Tuproq rayoni – bu tuproq qoplamining bir xil tipdagi mezotuzilmasini xarakterlovchi tuproq okrugining bir qismi. - Tuproq rayoni – bu tuproq qoplamining bir xil tipdagi mezotuzilmasini xarakterlovchi tuproq okrugining bir qismi.
- Oliy о‘quv yurtlari uchun sobiq ittifoqni tuproq – geografik rayonlashtirish xaritasida (G.V.Dobrovolskiy, N.N.Rozov, I.S.Urusevskaya, 1980, masshtab 1:8000000) MDH kesimida tо‘rtta tuproq mintaqalari, о‘n bitta tuproq oblastlari, о‘n yettita tuproq zonalari, о‘ttiz oltita fatsiyalar, otmishta tekislik hamda о‘ttiz tо‘rtta tog‘ provinsiyalari ajratilgan.Quyida shundan namuna keltiramiz
- IV. Subtropik bio-iqlim mintaqasi
- XI. Subtropik chala chо‘l va chо‘l oblasti
- A. Subtropik chо‘llarning och qо‘ng‘ir tuproqlari zonasi
- qisqa muddat muzlovchi tuproqli subtropik fatsiya;
- provinsiya: Shimoliy Turon;
- muzlamaydigan tuproqli subtropik fatsiya;
- provinsiya: Janubiy Turon;
- B. Chala chо‘llarning tog‘ oldi bо‘z tuproqlari zonasi
- qisqa muddat muzlovchi tuproqli subtropik fatsiya;
- provinsiya: G‘arbiy Tyanshan oldi;
- muzlamaydigan tuproqli subtropik fatsiya;
- provinsiyalar: Kura – Araks; Hisor oldi, Kopetdog‘ oldi.
Ajratilgan barcha tuproq – geografik rayonlashtirish birliklari tuproqlar geografiyasining asosiy qonunlari asosida: Tuproq – biologik mintaqalar va tuproq zonalari – gorizontal zonallik qonunga; tuproq – bioiqlim oblastlari va tuproq provinsiyalari – fatsial qonuniga; tuproq okruglari va rayonlari – tuproq qatorlarining topografik analoglari qonuniga mos tarzda vujudga kelgan. Tuproq – geografik rayonlashtirish yer fondidan oqilona va yanada samarali foydalanish, tuproqni muhofaza qilish va mahsuldorligini oshirish muammolarini yechishda asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |