Xulosa shundan iboratki, tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishi joyning litologik – geomorfologik tuzilishi hamda tarixiy – geologik rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir, bu tuproqlar geografiyasida muhim ahamiyatga molik qonuniyat sifatida e’tirofga loyiqdir. - Xulosa shundan iboratki, tuproq qoplami tuzilishi va tarqalishi joyning litologik – geomorfologik tuzilishi hamda tarixiy – geologik rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir, bu tuproqlar geografiyasida muhim ahamiyatga molik qonuniyat sifatida e’tirofga loyiqdir.
- Tog‘li hududlarda tuproq zonalligining balandlik (vertikal) qonuniyati о‘z aksini topadi. Tog‘larda tuproqlarning asosiy turlari uning pastki qismidan yuqorisiga tomon iqlim, о‘simlik va boshqa tuproq hosil qiluvchi sharoitlarning о‘zgarishiga mos tarzda balandlik mintaqalari kо‘rinishida joylashadi.
- 3. Tuproq – geografik rayonlashtirish
- Tuproq – geografik rayonlashtirishning maqsadi tuproq qoplamining ekologik sharoit bilan aloqasi va hududlarda bir xil tuzilmali tuproqlarni ajratish, tuproq hosil bо‘lish omillarini hamda tuproqlardan xо‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir.
- Unchalik katta bо‘lmagan hududlarda tuproqlarni rayonlashtirishning birinchi tajribalari XX asrning boshlarida amalga oshirila boshlagan.
1922 yilda L.I.Prasolov tomonidan sobiq ittifoqning Yevropa qismida tuproq oblastlarini ajratish ishlari boshlangan. Sohaga oid keyingi tadqiqotlarda tuproqlarni rayonlashtirishning quyidagi taksonomik birliklari qabul qilingan (sobiq ittifoqni tuproq - geografik rayonlashtirish, 1962, 1979). - 1922 yilda L.I.Prasolov tomonidan sobiq ittifoqning Yevropa qismida tuproq oblastlarini ajratish ishlari boshlangan. Sohaga oid keyingi tadqiqotlarda tuproqlarni rayonlashtirishning quyidagi taksonomik birliklari qabul qilingan (sobiq ittifoqni tuproq - geografik rayonlashtirish, 1962, 1979).
- 1
Do'stlaringiz bilan baham: |