Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili


Samovar qaynab turgan edi, “Bitta choy damlang” degan gap og‘zimdan chiqib ketibdi. (A.Qh.)


Download 110.38 Kb.
bet17/22
Sana30.04.2023
Hajmi110.38 Kb.
#1417053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M (1)

Samovar qaynab turgan edi, “Bitta choy damlang” degan gap og‘zimdan chiqib ketibdi. (A.Qh.)





37 Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: Fan, 1966. -T.II. – B.424.
38 O‘sha joy.

Moy aynisa tuz solidi, tuz aynisa ne solidi degan gap bor. (A.Qh.)




Bizning oramizda “so‘zni Luqmonning og‘zidan eshitgan yaxshi” degan gap bor. (S.A.)


Degan yordamchisi har vaqt aniqlanmish otdan oldin qo‘llanadi.

To’ldiruvchi ergash gapning ikkinchi guruhining kesimi sifat, ot, yoki yo‘q so‘zlari orqali ifodalanadi; ergash gap bosh gap gapdan payza bilan ajralmaydi; pauza aniqlanmish so‘zdan so‘ng beriladi; ergash gapning ega va kesimi moslashmaydi. Shunga qaramay, bu xil konstruksiyalarning ergash gap sanalishiga sabab: a) ularda ma’lum darajada nisbiy fikr tugallanishining bo‘lishi va b) tarkibida bosh kelishikdagi o‘z ega va kesimning mavjudligidir. Bu xil gaplar bosh gapga sintaktik usul bilan bog‘lanadi:


Sochlari tim qora, qoshlari o‘sma bir xotinbor. (O.)




Hovuzdan yigirma qadamlar narida to‘rt tomoni ochiq kattagina shiypon…(O.)

It bor joyda turmush bor degan umid bilan yurib ketdi. (O.)


To’ldiruvchi ergash gapning bu turi bosh gapga yordamchiga ko‘chgan bo‘lgan


sifatdosh shakli bilan analitik bog‘lanadi:


Bo‘yi ikki metr bo‘lgan daraxt quladi.


To’ldiruvchi ergash gapning uchinchi guruhida ham aniqlanmish so‘zdan oldin keladi. Bu xil ergash gaplarning kesimi sifatdosh shaklida bo‘ladi va ega bilan moslashmaydi, chunki sifatdosh-kesim shaxs bilan tuslanmaydi:


Ertasiga Ibrohimov Kanizak va Sidiqjon aytgan g‘o‘zalarni ko‘zdan kechirdi. (A. Qh.)39





39 Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: Fan, 1966. -T.II. – B.425.
To’ldiruvchi ergash gapning kesimi vazifasida asosan -gan shaklli sifatdosh keladi, boshqa shakllar kam ishlatiladi:

Download 110.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling