To‘lov tizimi bu- tashkilotlar, huquqiy me’yorlar, vositalar hamda hisob-kitoblarda qatnashuvchilarning hisob-kitoblarini o‘tkazishni ta’minlaydigan dasturiy-texnik, kommunikatsion-axborot vositalari majmuidir. SHu jihatdan to‘lov tizimining faoliyati, tashkiliy tuzilishiga uning riskka tortilishiga olib keladi. Bunda: - To‘lov tizimi bu- tashkilotlar, huquqiy me’yorlar, vositalar hamda hisob-kitoblarda qatnashuvchilarning hisob-kitoblarini o‘tkazishni ta’minlaydigan dasturiy-texnik, kommunikatsion-axborot vositalari majmuidir. SHu jihatdan to‘lov tizimining faoliyati, tashkiliy tuzilishiga uning riskka tortilishiga olib keladi. Bunda:
- hisob-kitoblar va bank holati bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlarning
- berilishi, xodimlar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘irliklarni yashirish, xodimlarga berilgan pora evaziga kredit hujjatlarini sohtalashtirish va boshqalar;
- hisob-kitob hujjatlarini o‘g‘irlash va ularni soxtalashtirish, kredit olish va to‘lash bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish;
- mijozlar, xizmatlar va biznes yuritish standartlariga oid
- ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va xisobvaraqlardan foydalangan holda firibgarlik;
- ishdagi, axborot va aloka tizimidagi xatolik va uzilishlar, ya’ni
- texnikaning ishlamay qolishi, telekommunikatsiya muammolari va dasturdagi uzilishlar;
- to‘lov tizimi va kompyuter aloqalariga ruxsatsiz kirish,
- hujjatlarni rasmiylashtirish, operatsiyalar o‘tkazish va jarayonlarni boshqarish, ya’ni ma’lumotlarni kiritishdagi hatoliklar, xuquqiy hujjatlarning etishmasligiva boshqalar kiradi.
O‘zbekiston respublikasining 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi keltirilgan. Bular: - O‘zbekiston respublikasining 2006 yil 4 aprelda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi keltirilgan. Bular:
- banklarning axborot xavfsizligini ta’minlash va bank sirini muhofaza qilish;
- axborotning tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va undan o‘zgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish kabilar hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish uchun axborotni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish, sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish belgilangan va barcha banklar bu qonuniy normalarga rioya qilishlari lozim. Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini ta’minlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining barcha hollari to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |