Ma’ruza, - Ma’ruza,
- Geografik (tabiiy) zonallik tо‘g‘risidagi ta’limot geografiya fanlaridagi eng batafsil ishlab chiqilgan ta’limotlardan hisoblanadi. Shuning uchun uni tabiiy geografiyaning negizini tashkil etishi orqali tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
- Kenglik issiqlik mintaqalari tо‘g‘risidagi tasavvurlarning antik davrlarda yuzaga kelgani ma’lum. Biroq, u tabiatshunoslar dunyo bо‘ylab sayohatlarda ishtirok eta boshlagan XVIII asr oxirlarida ilmiy yо‘nalishga aylandi. Sо‘ngra XIX asrning birinchi yarmida bu ta’limotning rivojlanishiga Aleksandr Gumboldt katta hissa qо‘shdi. U о‘simlik va hayvonot dunyosini iqlim bilan bog‘liklikda kuzatdi hamda balandlik mintaqalanishi hodisasini kashf etdi. Shunday bо‘lsa-da, zamonaviy kо‘rinishga ega geografik zonalar tо‘g‘risidagi ta’limot XIX asr bilan XX asr chegarasida, V.V.Dokuchayevning tadqiqotlari natijasida shakllandi. Olim mazkur ta’limotning kо‘pchilik tomonidan tan olingan asoschisi hisoblanadi.
- a
V.V.Dokuchayev zonallikni quruqlikda va dengizda, tekislikda va tog‘da ham bir xilda namoyon bо‘ladigan tabiatning umumiy qonuni sifatida asoslab bergan. U bu qonunni landshaft ,,kо‘zgusi” deb hisoblagan tuproqlarni о‘rganish orqali anglab yetdi. Shuning uchun ham olim Yerning shimoliy yarim sharida yettita tabiat zonasini ajratishda, ularning har biri uchun xos bо‘lgan tuproqlarni nommanom keltirgan. Uning fikricha, har bir zona tarkibiy qismlari (iqlim, suv, grunt, tuproq, о‘simlik va hayvonot dunyosi) uzviy munosabatda bо‘lgan haqiqiy majmui tuzilma hisoblanadi. - V.V.Dokuchayev zonallikni quruqlikda va dengizda, tekislikda va tog‘da ham bir xilda namoyon bо‘ladigan tabiatning umumiy qonuni sifatida asoslab bergan. U bu qonunni landshaft ,,kо‘zgusi” deb hisoblagan tuproqlarni о‘rganish orqali anglab yetdi. Shuning uchun ham olim Yerning shimoliy yarim sharida yettita tabiat zonasini ajratishda, ularning har biri uchun xos bо‘lgan tuproqlarni nommanom keltirgan. Uning fikricha, har bir zona tarkibiy qismlari (iqlim, suv, grunt, tuproq, о‘simlik va hayvonot dunyosi) uzviy munosabatda bо‘lgan haqiqiy majmui tuzilma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |