar muvozanatining buzilishi ham salbiy ta’sir ko'rsatadi.Onadagi yurak-tomir tizimidagi, o'pkadagi, jigar va buyraklardagi surunkali yetishmovchiliklar homilaning patologiyasiga olib keladi. Ona va homila qonlarining rezus-omil bo'yicha bir-biriga to'g‘ri kelmasligi ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Tug’ilishdan oldin homilada kislorodmng uzoq vaqt yetishmasligi (gipoksiya) miyaning shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi. Homilaning zararlanishida ta’sirning vaqti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Homiladorlikning dastlabki uch oyi juda xavfli bo'lib, bu vaqtda organizmning muhim tomonlari miyaning shakllanishi yuz beradi.

Oligofreniyaning ekzogen shakllariga markaziy nerv sistemasining ilk rivojlanish davrida (1,5-2 yoshgacha) infeksiyalar, intoksikatsayalar va jarohatlar natijasijasidagi zararlanishlar bilan bog'langan psixik yetishmovchiliklaming variantlari ham kiritiladi. Bu hollarda neyroinfeksiyalar orqali yuqtirilgan turli etiologiyadagi meningit,ensefalit, meningoensefalitlar, og’ir kechadigan somatik kasalliklar qizamiq,skarlatina, parotit, dizenteriya va h-zo), nerv sistemasining intoksikatsiyasi (postvaksinal ensefalit) oligofreniyamng vuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Postnatal miya jarohatlariga ham alohida e’tibor berish lozim. Bunday jarohatlaming patogenezida gidrotsefaliya katta o'rm egallaydi.Etiologiyasi bo'yicha aralash (endogen-ekzogen) bo'lgan oligofreniyalarmng kelib chiqishi ko'pincha aniq bo'lmaydi. Bunda ko'pincha irsiy omillarning ta’siri katta deb ko'rsatilsa ham, oligofreniyaning bu shakli ekzogen ta’sirlar natijasida ham bo’lib chiqishi mumkin. Kraniostenoz, mikrotsefaliya, gidrotsefaliyaning ba’zilari, kretinizm kiradi.

Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko’ra oligofreniya:

  • Debil-birmuncha yengil daraja bo’lib,oligofreniyaning eng ko‘p tarqalgan turidir. Yordamchi maktabga bolalarni saralash vaqtlarida asosan shu bolalar bilan ish olib boriladi. Yordamchi maktab o‘quvchilarining asosiy qismini ham debil bolalar tashkil qiiadi. Bu bolalarni saralash vaqtida ham ma’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi. Buning asosiy sababi shuki, aqliy nuqson u darajada chuqur emas. Bu bolalar umumlashtira oladilar. Bog‘cha yoshi davrida primitiv, sodda 25 mazmunli o ‘yinlami tashkil qila oladi. Maktab yoshi davrida esa m a’lum muayyan holatlarni baholay oladi, amaliy masalalami yechishda to‘g‘ri ish tutadi, Nutqi asosan saqlangan b o iib , mexanik xotirasi nisbatan yaxshi natijalar beradi. Bulaming barchasi yordamchi maktab dasturi hajmidagi materiallami muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga yordam beradi. Debil bolalarda yetarli harakatchanlik, ish qobiliyatlari saqlangan bo‘ladi. Bu bolalarda nisbatan hissiyot-iroda sifatlari yaxshi saqlangani natijasida o‘zlarini nazorat qilish imkoniyatlari mavjud. Yordamchi maktabning maxsus sharoitlari tufayli debil bolalar 9yil davomida ommaviy maktablar boshlang‘ich sinf hajmidagi o‘quv materiallarini egallab, ma’lum ishlab chiqarish, kasb-hunar tayyorgarligini oladilar. Qator ijobiy xislatlariga qaramay, ma’lum darajada aqliy rivojlanmaganlik bu bolalarga ham xosdir. Bu bolalarning tafakkurlari ko'rgazma-obraz mazmunini kasb etadi. Tushunchalarning shakllanishi juda qiyin amalga oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari juda zaif kechadi. O‘qilgan muayyan mazmunni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Fanlarni to‘g‘ri idrok qila turib, ularning ichki boglanishlarini tushunmaydilar. Bunday xislatlar debil bolalar bilan mazmunli rasmlar, izchil voqealami tasniflash tajribalari o‘tkazilganda yaqqol ko‘rinadi, hisoblash malakalari ham qiyin shakllanadi. Sonlar, suratli arifmetik belgilar mohiyatini yetarli tushunib yetmaydilar. Ular sodda masalalaming shartlarini dastlabki tushuntirishlarda bila olmaydilar. Uni yechishda oldingi ishlagan yo‘llarni qo’llaydilar. To‘g‘ri yozish malakalarini qiyinchilik bilan egallaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk bo‘lishi mumkin. So‘zli tushuntirishlar muayyan holatlar bilan bog‘liq, bo‘lmasa, materialni juda qiyin idrok etadilar. Debil bolalarning yetarli aqliy taraqqiy etmaganligi ular shaxsining shakllanmaganligi bilan birga qo‘shilib keladi. Bu xislat fikr yuritish va qarashlaming mustaqil emasligida, bilimga intilishlarning yetishmasligida, tashabbuskorlikning bo'shligida, mehnat faoliyatlarida namoyon bo‘ladi. Hissiyot-iroda sohalari yetarli saqlangan holda, ayrim qayg‘urish, xursand bo’lish vaqtlarida o‘zlarini yetarli, nuqsonsiz tengdoshlaridek tuta olmaydilar. Ayrim nozik differensiyalashgan harakatlar, yuzlardagi ifodalilik yetishmaydi. Ba’zan nevrologik belgilar, tana displaziyasi, endokrin buzilishlar uchraydi. O‘z vaqtidagi to‘g‘ri ta’lim-tarbiya, mehnat malakalarini berish, aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-ruhiy taassurotlarni yo'q qilish orqali debil bolalarni muvaffaqiyatli ravishda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalar tashabbus, mustaqillik, bir ish turidan boshqa ish turiga tez o'tish talab etilmaydigan ish jarayonlarida yetarli unum bilan mehnat qiladilar. Bu bolalardagi amaliy intilishlarning borligi kelajakda jamiyatda o‘z o'rinlariga ega bo‘lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini cgallashlariga yordam beradi.

  • Imbetsillik-debil darajadan birmuncha og‘ir darajadir. Aqliy nuqsonning imbetsillik darajasida oligofreniyaning o'ziga xos xususiyatlari va namoyon bo‘lishi birmuncha yaqqol ko‘rinadi. Birinchi navbatda, bu muayyan holatlarda umumlashtira olmaslik, hatto oddiy tushunchalami hosil qila olmasligi bilan ajralib turadi. Imbetsil bolalarning mantiqiy fikrlash jarayonlari juda past darajada bo‘ladi.O‘qigan materialning mazmunini ilg‘ab ololmaydilar. Yordamchi savollar orqaligina qisman mazmunini tushunishlari mumkin. Ko‘rish va eshitish analizatorlari qabul qilgan axborotlarni tahlil qila olmasligi natijasida harflarni eslab qolishda qiynaladilar, o'xshash tovushlarni bir-birlariga aralashtirib yuboradilar. Kitobdagi matnlarni mexanik ravishda o‘qib, mazmunini tushuntira olmaydilar.O‘ngacha sanash, o‘n ichida hisob-kitob qilishlari mumkin. Lekin ularda murakkab son haqidagi tushunchalar yo‘q. Ularning so‘z boyligi kam boiib, nutqi ifodasiz, jumlalari qisqadir. Ularning harakati deyarli differensiyalashmagan. Sekin harakat qilish, bo‘shanglik yozuv va mehnat malakalarini egallashlariga xalaqit beradi. Ular faoliyatlarida tashabbuskorlik, mustaqillikka intilish kabi shaxsiy xislatlar bo'lmaydi.O‘zlarining mustaqil ishlarini aqliy jihatdan tushuntirib bera olmaydilar.O‘rgangan ish uslubi, malakalar o'zgartirilsa bu bolalar shoshib qoladilar. Shu sababli ulami hayotga moslashtirishda muntazam nazoratga, rahbarlikka va yordamga m uhtojlik sezadilar. Ayrim ma’lumotlarni o‘zlashtirish qobiliyatlarini ko‘rish mumkin. Ba’zan sodda jumlalami tushuna oladilar, narsalaming sodda, umumiy belgilariga qarab ulaming farqlarini bilishlari mumkin. Ularni o‘qish, yozish va tartibli sanash elementlariga o‘rgatish mumkin.O‘zlariga xizmat ko‘rsatishning elementar malakalari bor. Elementar hissiyotlari nisbatan saqlangan bo‘lib, hamdardlik, yordam berishga intilish, rag‘batlantirish va tanqidga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish nisbatan saqlangan.O‘z imkoniyatlariga to‘g‘ri baho berish, o‘zlarining mhiy va jismoniy nuqsonlari uchun qayg'urish ham uchraydi. Harakat tizimlari qo‘polligi bilan ajralib turadi. Murakkablashmagan oligofreniyaning yengil va o‘rta darajasidagi imbetsillar jismoniy mehnatning oddiy turlarini egallashlari mumkin. Imbetsillikning og‘ir darajalarida ularni eng sodda ish turlariga ham o‘rgatish mumkin emas. Imbetsillikda aqliy nuqson turli xilda namoyon bo‘ladi. Imbetsillikning yengil turlarini debillikning og‘ir turlaridan ajratish birmuncha qiyin diagnostik ishdir. Bunday hollarda, yaxshisi, yengil darajadagi imbetsillarni yordamchi maktablardagi diagnostik sinflarga yuborish maqsadga muvofiqdir. Imbetsil darajadagi oligofrenlarda reflekslarning buzilishlari ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Ba’zan tutqanoqlar bo‘lishi mumkin. Bosh miya tuzilishining displaziyasi — mikrosefal va gidrosefal holatlar uchraydi. Ulaming tana tuzilishida jismoniy buzilishlar, serebral endokrin buzilishlari ko‘zga tashlanadi.


  • Download 83.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling