O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1.Geobotanik xaritadan dasht zonasi kichik zonalarini ko’rsating va ularning tuproq – iqlim sharoitini tushuntiring.
2.Bu kichik zonalar uchun o’simliklar qoplamining qaysi tipi xarakterli?
3.Dashtning qanaqa boshoqli va uzunvegetatsiyali o’simliklarini bilasiz?
4.Dasht zonasi efemeroid va efemer o’simliklarini bilasiz?
5.Dasht zonasida aspektlar almashinishi qanday amalga oshadi?
4-mavzu: Qumli cho’llar o’simliklari qoplami
Ishning maqsadi: Qumli cho’llar o’simliklari tuzlishining o’ziga xosligini
o’rganish, turlari tarkibi bilan tanishish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Geobatanik xaritadagi cho’llar chegarasini aniqlash, qumli cho’llar asosiy massivlarini yozuvsiz xaritaga tushurish (Markaziy Qoraqum, Zaunguz Qoraqumi, Qizilqum, Muyunqum, Bolxosh oldi qumlari).
2. Qumli cho’llar o’simliklarining morfologik va biologik xususiyatlarini o’rganish. Gerbariy materiallari va internet ma’lumotlaridan foydalanib quyidagi turlar bilan tanishish va rasmini chizish:
Qum akatsiyasi (Ammodendron conoly), Kumush chingil (Halimodendron argenteum), Juzg’un (Salligonum) turkumi, Qora saksovul (Haloxylon aphyllum), Piyozli qo’ng’irbosh (Poa bulbosa).
3. Asosiy psammofit o’simliklar arealini yozuvsiz xaritaga tushirish (jadval ma’lumotlaridan foydalaniladi).
Qumli cho’llar o’simliklarining tarqalishi, yashash muhiti.
Tur nomi
|
Tarqalishi
|
YAshash muhiti
|
Oq saksovul
|
Qoraqum, Amudaryo
|
Qumlik
|
Qora saksovul
|
Qizilqum, Qoraqum
|
Qumlik cho’llari, sho’rxok tuproqlar
|
Daraxtsimon juzg’un
|
Qoraqum, Amudaryo
|
Qumlik
|
CHerkez
|
Qizilqum, Qoraqum, Amudaryo
|
Janubiy dashtlar qumlari, cho’llar
|
Rang
|
Qoraqum, Orol-Kaspiy, Amudaryo, Sirdaryo
|
Qumlik
|
Do'stlaringiz bilan baham: |