Mavzu. Aseptika va antiseptika qonun- qoidalari bilan tanishish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 55.11 Kb.
bet29/38
Sana05.01.2022
Hajmi55.11 Kb.
#203576
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Nazorat uchun savollar:

1. Bakteriyalarning spora hosil qilish davrida hujayrada qanday о‘zgarishlar rо‘y beradi?

2.Prospora nima?

3. Hujayraning sporadan о‘sib chiqish jarayoni qanday?

8 – Laboratoriya mashg‘uloti


Mavzu. Bakteriyalarning harakati, tirik preparat tayyorlash

 

Darsning maqsadi: bakteriyalarning harakati bilan tanishish.

        Umumiy ma’lumot.

                           Ba’zi bir tayoqchasimon bakteriyalar harakatchan hisoblanadi. Bakteriyalar ikki xil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi bakteriyalarning (mikrobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) to‘lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o‘zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum harakati sodir bo‘ladi. Suzib harakatlanish xivchinlari bilan amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba’zilari. Ko‘pgina prokariotlarning ustki qavatida hujayralarni harkatlanuvchi tuzilmalar bor. Bular xivchinlardir. Ular bir qator tayoqchasimon bakteriyalarda, ba’zi bir kokklarda, spirillalarda, vibrionlarda va ipsimon bakteriyalarda topiladi. Xivchinlarning soni 1tadan 100 tagacha bo‘ladi. Xivchinlarning qalinligi 0,01 mkm atrofida, uzunligi 20 mkm gacha yetadi. Xivchinlarni yorug‘lik mikroskopi ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun ular elektron yoki qorong‘i maydonli mikroskopda ko‘riladi. Xivchinlarni yopug‘lik mikroskopda kuzatish uchun maxsus murakkab bo‘yash metodlaridan foydalaniladi, bunda xivchin qalinligi kattalashadi. Ularning bir necha bo‘yash usullari bor. Bunda turli xil ishlov beruvchi moddalardan foydalaniladi, ular xivchinning ustki qismida cho‘kadi va shu sababli diametri oshadi va xivchinlar ko‘rinadi.

Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi (18-rasm):

Monotrixlar — bakteriya hujayrasining bir uchida bitta xivchin bo‘ladi;

Lofotrix — hujayraning bir uchida bir tup xivchini bo‘ladi;

Amfitrix — hujayraning ikki uchida ikki tup xivchin bo‘ladi;

Peritrix — hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplanib, unga peritrix deyiladi.
 

 
 



Download 55.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling