Mavzu: bank siri va bank axborotining maxfiyligiga rioya qilish talablari


Download 1.22 Mb.
bet9/11
Sana22.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#1041896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lutfullayeva Maftuna bank huquqi fanidan maruza mavzusi bank siri va axborotning maxfiligiga rioya qilish talablari

Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1095-1097 moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunida37, ushbu qonunlar asosida qabul qilingan qonunosti xujjatlarida belgilangan.

  • Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1095-1097 moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunida37, ushbu qonunlar asosida qabul qilingan qonunosti xujjatlarida belgilangan.
  • Bank operatsiyalarini amalga oshirish, bank faoliyati bilan shug‘ullanish, bank bitimlari tuzish odatda juda katta iqgisodiy va moliyaviy qiymatga ega bo‘lgan axborotlarni olish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishdan iborat.
  • Zarur axborotlarga ehtiyoj mijozda bankni tanlash, banqda esa mijoz bilan aloqa o‘rnatish paytida paydo bo‘ladi. Banklar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarda bankni ro‘yxatta olish paytida ham, ular faoliyat yuritib turgan davrda axborotlar olish zarurati yuzaga keladi. Bu holatlar axborotlarni olish, ularni tekshirish va baholash sohasida iqtisodiy yoki texnikaviy masalalarnigina emas, balki huquqiy muammolarni ham ilgari suradi. Tijorat banki muassasalari tomonidan bank axborotlarini. to‘plash, jamg‘arish, qayta ishlash, uzatish, qo‘llash, ruxsat etilmagan tanishuvdan saqlanishga oid, axborotlar bilan bog‘liq ravishda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, jamoat organlari bilan bo‘ladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi, 1997 yil 24 apreldagi «Axborot olish kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy va tijorat banklarining tijorat sirlari xaqida»gi Nizom ishlab chiqilgan bo‘lib, bank axborotlarini ximoyalash qoidalari unda belgilangan.
  • Bank axborotlarini to‘plash, saqlash va muhofaza qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qator Me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, bundan asosiy maqsad bunday axborotlarni ruxsat etilmagan holda to‘plash va tarqatish orqali banklar moliyaviy faoliyatiga zarar etkazilishining oldini olishdan iborat. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi "Markaziy banki tomonidan 1996 yil 29 aprelda 216-sonli qaror bilan «Axborotlarni muhofaza qilish, axborotlashtirish hududiy markazlarida, Bosh axborot markazlarida axborotlarning saqlanishi uchun mansabdor shaxslar javobgarligi qoidalari» tasdiqlangan bo‘lib, unda axborotlarni saqlash va muhofaza qilishning aniq texnik hamda xuquqiy mexanizmlari belgilab qo‘yilgan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling