Bank siri bank axborotlarini muhofazalashning maxsus rejimi bo‘lib, bu rejimning belgilanishi bank uchun va bank mijozi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha qo‘shimcha, kuchaytirilgan choralar ko‘rilishini taqozo etadi. - Bank siri bank axborotlarini muhofazalashning maxsus rejimi bo‘lib, bu rejimning belgilanishi bank uchun va bank mijozi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etuvchi ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha qo‘shimcha, kuchaytirilgan choralar ko‘rilishini taqozo etadi.
- Bank siri mohiyati jihatidan korxona va tashkilotlar tijorat sirlarining bir ko‘rinishi bo‘lsa-da, boshqa tajorat sirlaridan farqli o‘laroq uning egasi tomonidan emas, balki qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan. Jumladan, «Banklar va bank faliyati to‘g‘risida»gi qonunning 38-modada aytilishiga ko‘ra: «Banklar va o‘z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, xisobvaraqlar hamda jamg‘armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatlari bank, uning mijozlari va vakillarning bank operatsiyalari, hisobvaraqlari va jag‘armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlanishi shart.
- YUridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari xamda hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar ana shu tashkilotlarning o‘ziga, prokuror, sudlar, jinoiy ish ko‘zg‘atilgan bo‘lsa, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
- Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotnomalar mijozlarning o‘ziga va ularning qonuniy vakillariga, mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatbaho narsalarni xatlash, ularga nisbatan undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo‘lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo‘yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
- Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ularga doir ma’lumotnomalar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg‘armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga, chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa - chet el konsullik muassasalari-a beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |